Qurilish boshqarish fakulteti
Moliyaviy faoliyat daromadlari va favqulodda foyda (zarar)lar hisobi
Download 456 Kb.
|
Abduqahorov Diyoorbek Bugalteriya kurs ishi tugatilgan 12345
1.3. Moliyaviy faoliyat daromadlari va favqulodda foyda (zarar)lar hisobi
Moliyaviy faoliyat daromadlari toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 9510 “Royalti koʼrinishidagi daromadlar”; 9520 “Dividendlar koʼrinishidagi daromadlar”; 9530 “Foizlar koʼrinishidagi daromadlar”; 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”; 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar”; 9560 “Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar”; 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”. Royalti koʼrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli boʼlgan aktsiyalar boʼyicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qogʼozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʼyicha foizlar koʼrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari boʼyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʼyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga oʼtkaziladi. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi Debet Kredit 1) Royalti boʼyicha olinadigan summalar 4850 9510 2) Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli boʼlgan aktsiya va boshqa qimmatli qogʼozlar boʼyicha dividendlar 4840 9520 3) Qarz majburiyatlari boʼyicha foizlar 4830 9530 4) Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari Pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar 9540 5) Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha hisoblangan foizlar summasi 4830 9550 6) Qimmatli qogʼozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi) 0610, 5810 9560 7) Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9510-9590 9910 Favqulodda foyda (zarar)lar hisobi Korxonaning odatiy xoʼjalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi xodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy boʼlmagan zarar va yoʼqotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi: 9710 “Favquloddagi foydalar”; 9720 “Favquloddagi zararlar”. Favqulodda xodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida TMZni hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Favqulodda xodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi. 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari boʼyicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari boʼyicha yuritiladi. Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700) korrespondentsiyasi Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi Debet Kredit 1) Favqulodda xodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilindi 0710-0720, 1010-1090, 2910-2990 9710 2) Tabiiy ofatdan keyin oʼtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi 9720 0710-0720 3) Tabiiy ofat tufayli yoʼqotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarildi 9720 1010-1090, 1110-1120 4) Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʼqotishlar 9720 2010, 2110, 2310 5) Xizmat koʼrsatuvchi xoʼjaliklarning tabiiy ofatdan koʼrgan zarari hisobdan chiqarildi 9720 2720 6) Tabiiy ofatlar natijasida tayyor mahsulot, tovarlarning yoʼqotilishi 9720 2810-2890, 2910-2990 7) 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining yopilishi 9710 9910 8 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining yopilishi 9910 9720 Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling