Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari
Download 2.88 Mb.
|
Иссиклик техникаси амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruxlar uchun topshiriqlar: 1-gurux uchun topshiriq Suv qachon bug’ga aylanadi. 2-gurux uchun topshiriq
- 5 -MAVZU Bug’lanish tezligi Reja
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
Xar kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, xurmat bildirishi kerak. Xar kim faol, berilgan topshiriqga ma’suliyat bilan qaragan xolda ishlashi kerak. Xar kim zarur xolda yordam so’rashi lozim Xar kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak. Xar kim gurux ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart. Kichik guruxlar uchun topshiriqlar: 1-gurux uchun topshiriq Suv qachon bug’ga aylanadi. 2-gurux uchun topshiriq Bug’ qachon quruq to’yingan bug’ deyiladi Ma’ruzaning uslubiy ta’minoti 1. N.A.Maxmudova. Teplotexnika i teplotexnicheskie obarudovanie:- Toshkent, TAQI. 2005 2. Peregudov. V. Teplotexnika i teplotexnicheskie obarudovanie:- Moskva, “Stroyizdat” 1990. 3. N Maxmudova Issiqlik va issiqlik texnikasi uskunalari. O’quv qo’llanma. Toshkent. TAQI 2012.
Reja: 1.Suv bug’i. 2. Bug’lanish tezligi. Bug’ hosil bo’lish jarayoni. Suv bug’i suyuqliklarni bug’latish va qaynatish natijasida hosil bo’lishi mumkin. Suyuqliklarning yuzasidagi qatlam istalgan haroratlardagi bug’ chiqishi bug’lanish deb ataladi. Bug’lanish tezligi suyuqlikning turiga, harakteristikalariga va unga ta’sir qiladigan haroratga bog’liq bo’ladi. Bug’lanish jarayoni – bu molekulalarning suyuqlik sirtidagi kushni molekulalarning tortish kuchini yengib suyuqlikdan tashqariga chiqib ketish xodisasidir. Harorat oshishi bilan bug’lanish tezligi ortadi. Bug’lanish jarayonida haroratning oshib borishi natijasida, uning tezligi suyuqlikning hamma qatlamlarida ortib ketadi va qaynash jarayoni sodir bo’ladi. Bunga teskari jarayon esa, ya’ni bug’larning past haroratlarda suyuqliklarga qaytib tushishi bug’ kondensatsiya deb ataladi. Agar bug’lanish tezligi kondensatsiya tezligi bilan tenglashsa bunda sistemada dinamik tezlanish hosil bo’ladi. Bug’ maksimal zichlikga ega bo’lib, to’yingan bug’ deb ataladi. SHuning uchun xam ko’pincha qaynash harorati – to’yinish harorati va qaynash bosimi – to’yinish bosimi deb ataladi. Bug’ va suyuqlik bir – biriga aylanishi suyuqlikning barcha molekulalari bug’ xolatiga o’tmaguncha davom etaveradi. Bunga to’yingan bug’ xolati to’g’ri keladi. To’liq bog’lanmagan suyuqlik bug’i nam xolatdagi to’yingan bug’ deb ataladi. Agar bir xil bosimda bug’ harorati to’yingan bug’ haroratidan yuqori bo’lsa qaynoq bug’ deb ataladi. PV diagrammasida bug’ hosil bo’lish jarayoni ilovada 1- rasmda keltirilgan. TSilindrda porshen yordami bilan doimiy bosimda 1 kg suv 0 ºS haroratda joylashgan bo’lsin. Bunda suv siqilmagan xolatda deb hisoblaymiz, shuning uchun bosim ortsa xam suv xajmi o’zgarmas deb qabul qilinadi. Suvni qizdirish jarayonida harorat oshib boradi, xajm kengayadi, bug’ harorati bilan tenglashgandan keyin bug’lanish boshlanadi. Qaynoq bug’ hosil bo’lish jarayoni ichiga 3 ta fizik jarayonni oladi. 1. Suyuqlikni to’yinish haroratigacha qizdirish. 2. To’yinish haroratida bug’lanish. 3. Kaynoq bug’larning harorat oshishi natijasida paydo bo’lishi. - siqilmagan suyuqlik xajmi. - qaynayotgan suyuqlik xajmi. - to’yingan bug’ xajmi. - mos ravishda suyuqlik qaynashi. - to’yingan bug’. dan keyin – qaynoq bug’. Bosim bo’lsa, bo’ladi. - qaynayotgan suyuqlik xajmi kengayadi. - to’yingan bug’ xajmi kamayadi, chunki bug’ hosil bo’lish jarayoni bosim ortishi bilan tezlashadi. Bundan kelib chiqadiki a1v1s1d1 chiziq – suvning 0 ºS haroratdagi xolati, lekin bunda suv siqilmagan. a2v2s2d2 chiziq pastki chegara deyilib u suv bilan to’yingan bug’ni bir - biridan ajratadi. a3v3s3d3 chiziq yuqori chegara deyilib u to’yingan bug’ bilan qaynoq bug’ni bir - biridan ajratadi. Ikkita egri chiziqning kesishgan nuqtasi K kritik nuqta hisoblanadi va bug’ va suyuqlikning bir - biridan farqi yo’q bo’lgan xolatni ifodalaydi. Kritik nuqtadagi haroratda gaz suyuqlikka aylanmaydi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling