Qurilish materiallari va buyumlari cdr


“Qurilish materiallari va buyumlari”


Download 3.37 Mb.
bet43/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

“Qurilish materiallari va buyumlari”


fanidan


MAVZULAR TO‘PLAMI




Sanoat texnologiyalari” kafedrasi
Kafedra mudiri: Z.Po‘latova
O‘qituvchi: N.O‘.Eshqulov


Toshkent 2022-yil

Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari Reja:


  1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi.

  2. Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat nazorati.

  3. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi.

  4. M.T. Qurilish materiallari buyumlarini tayyorlashning asosiy prinsiplari, asosiy nazariy yo‘nalishlar tahlili.

O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi ta’lim tizimini qayta isloh etishni taqozo etadi.
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni etkazib berish Shu kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish mumkin.
Qurilish tizimiga ajratilgan mablag‘ning 50% ortig‘i qurilish buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va inshootlarini yangi turdagi qurilish materiallarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari to‘g‘risida to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lish zarur.
Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog‘langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
Shaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda Yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. Yog‘och sinchli binolar zilzilaga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Yog‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag‘dodi eshiklar,
muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik Yog‘lari ishlatilgan. qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi tarixiy yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga sazovor. Ganch o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va engil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin pasayadi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling