Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILIShNING HUQUQIY VA


Download 1.38 Mb.
bet11/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILIShNING HUQUQIY VA

TAShKILIY ASOSLARI.



  1. Birlashgan Millatlar Tashkilota (BMT) ning 1-Umumjahon kongressi.

  2. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari.

  3. O’zbekiston Respublikasining BMT ga a’zo bo‘lishi.

  4. O’zbekistondagi nodavlat tashkilot-Ekologiya va salomatlik fondi.

  5. Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlarining BMT, Jahon banki va halqaro tashkilotlar vakillarini uchrashuvi.

  6. Mamlakatimizda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mo‘ljallangan Konsepsiya-dasturi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1973 yilda ba’zi noyob hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya tuziladi. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning 1-Umumjahon kongressida 5 iyun» Halqaro tabiatni muhofaza qilish»kuni deb e’lon qilingan. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi halqaro konvensiya qabul qilindi. 1978 yili Ashxobodda o‘tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilinadi. 1982 yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning muhim xujjatlari, asosiy prinsiplari va ko‘p yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.



Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985 yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992 yili Rio-de Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash, Nyu-Yorkda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo‘ldi. BMTning 1973 yilda tuzilgan atrof muhit bo‘yicha maxsus dasturi YuNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 1948 yili tuzilgan nodavlat tashkilot - Tabiatni muhofaza qilish Halqaro Ittifoqi yuzdan ortiq davlatlarning 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. 1966 yildan xalqaro «Qizil kitob» ni e’lon qilib keladi, biologik resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati kattadir.

O’zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMT ga teng xuquqli a’zo bo‘lishi tabiat muhofazasi sohasidagi xalqaro xamkorlik uchun ham keng yo‘l ochib berdi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan BMTning Ikkinchi Umumjahon tabiatni muhofaza qilish kongressida O’zbekiston Respublikasi birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi. O’zbekistondagi nodavlat tashkilot - Ekologiya va salomatlik fondi «Ekosan» ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro xamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o‘z xissasini qo‘shmoqda. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi (MDX) mamlakatlari kelushuviga binoan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik Ittifoq(DEI) orqali amalga oshiriladi.

Respublikaning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan umumiy maydonning 10 foizinigina ekin maydonlari tashkil etadi. O’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho‘l va yarim cho‘l yerlar tashkil etadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlariga to‘g‘ri keladigan demografik yuk hozirning o‘zidayoq o‘ta salmoqli. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekistonda aholining zichligi ayniqsa yuqori bo‘lib, 1 kvadrat kilometrga 51,4 kishi to‘g‘ri keladi, bu raqam Qozog‘istonda -6,1; Qirg‘istonda -22,7; Turkmanistonda – 9,4ni tashkil etadi. Respublikamizda har bir odamga 0,17 gektar ekin maydoni to‘g‘ri kelsa, Qozog‘istonda -1,54; Qirg‘istonda- 0,26; Ukrainada -0,59; Rossiyada -0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi.

Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1993 yil mart oyida Qizilo‘rdada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Orol dengizi tangligini hal etish yuzasidan birgalikda harakat qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Orol dengizi muammolari bo‘yicha Davlatlararo Kengash va uning ishchi organi – Ijroiya qo‘mitasi, shuningdek, Orolni qutqarish Xalqaro fondi tashkil etildi. Markaziy Osiyo respublikalari davlat boshliqlarining 1994 yil yanvarida Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi uchrashuvida Orol dengizi havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin uch-besh yilga mo‘ljallangan, mintaqani ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning aniq harakatlar dasturi tasdiqlandi. 1994 yil mart oyida Toshhovuzda bo‘lgan uchinchi uchrashuvda Davlatlararo Kengashning ushbu dasturning bajarilishi haqidagi hisoboti tinglandi.

1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlarining BMT, Jahon banki va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Almatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Orol muammosini hal etish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Orolni qutqarish Xalqaro fondining ancha ishchan tarkibi va uning negizida harakatchan Ijroiya ko‘mitasi tuzildi.

Tojikistonning Tursunzoda shaxridagi aluminiy zavodi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazmoqda. Buning natijasida chegaradosh tumanlarda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik rivoji va bog‘dorchilik hosili keskin pasaymoqda. Sariosiyo tumanida esa, umuman, pilla yetishtirib bo‘lmay qoldi. O’zbekiston rahbariyati ushbu muammoga jiddiy e’tibor qaratib kelyapti. Bizning sa’y-harakatimiz tufayli Tojikiston xukumati bilan aluminiy zavodining ekologik holatini yaxshilash yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, maxsus dastur ishlab chiqildi. Tojikistondagi siyosiy , ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yaqin vaqtgacha beqaror bo‘lib kelgani mazkur muammoni tezroq hal etish imkonini bermadi. (Surxondaryo viloyati saylovchilari vakillari bilan uchrashuvda 1999 yil 25 dekabrda so‘zlagan nutqidan. I.A.Karimov ). Olmaliq, Angren, Ohangaron, Chirchiq va Bekobod shaharlarida havoning ifloslanish darajasi me’yordan yuqori. Asosiy suv arteriyalaridan biri bo‘lgan Chirchiq daryosi korxona va xonadonlarning chiqindi suvlari bilan ifloslanib borayotgani g‘oyat achinarlidir.

«Yerni boqsang, yer ham seni boqadi» degan hikmat barchamizga ma’lum. Jizzax viloyatda jami 300 ming gektar sug‘oriladigan yer maydoni bor. Viloyatning qishloq ehtiyojlari uchun ajratiladigan suv miqdori yetishmasligini bilamiz , suvga ehtiyoj ba’zi tumanlarda bor-yo‘g‘i 70-80% qoplanadi. Jizzaxdagi 3-magistral kanali rekonstruksiya qilinib, uning suv o‘tkazish imkoniyati oshirildi va suv omboriga qo‘shimcha suv to‘plash mumkin bo‘ldi. Hukumat qarori bilan Arnasoyda suv ombori qurilishi olib borildi. Bu yirik suv havzasi umumiy maydoni 40 ming gektarni tashkil etadigan Mirzacho‘l, Arnasoy va Forish tumanlaridagi ekin maydonlarini sug‘orishni yaxshilashga xizmat qiladi. Viloyat qishloq xo‘jaligida suv ta’minotini yaxshilash uchun 213 kilometrlik Zomin suv ombori havzasi va Zarafshon daryosidan tortiladigan suv o‘tkazish tarmog‘i qurilishini jadallashtirish darkor. Amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar bilan bir qatorda viloyatda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, suv sarfini nazorat qilish masalasiga jiddiy e’tibor berish lozim.

Biz iqtisodiyot rivoji tabiiy resurslarni saqlash, sog‘lom ekologik muhitni ta’minlash muammolari bilan ob’ektiv ravishda bog‘liq ekanini hisobga olmagan taqdirda bu hol qanday fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmasligimiz lozim. («Xalq so‘zi», 2002 yil 12 yanvar I.A.Karimov ).

Yurtimizga tashrif buyurgan, bizning resurslarni tejash masalasiga bo‘lgan beparvo munosabatimizni ko‘rgan chet ellik hamkorlarimizning «Sizlar dunyoning eng boy mamlakatida yashar ekansiz» deganiga ko‘p bor guvoh bo‘lamiz. Ularning bu borada nechog‘li haq ekanliklarini inkor etib bo‘lmaydi. Chunki ular hatto eng boy va gullab – yashnayotgan mamlakatlar ham resurslarga nisbatan bu qadar mas’uliyatsizlikka , bu qadar isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasligini yaxshi bilishadi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil boshida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘tarilgan o‘ta muhim, hal qiluvchi bir masala bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Eng muhim moddiy va tabiiy resurslarni asrab-avaylash , ulardan tejamkorlik bilan , oqilona foydalanish haqida bormoqda. Agar o‘tgan yili suvdan foydalanish koeffitsieti 0,66ni tashkil etgan bo‘lsa, suv resurslaridan samarali foydalanish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bu yil ushbu ko‘rsatkich 0,81 gacha o‘sdi. Bir gektar yerga sarflanadigan suv hajmi respublika bo‘yicha o‘rta hisobda 200 kub metrga qisqardi.

Suv bilan ta’minlashni yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish tufayli joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 463 ming gektar ko‘p yer sug‘orilgan edi. Xo‘jaliklararo kanallar, kollektorlar va boshqa sug‘orish tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash yuzasidan belgilangan topshiriqlar ham umuman bajarilmoqda.

Mamlakatimizda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha 2010 yilgacha mo‘ljallangan Konsepsiya-dastur ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda, tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, joylarda suv va yerdan foydalanish borasida amaldagi qonunchilikni buzish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik, tabiiy resurslarga xo‘jasizlik va isrofgarchilik bilan munosabatda bo‘lish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, elektr quvvati tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish, limit intizomini buzish kabi noxush hollar hamon uchrab turibdi. (« Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak» O’zbekiston, 2002, 397-426-b.).



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling