Qurilish mashinalari, qurilish jarayonlari texnologiyasi
Download 285.82 Kb.
|
Курс иши
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI QURILISH TEXNOLOGIYASI VA TASHKILIYOTI KAFEDRASI KURS ISHI. “QURILISH MASHINALARI, QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI” fani Mavzu: GRUNTNI KOTLOVANDA BIR CHO`MICHLI EKSKAVATOR ORQALI ISHLOV BERISH. Bajardi: Saidov F Qabul qildi: Fattoyev B.J. Toshkent-2020. MUNDARIJA. Kirish…………………………………………………………………….. Yer ishlari hajmini hisoblash Kotlovan va transheya gruntini qazishda ishar hajmini aniqlash………... Kotlovan va transheyani qazishdan oldin gruntning o`simlik qatlamini qirqish ish hajmlarinin aniqlash. ……………………………………….. Kotlovan va transheya tubini tozalash bo`yicha ishlar hajmlarini aniqlash………………………………………………………………… Yer ishlarini bajarish uchun mashinalar jamlanmasini tanlash………….. Mehnat sarfi va mashinani ishlash vaqti sarfining kalkutsiyasi va ishlab chiqarish grafigini tuzish………………………………………………… Yer ishlarini bajarishdagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar ……………… Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………… Kurs ishini bajarish ucun boshlang`ich ma`lumotlar. Kotlovanning tarxdagi shakli: doirasimon. Kotlovanning tubi bo`yicha o`lchamlari: 13 m. Transheyaning tubi bo`yicha o`lchamlari: 315x1,4m. Kotlovanning chuqurligi: 3,5 m. Transheyaning chuqurligi: 2,4m. Grunt turi: yengil lyoss. Gruntning hajmiy massasi: 1,6 t/m3. Gruntni tashqariga chiqarish masofasi: 4.5 km. Avtosamosval harakatlanishining o`rtacha tezligi: 40km/s. Gruntning o`simlik qatlami tashiladi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning yer ostki qismini barpoetishda, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog`liq. Yer ishlari og`ir va ko`p mehnat talab qiladigan qurilish ishlari turiga kiradi, ma`lum darajada tabiiy-iqlim omillarga va murakkab sharoitga bog`liq, shuning uchunloyihachilar, texnologlar va quruvchilarni oldidagi asosiy vazifalardan biri, qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, joy relyefidan foydalanish, tik devorli kotlovan va transeyalarni barpo etish, gruntni ko`cherish va ko`cherish hamlarini minimallashtirish, kommunikatsiyalarni transheyasiz usulda yotqizish, gruntning qurilish xususiyatlarini oshirish. Bunga yer ishlarini mexanizatsiyalashni takomillashtirish, yer inshootini loyiha gemetriyasini ta`minlash imkonini beradigan, ishchi jihozlari almashtiriladigan mashinalarni qo`llash kiradi. Yer ishlarini bajarishning asosiy usuli gruntni qayta ishlashning mexanizatsiya-lashgan usulidir. Gruntning qazilishi, ko`chirilishi, joylashtirilishi, tekislanishi, zichlanishi kerakli ishchi jihozlar bilan ta`minlagan, yer qazuvchi va yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar yordamida bajariladi. Mashinalar soni, turi va markasini tanlash yer inshootlarining fazoviy shakli va geometric parametrlari, qurilish maydonining gruntlari va gidrogeologik sharoitlari, ishlarni bajarishning loyiha muddatiga bog`liq. Yer ishlarini bajarish umumiy holda uch jarayondan iborat: qazilmani qazish, gruntni tashish, ko`tarmaga to`kish, bundagi asosiy jaryon gruntni qazishdir. Qazilmalarni qazish uchta asosiy usullar bilan bajariladi: kesib, suv oqimi bilan yuvib va portlatish usuli bilan. Mexanik usulda qazilganda turli mshinalarning ishchi organlari gruntga kesish yoki parchalash-sindirish kuchlari bilan ta`sir qiladi. Buning natijasida gruntni ma`lum qismi massivdan ajralib va so`rilishi mumkin bo`ladi. Kesish usuli bilan grnt qazilganda yer qazuvchi, yer qazuvchi-tashuvchi va yer qazuvchi-tekislovchi mashinalar qo`llanadi. Yer qazuvchi mashinalar–ekskavatorlar, ariq qazuvchilar gruntni cho`mich pichog`i bilan uzib ajratib, ag`darmaga yoki yer qazuvchi mashinaga yaqin joylashtirilgan transport bunkeriga to`kadi. Yer qazuvchi tashuvchi mashinalar- skreperlar va buldozerlar qazilmada gruntni qazish, uni tashish va ko`tarmaga to`kish uchun mo`ljallangan. Bu mashinalar yer ishlarining barcha kompleks jarayonini to`liq mexanizatsiyalashni ta`minlaydi. Yerni qazuvchi-tekislovchi mashinalar- tirkamali va o`zi yuradigan greyderlar va buldozerlar bo`lib, ular gruntni qazish, ko`cherish va tekislash chun mo`ljallangan. Gruntni suv oqimi bilan yuvib ishlash va suyultirilgan gruntni quvurlar orqali ko`chirishda gidromonitorlar, loyqa so`radigan moslamalar qo`llaniladi. Yer ishlarini bajarishni samarador shakli kompleks mexanizatsiyalashdir. Kompleks mexanizatsiyalashni asosiy prinsipi shundan iboratki, jarayonlar va operatsiyalarni bajarishda ishtirok etayotgan barcha mashinalarning texnik-iqtisodiy va texnologik parametrlari bir biriga mos kelishi kerak. Bunda mashinalar to`plami tushunchasi kiritilib, barcha ishlab chqarish jarayoni yer ishlarining kompleks mexanizatsiyalashgan texnologik jarayoni deb ataladi. Bajarilayotgan texnologik jarayonlarga qarab yer ishlarini bajaradigan mashinalarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumin: Ekskavatorlar; yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar; yuk ortqichlar; Gruntni zichlovchi mashinalar; Muzlagan gruntlarni qazish uchun mashina va jihozlar; Tayyorgarlik ishlari uchun mashina va jihozlar; Quduqni burg`ulash uchun mashinalar; Gruntni gidromexanik ishlash uchun mashinalar; Gruntni tashish uchun mashinalar. Bir cho`michli ekskavatorlar siklik-davriy harakatlanuvchi mashinalarga kiradi. Bir cho`michli ekskavatorning asosiy parametri – cho`mich sig`imi, m3. Asosiy texnologik parametrlari: qazish chuqurligi (balandligi), maksimal qazish radiusi, ortish balandligi. Turli sanoat tarmoqlarida cho`machining sig`imi 100 m3gacha bo`lgan ekskavatorlar qo`llaniladi. Qurilishda ishlatilayotgan ekskavatorlar cho`mich sig`imi 1,5 dan 4,0 gacha bo`lgan sakkiz o`lchamli guruhlarga bo`linadi. Download 285.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling