Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet46/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

2-rasm. Beton mustahkamligini aniqlash uchun “Gidravlik press”.
Qurilish materillaridan foydalanib bino va inshootlar qurish “Qurilish me’yorlari va qoidalarida” (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan “Standartlash halqaro tashkiloti (MOS)” talablariga javob beruvchi xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi.


Mavzu: Materiallarning fizik xossalari. Materiallarning mexanik xossalari.


Qurilish materiallarining maxsus xossalari.

Reja:


    1. Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi.

    2. Qurilish materiallarining fizik xossalari.

    3. Qurilish materiallarining mexanik xossalari.

    4. M.T. Qurilish materiallari buyumlarini energiya, resurs tejamkor va ekologik toza texnologiyalari.

Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining-mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin xolda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g‘ovaklardagi havo materialga issiqsovuqdan, tovushdan izolyasiyalovchi xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura.
Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi.
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2.10- 7sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, maydayirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin.
Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikalsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi.
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi.
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, Shishaplast, qog‘ozplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling