Qurilish iqtisodiyoti


Download 326 Kb.
bet13/18
Sana10.10.2023
Hajmi326 Kb.
#1696891
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-мавзу маъруза

Nazorat uchun savollar:

    1. Qurilish tarmog`ining milliy iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyatini tushuntirib bering.

    2. Qurilish mahsulotini nimalar tashkil qiladi?

    3. Qurilish tarmog`ining texnik-iqtisodiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    4. Qurilishning tashkiliy shakllarini tushuntirib bering.

    5. Qurilish tarmog`i moddiy-texnika bazasining hozirgi holati va uning
      taraqqiyot istiqbollari to`g`risida gapirib bering.

III BOB. KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHATLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO`NALISHLARI VA MUAMMOLARI



    1. Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo`nalishlari va muammolari.

Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va miqdor o`zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o`tishning o`zbek modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda. Shuningdek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari ta`siriga qarama-qarshi tura oladigan O`zbekistonning barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimi barqarorligi va ishonchliligini ta`minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi.
Shuni ta`kidlash kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog`ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O`tkazilgan tahlillar asosida o`tgan davr mobaynida qurilish tarmog`i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
1991-1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar xodimlarining qo`yilgan vazifalarni hal etishda yetarli darajadagi bilim va ko`nikmalarga ega emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati borasida ko`p yo`qotishlarga uchradi.
1996-2002 yillar, qurilish tarmog`ining sezilarli darajada yuksalishi va bozor xo`jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi elementlarining paydo bo`lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo`shma korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ommaviy ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
2002 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog`i miqdor va sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to`liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish tashkilotlari raqobatbardoshligining o`sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli obyektlar chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muhandislik va ishlab chiqarish salohiyatlari yuksaldi.
2021- yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi YAIM hajmi joriy narxlarda 519 825,1 mlrd. so`mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentyabri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o`sdi. YAIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-sentyabridagi narxlariga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 14 929,4 ming so`mni (yoki 1 413,0 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,9 % ga o`sdi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko`ra, YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 295 482,7 mlrd. so`m, xizmatlar ko`rsatish sohasida – 186 616,8 mlrd. so`m miqdorida yalpi qo`shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 37 725,6 mlrd. so`mni tashkil etdi. Joriy davrda o`rtacha almashuv kursi bo`yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 49 200,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2020- yil yanvar-sentyabrda – 43 068,1 mln. AQSH dollari).
2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida YAIM o`sishi 2020- yil yanvar-sentyabr oylaridagi 0,8 % va 2019- yil yanvar-sentyabr oylaridagi 5,6 % ga nisbatan 6,9 % gacha o`sdi.
Shu bilan bir vaqtda, YAIM deflyator indeksida 2020- yil yanvar-sentyabr oylaridagi 12,2 % va 2019- yilning yanvar-sentyabridagi 17,9 % ga nisbatan 2021-yilning mos davrida 113,5 % gacha o`sish kuzatildi.
Quyida keltirilgan diagrammadan ko`rinib turganidek, 2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga YAIM hajmining real o`sishi 2020- yil yanvar-sentyabrdagi 1,1 % kamayish va 2019- yil yanvar-sentyabrdagi 3,7 % o`sishga nisbatan 4,9 % gacha o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarida keltirilgan.
3.1-jadval

Download 326 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling