Qurilish materiallarii va konstruksiyalari
Download 489.97 Kb.
|
Малакавий Амалиёти хисоботи технологик лотинча 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MALAKAVIY BITIRUV OLDI AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOT Amaliyot o‘tilgan korxona: “Irrigatsiya invest” MCHJ
- Hisobot himoyasi bo‘yicha qo‘yilgan baxo ______________ “___” ______2023 yil
- Eslatma: Amaliyot xisobotining 1-betida korxonadan talabani amaliyotga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi va talabaning korxona viveskasi oldida tushgan surati joylashtiriladi.
- KIRISH 3 1.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI QURILISH MATERIALLARI VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKUL'TETI “QURILISH MATERIALLARII VA KONSTRUKSIYALARI” KAFEDRASI MALAKAVIY BITIRUV OLDI AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOT Amaliyot o‘tilgan korxona: “Irrigatsiya invest” MCHJ Bajardi: 801-20 QMBvaKICH talabasi Baxromov A.J. Institutdan amaliyot raxbari: Parsayeva N.J. Korxonadan amaliyot raxbari: ______________ Hisobot himoyasi bo‘yicha qo‘yilgan baxo ______________ “___” ______2023 yil Hisobot himoyasi bo‘yicha hay'at a'zolari: 1.________________________ 2.________________________ 3. ________________________ Jizzax-2023 yil Eslatma: Amaliyot xisobotining 1-betida korxonadan talabani amaliyotga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi va talabaning korxona viveskasi oldida tushgan surati joylashtiriladi. Keyingi bo‘lim (varoq)larda talabaning amaliyotda ishtirok etayotganligi haqidagi suratlar joylashtiriladi. M U N D AR I J A
Kirish Mustaqillik yillari davomida demokratik jamiyat va bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o‘z mavqyeiga ega bo‘ldi. Bunda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, hom – ashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirish katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish, bugungi kunda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Respublika xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati yetakchi rol o‘ynaydi. Bu o‘z xom-ashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda qurilish sohasi keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Qurilish sohasi negizini qurilish materiallari va buyumlari tashkil etadi. Bino va sanoat inshootlarining sifati, uzoq muddatga chidamliligi ko‘p jixatdan qurilish materiallari va buyumlarini to‘g‘ri tanlab olish va ishlatishga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida yangidan-yangi ko‘plab turar-joy, jamoat, sanoat, qishloq qurilish binolari va inshootlari barpo etilib, keng miqyosdagi kapital-ta'mirlash ishlari bajarilmoqda. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib, qurilish materiallariga bo‘lgan talab hamda ularni ishlab chiqarish hajmi tobora oshmoqda. Bugun shaharu qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari samaralari keng va ravon yo‘llar, zamonaviy ko‘priklar, yuksak me'moriy yechimga ega mahobatli inshoot va imoratlar, shinam uy-joylar, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan koshonalarda o‘z ifodasini topayotir. Bu xalqimiz turmush tarzi, hayoti va yashash sharoiti tubdan o‘zgarayotganidan dalolatdir. Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud korxonalar texnologiyalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarildi va jadal sur'atlarda davom etdirilmoqda. Respublikamiz qurilish materiallari sanoati uchun yetarli mineral-xom ashyo resurslariga boy bo‘lib, hozirda 500 dan ortiq xom ashyo konlari aniqlangan.Markaziy Osiyo mintaqasida qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo zahiralari bo‘yicha mamlakatimiz yetakchi o‘rinni egallaydi. Iste'mol bozorini zamonaviy qurilish materiallari bilan boyitish, unga bo‘lgan talab va ehtiyojni qondirish maqsadida, davlatimiz tomonidan tarmoqni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2019-yil 1-iyuldan boshlab mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinayotgan mahsulotini sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zStandart” agentligining asoslantirilgan hisob kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanishi qarorda belgilanib qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Buning uchun bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan islohatlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yakindan chambarchas har tomonlama bog‘langan bo‘lishi kerak. Ta'lim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarining mazmuni va uslublarini talabalarda shakllantirish maqsadida o‘qitishni ilmiy-tadqiqot bilan qo‘shib olib borish, fanlar buyicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy-amaliy mashg‘ulotlar uzviyligining negizlarini shakllantirishda malakaviy amaliyoti muhim o‘rin egallaydi. Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling