Qurilish boshqarish fakulteti
Download 456 Kb.
|
Abduqahorov Diyoorbek Bugalteriya kurs ishi tugatilgan 12345
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
4. Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) buxgaltyerlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin: 2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgaltyerlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma; Oldingi tahrirga qarang. b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin; (5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son) v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin; 2020-yil 31-dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin; 2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin; 2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin. 7. Belgilansinki: 2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi; xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin. Oldingi tahrirga qarang. 9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi; b) oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi: dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda; imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda; imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin. Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling