Qurilish iqtisodiyoti
Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari
Download 326 Kb.
|
1-мавзу маъруза
Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari.
Qurilish obyektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos bo`lib xizmat qiladi. Shartnomada quyidagi tariflar qo`llaniladi: ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas`ul bo`lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o`zgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi to`g`risidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o`rnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo`llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to`g`risidagi dalolatnomalar, ayrim mas`uliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to`g`risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to`g`risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; qurilish maydoni - mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo`yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo`yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo`yiladi; vaqtinchalik inshootlar - Pudratchi tomonidan qurilish maydonida o`rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo`lgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar; berkitiladigan ishlar - sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin bo`lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar; shartnoma narxini bo`lib chiqish - ishlarning har bir bosqichi va (yoki) turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo`yicha obyektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash. Pudratchi shartnoma shartlariga ko`ra loyihada ko`zda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish bo`yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va to`lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko`rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno: - qurilish qiymatini ko`paytirishga yengib bo`lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo`lganda; - ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o`zgartirilganda; - obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa o`zgartirilganda. Qurilish muddati bir yildan ortiq bo`lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pudratchining majburiyatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: - barcha ishlarni shartnomada ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda o`zining kuchlari yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni buyurtmachiga shartnoma shartlariga muvofiq topshirish; - qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini etkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; - qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish; - buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili to`g`risida xabardor qilish; - qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, o`tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo`yicha zarur tadbirlar bajarilishini ta`minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o`rnatish; - qurilish tavakkalchiliklarini sug`urta qilish; - mazkur shartnoma bo`yicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish to`g`risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini o`ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo`shatish; - qurilish maydoni qo`riqlanishini ta`minlash; Pudratchi shartnoma bo`yicha barcha ishlarning o`z kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to`liq mulkiy javob beradi. Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat: - shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda shartnomaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo`lgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallangungacha bo`lgan davrda dalolatnoma bo`yicha pudratchiga berish; - ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta`minlash; - pudratchining barcha murojaatlarini o`n kun muddatda ko`rib chiqish va qaror qabul qilish; - moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish; - shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur bo`lgan ijro hujjatlari ro`yxatini taqdim etish; - pudratchi shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans to`lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi. To`lovlar va hisob-kitoblar bo`yicha quyidagi shartlar belgilanadi: - buyurtmachi pudratchiga shartnoma bo`yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) bo`lgan holda avans o`tkazadi; - joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizigacha doirasida amalga oshiriladi. - obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun buyurtmachi va pudratchi o`rtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda; -obyekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida; -shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo`lgandan keyin – ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar shartnoma bo`yicha obyektga mulk huquqini o`zida saqlab qoladi. Obyekt buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yo`q qilinishi va shikastlanishi xavfi pudratchining zimmasida bo`ladi. Buyurtmachi shartnoma bo`yicha o`z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o`ttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o`zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to`lashdan ozod qilinmaydi. Buyurtmachi qurilish maydonida o`z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustun Respexnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib boradi. Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o`z fikrini bayon qiladi. Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko`rsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko`rish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda bo`lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi. Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi. Agar pudratchi bajarilgan investorlar sonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko`rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega: - shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi buyurtmachiga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra pudratchi tomonidan bir oydan ko`p vaqtga kechiktirilganda; - ishlarni tugatishning shartnomada belgilangan muddati pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko`paygan holda, pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda; - pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me`yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda. Pudratchi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega: - ishlarning bajarilishi pudratchiga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to`xtatib qo`yilganda; - buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda. O`zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to`xtatib qo`yilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bog`liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o`tkazish tartibi va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to`g`risidagi Nizom” belgilaydi. Nizom tanlov savdolarini o`tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab beradi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: - umumiy qoidalar; - tanlov savdolari qatnashchilari; - tanlov savdolari shakllari; - talabgorga qo`yiladigan malaka talablari; - tanlov savdolarini o`tkazishga tayyorgarlik; - tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi; - ofertalarni taqdim etish; - tanlov savdolarini o`tkazish va ularni yakunlash; - tanlov hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o`tkazish tartibi monitoringi; - narxlarga tuzatishlar kiritish va sug`urta; - tanlov savdolarini tashkil etish va o`tkazish xarajatlari; - tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi. Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 302-sonli Qarori va “O`zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to`g`risidagi Nizom” ning to`liq matni lex.uz saytida keltirilgan. Download 326 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling