Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish materiallarining fizik xossalari
1-rasm. Sun’iy to‘ldiruvchi keramzitning makrostrukturasi.
Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. Materiallar xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi. Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall tuzilishli materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda ko‘pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars), ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall panjarani neytral atomlar, ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin. Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning hossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin. Qurilish materiallarining fizik xossalariZichlik - (g/sm3, kg/m3)- absolyut zich materialning hajm birligidagi massasidir. Agar materiallar massasini m, zich xolatdagi hajmini Va deb belgilasak, unda: P=m/Va Absolyut zich materiallar juda kam bo‘lib, ularga kvars, Shisha, po‘lat, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning zichligi tarozilar va hajm o‘lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq xolatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo‘yoqlar, polimerlar) zichligi piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim qurilish materiallarining zichligi (g/sm3) quyidagichadir: Bitum 0,9-1,2 Suv (40C da) 1,0 Granit ............................................................... 2,6-2,9 SHag‘al ................................................................. 2,7-2,9 Yog‘och .................................................................... 1,35-1,6 Sopol g‘isht ...................................................... 2,5-2,8 Kvars qumi ....................................................... 2,6-2,7 Portlandsement .............................................. 2,9-3,1 Shisha ................................................................. 2,5-3,0 Po‘lat .................................................................. 7,8-7,9 Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling