Qurilish materiallari va kimyo


III. “ЎзқурилишматериалЛИТИ” МЧЖ илмий-тадқиқот ва инжиниринг маркази кадрларни танлаш ва уларни ривожлантириш сиёсати тўғрисида


Download 174.55 Kb.
bet5/9
Sana16.08.2023
Hajmi174.55 Kb.
#1667493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
33QILICHOV SS

III. ЎзқурилишматериалЛИТИ” МЧЖ илмий-тадқиқот ва инжиниринг маркази кадрларни танлаш ва уларни ривожлантириш сиёсати тўғрисида.
Бугунги кунда Марказда кадрлар сиёсати масалаларига катта эътибор қаратилмоқда. Фаолиятни сифатли амалга ошириш мақсадида марказга малакали кадрлар танланган. Жумладан, марказ 2021 йил 1 январь ҳолатига кўра штат жадвалига асосан 12 та бўлимда 67 нафар ҳодимни ташкил этиб шундан 39 та ишчи ва ходимлар жамиятнинг ўзида фаолият юритади. Қолган 28 нафари ходим уюшмага хизмат кўрсатувчи ходимлар фаолият юритмоқда. Шунингдек, соҳага ёш мутахассисларни жалб қилиш, уларнинг ғоя, фикр ва таклифларини атрофлича ўрганишга катта эътибор берилмоқда.
V. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 31 январь куни илм-фанни ривожлантиришга бағишлаб ўтказилган (РА 1-2211 сонли мажлис баён) йиғилиши ҳамда геология соҳасидаги илмий-тадқиқот муассасаларига ташриф давомида берилган топшириқлар юзасидан.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 31 январь куни илм-фанни ривожлантиришга бағишлаб ўтказилган (РА 1-2211 сонли мажлис баён) йиғилиши ҳамда геология соҳасидаги илмий-тадқиқот муассасаларига ташриф давомида берилган топшириқлар ва Ўзбекистон Республикаси Бош вазири биринчи ўринбосарининг 2020 йил
19 сентябрдаги 05/1-1864 сонли топшириғи ижросини таъминлаш мақсадида Марказ мутахассислари томонидан янги замонавий лаборатория учун зарур ўлчов асбоблари ва синов ускуналарининг якуний рўйхати шакллантирилди.
Рўйхат тўлдирувчилар, бетон, цемент, лак-бўёқ, керамика, ойна маҳсулотлари каби қурилиш материалларининг физик-механик ҳамда физик-кимёвий хоссаларини аниқлаш, улар устида илмий-тадқиқотлар олиб боришга имкон берувчи жихозлар ҳамда мобил лабораториядан ташкил топган. Лаборатория жиҳозлари рўйхати Geotechnical testing equipment (Англия) – Буюк Британиянинг лаборатория жиҳозлари, синов ускуналари ишлаб чиқариш соҳасида етакчи корхонаси, UTEST (Туркия) - Туркиянинг универсал тест жиҳозлари, ҳусусан бетон, цемент, турли қурилиш материаллари устида синов ишларини олиб борувчи лаборатория жиҳозлари, синов ускуналари ишлаб чиқариш соҳасида етакчи корхоналаридан бири ҳамда MATEST (Италия) - Италиянинг бетон, цемент, турли қурилиш материаллари устида синов ишларини олиб борувчи лаборатория жиҳозлари ва синов ускуналари ишлаб чиқариш соҳасида етакчи корхоналар билан олиб борилган музокаралар ҳамда ёзишмалар натижасида яратилди.
Юқорида келтирилган барча хорижий ишлаб чиқарувчилар ўз маҳсулотлари тўғрисида тақдимот ўтказишди. UTEST, MATEST, Avicon Tex корхоналари вакиллари билан кўп бора видеоконференциялар алоқа тарзида ускуналарнинг нархи, сервис хизматлари, етказиб бериш ҳамда ўрнатиш масалалари турт марта учрашувларда муҳокама этилди.
Ўтказилган учрашувларда ускуна ва жиҳозларнинг нархлари, чегирмалар ва бошқа турли қўшимча хизматлар хақида ҳам маълумотлар олинди.
Уюшма ҳамда Марказ томонидан фойдаланилаётган бинони мукаммал таъмирлаш ишларини бажариш учун лойиҳа олди (инжинерлик геология қидирув, топографик съёмка ишлари, бино ва иншоотларга ўзгартириш киритиш учун Яккасарой тумани архитектура ва қурилиш бўлимидан рухсатнома, архитектура режалаштириш топшириғи, давлат экологик экспертизаси хулосаси, шахарсозлик кенгаши хулосаси), лойиха – смета
1-hafta “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasi, bilan tanishish.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi), (keyingi o‘rinlarda - “Uyushma” deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasini (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi) tashkil etish to‘g‘risida ta’sis shartnomasi va uyushma ta’sischilarining 2019 yil 20 martdagi qarori asosida tashkil etilgan.
Uyushma qurilish materiallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va bunga tegishli xizmat ko‘rsatuvchi korxona (jamiyat) va tashkilotlarni birlashtiradi.
2-hafta “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritish;
yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish;
talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish.
ichki va tashqi bozorlarda qurilish materiallariga bo‘lgan talab kon’yunkturasini o‘rganish va shu asosda yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish, qurilish materiallari eksporti geografiyasini kengaytirish bo‘yicha o‘z a’zolariga amaliy yordam ko‘rsatish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan tarmoqni rivojlantirish dasturlarining ishlab chiqilishida va bajarilishida ishtirok etish, tarmoq tashkilotlariga hom-ashyoni chuqur qayta ishlashda, sifatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishning o‘zlashtirilishida va ichki bozorning ular bilan yanada to‘ldirilishida, mahsulotlar diversifikatsiyasining kengaytirilishida ko‘maklashish;
qurilish materiallari sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talablar va standartlar bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
xodimlarni tayyorlashning real ehtiyojlarini va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, qurilish materiallarining sanoat ishlab chiqarilishi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;
qurilish materiallari sanoatining jadal rivojlanishiga va tarmoq korxonalarining barqaror faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqildi.

Download 174.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling