Qurilish boshqarish fakulteti


I BOB. MOLIYAVIY NATIJALARNING BUXGALTERIYA HISOBI


Download 456 Kb.
bet5/12
Sana09.06.2023
Hajmi456 Kb.
#1475340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduqahorov Diyoorbek Bugalteriya kurs ishi tugatilgan 12345

I BOB. MOLIYAVIY NATIJALARNING BUXGALTERIYA HISOBI

    1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xoʼjalik subʼektlari mahsulotlar ishlab chiqaradi, xizmatlarni koʼrsatadi va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish orqali foyda olishga erishiladi. Аlbatta ushbu munosabatlarni amalga oshirishdan asosiy koʼzlangan maqsad foyda olishdan iboratdir. Foyda olishda mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Foyda olishni koʼpaytirish jamiyat manfatiga ham mos keladi.


Foyda - tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʼjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʼrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʼlib, uning qonun qoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, moliyaviy natijani aniqlab olish zarur hisoblanadi. Moliyaviy natijalarni aniqlash uchun maʼlum bir davr oraligʼida olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlarni taqqoslash, yaʼni olingan daromadlardan qilingan xarajatlarni ayirish lozim.
Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy boʼlishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori boʼladi va u foyda sifatida tan olinadi. Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi.
Xoʼjalik subʼekti xoʼjalik faoliyatining moliyaviy natijasini taʼriflovchi sintetik koʼrsatkich boʼlib balans foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga solinadi. Ushbu Nizomning ahamiyati juda yuqori boʼlib u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil boʼladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi; foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi.
Nizomga koʼra, bir tomondan korxonalarga hisobot davri ichida sodir boʼlgan xarajatlar va daromadlar toʼgʼrisidagi aniq maʼlumotlarni olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat oʼz vakolatli organlari orqali soliq hisobotini toʼgʼriligini tekshirish huquqiga ega.
Foydaning mohiyati xususida gap ketganda uning turlarini ham yodda tutmoq kerak. Bular tarkibiga tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foyda, asosiy savdo faoliyati foydasi, umumxoʼjalik foydasi, tasodifiy foyda, soliq toʼlagunga qadar foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda kabilarni kiritish mumkin. Аna shu foydaning turlari asosida qanday qilib jamiyat, mehnat jamoasi va har bir xodimning iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligini taʼminlash muommosi ham koʼndalang turibdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foydani taqsimlashda iqtisodiy jihatdan asoslangan tartibni qoʼllash avvalambor uning bajaradigan funktsiyalarini chuqur va har tomonlama bilishga bogʼliq. Masalan, chet el olimlaridan А.D.Sheremet foydaning bajaradigan uchta funktsiyasini koʼrsatgan, yaʼni:
1) xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini baholovchi koʼrsatkich sifatida.
2) foydaning taqsimlash funktsiyasi.
3) foydaning ragʼbatlantirish funktsiyasi.
Umuman olganda, foyda olish har qanday iqtisodiy formatsiyaning pirovard natijasi ekan. Shu bois har bir xodimning foyda olishga boʼlgan manfaatdorligi obʼektiv zaruriyat hisoblanadi. Xoʼjalik subʼektinig daromadlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Faoliyat turlaridan olinadigan daromadlarning guruhlanishi
Xoʼjalik subʼekti oʼz faoliyatini zarar bilan yakunlasa moliyaviy holati yomonlashib, xoʼjalik subʼektini inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Xoʼjalik subʼektinig zarar bilan ishlashi mamlakatning iqtisodiyotiga juda katta salbiy taʼsir koʼrsatadi. Bunday sharoitda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning zarar bilan faoliyat koʼrsatishlarining, yaʼni salbiy moliyaviy natijaning oldini olish lozim. Zarar – bu xarajatlarning daromadlar oshishidir, natijada fermer xoʼjaligining kapitalining kamayishi vujudga keladi. Demak, zararning oldini olish uchun xarajatlarning daromadlar oshishiga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аsosiy faoliyat daromadi asosan mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum va operatsion daromadlardan tashkil topadi.



Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling