Qurilish materiallari va kimyo
ILMIY AMALIYOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 174.55 Kb.
|
33QILICHOV SS
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR
ILMIY AMALIYOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Ilmiy amaliyotning maqsadi - devorbop va issiqlik izolyatsiyalovchi qurilish materiallari texnologiyasi sohalariga taalluqli tashkilotlar va korxonalar, ilmiy tadqiqot institut(markaz)larida ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish, bitiruv dissertatsiya ishlari uchun manbalar to‘plash, nazariy bilimlarni chuqurlashtirib va mustahkamlab, ishlab chiqarishni boshqarishni, mustaqil o‘rganishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining bo‘yrug‘iga asosan Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulьteti “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi 2-kurs magistrantlarini Ilmiy amaliyotini o‘tkazish uchun tegishli davlat korxonalari hamda tashkilotlariga taqsimlanib amaliyot o‘tash uchun yuboriladi. Ilmiy amaliyot davomida magistrantlardan: amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish; amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo‘ysunish; mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganish va unga qat’iy rioya qilish; bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona (tashkilot, markaz, institut) xodimlari qatori javobgarlikni his etish; kundalik daftar yuritish, zarur material va ma’lumotlarini yig‘ish; amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha topshiriqlari bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot tayyorlash va uni “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasida himoya qilish talab etiladi. ILMIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR Ilmiy amaliyotda magistrantlar devorbop va issiqlik izolyatsiyalovchi qurilish materiallari texnologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oladilar va zarur ilmiy izlanishlarni amalga oshiradilar. Ilmiy amaliyot quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Amaliyotni o‘quv uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash; 2. Amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish davrida tashkiliy ishlarni bajarish; 3. Amaliyot dasturi va rejasida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish; 4. Amaliyotni yakunlash, amaliyot natijalari bo‘yicha hisobotni tayyorlash. Ilmiy amaliyotning o‘quv-uslubiy hujjatlariga kafedra javob beradi va amaliyotning umumiy rahbarligini olib boradi. Bunda asosiy hujjat bo‘lib ilmiy amaliyot dasturi va har bir amaliy ishga tuzilgan uslubiy qo‘llanmalar hisoblanadi. Amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish bilan bevosita kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari shug‘ullanadi, uning vazifalariga kuyidagilar kiradi: korxonalar bilan amaliyot dasturini kelishish; amaliyot o‘tkazish uchun buyruq loyixasini tayyorlash; kafedra mudiri bilan birgalikda amaliyot vazifalari va texnika xafvsizligi bo‘yicha magistrantlar bilan suxbat o‘tkazish; har bir korxona uchun gurux mas’ulini tayinlash; magistrantlarni amaliyot yo‘llanmalari, guvoxnomalar, yakka tartibda bajariladigan topshiriqlar, kundaliklar bilan ta’minlashdan iborat. Kafedradan tayinlangan rahbar amaliyot o‘tish sifatiga javob berishi va amaliyotdan oldin korxonaga borib magistrantlar ish joylarini dasturga asosan aniqlashi, amaliyot dasturini bajarish jarayonlarini belgilashi kerak. Amaliyot tugagandan so‘ng, raxbarlar kundaliklar to‘ldirilgani va hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlanganini nazorat qiladi, magistrantga tavsifnoma tayyorlaydi. Stajirovka rahbari kafedra majlisida magistrantlar amaliyoti natijalari xaqida hisobot beradi. Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari amaliyot o‘tish jarayonini nazorat qilishi, ma’ruzalar va ekskursiyalar tashkil etishi, magistrantlar bilan amaliyot o‘tish joylarida suxbatlar o‘tkazishi, kundaliklarini tekshirishi, magistrantlarning mustaqil ishlarini nazorat qilib turishi, ilmiy ishlarni bajarishda ularga yaqindan yordam berishlari kerak. Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalariga kuyidagilar kiradi: stajirovka o‘tadigan tashkilot va uning bo‘limlari bilan tanishtirish; magistrantlarni bo‘limlarga tarqatish va ish joylari bilan ta’minlash; tashkilot ichki ish tartibi qoidalari bilan tanishtirish; magistrantlar bilan texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasi bo‘yicha suhbat o‘tkazish. tashkilot buyrug‘ini tayyorlash; Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha bajariladigan ishlar hamda qo‘llaniladigan asboblar bilan magistrantlarni tanishtirish; magistrantlarga maslaxatlar berish hamda zarur material va ma’lumotlarni yig‘ishga yordamlashish; magistrantlar bilan tanlangan mavzularda ko‘shimcha ma’ruzalar va amaliy darslarini olib borish; Stajirovka amaliyoti tugagandan so‘ng, korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari kundaliklar to‘ldirilgani va hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlanganini nazorat qiladi, magistrantga tavsifnoma tayyorlaydi. Download 174.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling