Qurilish iqtisodiyoti
Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va imkoniyatlari
Download 326 Kb.
|
1-мавзу маъруза
Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va imkoniyatlari.
So`nggi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan qurilish sohasida ham xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo`layotgan o`zgarishlar sezilarli darajada o`smoqda. Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag`larni talab qiluvchi jarayon bo`lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo`lgan ehtiyojni zudlik bilan ta`minlash imkoniyati mavjud bo`lmaydi. Shu sababli aholining qurilish tarmog`i mahsulotiga bo`lgan ehtiyojini ta`minlashda asosiy e`tibor aynan mehnat resurslaridan yetarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni va 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to`g`risida”gi PF-5467-sonli Farmonining ahamiyati qanchalik muhimligini ta`kidlash lozim. “Obod qishloq” dasturi asosida 2018 yilda 159 ta tumandagi 417 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod ko`p qavatli uy, 3 ming kilometr yo`llarni ta`mirlandi, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurildi va qayta tiklandi, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma obyektlari qurildi. Bundan tashqari, 388 ta umumta`lim maktabi, 313 ta bog`cha, 168 ta tibbiyot muassasasi, 38 ta mahalla binosi va boshqa ijtimoiy soha obyekti qurildi va ta`mirlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2019 yil 20 fevraldagi Qaroriga asosan 2019 yilda mamlakatimizning 159 ta tumanida 1,6 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi. Unga asosan umumiy uzunligi 5 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo`llar (ichki ko`chalar)ni ta`mirlash va rekonstruksiya qilish, 36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 458 kilometr bo`lgan tungi ko`cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaxshilash, aholiga transport xizmati ko`rsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda umumiy qiymati 46,3 milliard so`mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilish, ichimlik suvi ta`minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilish, 361 milliard so`m miqdoridagi mablag`lar hisobidan elektr va gaz ta`minoti tizimini yaxshilash, 214,2 mingta yakka tartibdagi uy-joylarni ta`mirlash, 1 182 ta ko`p xonadonli uy-joylarni ta`mirlash hamda 378 ta ko`p xonadonli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish, 280 ta maktabgacha ta`lim, 510 ta maktab, 237 ta sog`liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta`mirlash, irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan, 296 kilometr irrigatsiya va 1 538 kilometr melioratsiya obyektlarini qurish va ta`mirlash, 584 kilometr irrigatsiya obyektlarini tozalash ishlarini amalga oshirish belgilab olindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko`tarish maqsadida 2019 yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e`lon qilindi. Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, iqtisodiyotning yuragi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg`or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat`i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo`lib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir”, deya ta`kidladi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari bu yo`nalishdagi ulkan rejalar va muhim vazifalarni ko`rsatib o`tdi. Ochiq iqtisodiyot, sog`lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo`yicha aniq choratadbirlar amalga oshiriladi. Yoshlarga munosib ta`lim berish, ilmiy va o`quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yangi bosqichda davom ettiriladi. “Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to`planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi”, dedi davlatimiz rahbari.4 O`zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005 yildan boshlab rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va huquqiy xarakterdagi tavsiyalar hamda mexanizmlar ishlab chiqildi. Download 326 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling