Qurilish materiallarii va konstruksiyalari


Download 489.97 Kb.
bet3/12
Sana27.06.2023
Hajmi489.97 Kb.
#1656873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Малакавий Амалиёти хисоботи технологик лотинча 2

Beton qorish sexi
“Irrigatsiya invest”MChJ dagi beton qoruvchi bo‘limi vertikal sxema bo‘yicha materiallarni sarf bunkeriga yetkazish uchun komplektlangan. Sex binosi balandligi 25 m ga yetadi Beton qorish sechi bunker usti, bunker bo‘limi, Miqdorlagich bo‘limi, beton qorish va beton qorishmani o‘zatish bo‘limidan iborat.
Beton qorishmasining klassifikatsiyasi
Beton qorishmasining tayyorgarlik darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • ishlatishga tayyor beton qorishmalari (BSG);

  • quruq beton qorishmalari (BSS).

Qulay joylashuvchanligik ko‘rsatkichiga ko‘ra beton qorishmalari uch guruhga bo‘linadi:

  • o‘ta qattiq (O‘Q);

  • qattiq (Q);

  • harakatchan (H).

Texnik talablar.
Beton qorishmalari betonlarni berilgan ko‘rsatkichlarda (mustahkamligi, o‘rtacha zichligi, sovuqqa bardoshligi, suv o‘tkazmasligi) olinishini ta'minlashi kerak.
Beton qorishmalari quyidagi sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha tavsiflanadi:

  • qulay joylashuvchanligi;

  • o‘rtacha zichligi;

  • havo hajmi;

  • qatlamlashishi;

  • vaqt bo‘yicha xususiyatlarini saqlanishi: qulay joylashuvchanligi, qatlamlashishi.

Armatura sexi
Temir-beton maxsulotlari va konstruksiyalari setka ko‘rinishidagi payvandlangan armatura elementlari, shuningdek, tekis va hajmiy karkaslar bilan armaturalanadi.
Halqa va ilgaklar konstruksiyalarni transportga ortishda, armaturalarni betonlash jarayonida ushlab turadigan fiksatorlar, yig‘ma konstruksiyalarni mustahkamlash uchun o‘rnatiladigan qismlar yordamchi armaturalardir.
Armatura tayyorlash temir-beton zavod armatura sexining yuqori samarali payvand qilish va boshqa mashinalar bilan jixozlangan texnologik liniyalarida tayyorlanadi. Tayyorlash jarayoni, texnologik oqimda po‘lat armaturadan tayyor maxsulot va texnologik operatsiyalar tayyorlash va yarim tayyor mahsulot, bu hammasi yordamchi operatsiyalar uchun mehnat sarfini kamaytirdi. Armatura to‘rlari va karkaslar sinf, po‘lat markasi, sterjen uzunligi va o‘ringa diametri, soni, ko‘ndalang va bo‘ylamaligi, payvand qilinadigan detallar, montaj xalqa ko‘rsatilgan ishchi chizma asosida tayyorlanadi.
Korxona armatura mahsulotlarini ishlab chiqarishda armatura po‘latini saqlash uchun omborxonalar tashkil qiladi. Po‘latli armaturani saqlaydigan omborxonalar yopiq, estakadali kran, armatura sexi bilan birlashtiradigan qurollar bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.

Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling