Qurilish boshqarish fakulteti


Download 456 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi456 Kb.
#1475340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduqahorov Diyoorbek Bugalteriya kurs ishi tugatilgan 12345

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o‘rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qo‘llash bilan bog‘liq hamda MHXS fondi yillik badallar to‘lash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablag‘lar ajratilishini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — mazkur qarorning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini ta’minlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg‘unlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov — ta’lim jarayonlariga MHXSni chuqur o‘qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS bo‘yicha sertifikatlash va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin;
mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.1

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling