Qurilish materiallarii va konstruksiyalari
Korxonaning atrof muhitga bo’lgan ta’siri (ekologik qism uchun)
Download 489.97 Kb.
|
Малакавий Амалиёти хисоботи технологик лотинча 2
4. Korxonaning atrof muhitga bo’lgan ta’siri (ekologik qism uchun);
Inson hayoti uchun zarur bo‘lgan, lekin inson tomonidan bunyod etilmagan resurslarga tabiiy resurslar deyiladi. Inson hamma narsani tabiatdan oladi. Tirik mavjudotning yashash sharti bo‘lgan havo, suv, o‘simlik, hayvonlar ham tabiiy resurslardir. Tabiiy resurslar real va potensial turlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda jamiyat ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar real resurslardir, masalan, daryo, ko‘l, yer ostidagi chuchuk suvlar. Ma'lum sabablarga ko‘ra hozirgi vaqtda foydalanishning imkoni bo‘lmagan resurslar potensial resurslar bo‘ladi. Masalan, okean suvi, uning tarkibidagi ma'danlar,termoyadro energiyasi va hokazo. Lekin vaqt o‘tishi, fan-texnika rivojolanishi bilan potensial resurslar real resurslarga aylanadi. Tabiiy resurslarning turlari. Tabiiy resurslarning xususiyatlariga qarab, ularni tugaydigan, tugamaydigan va tiklanadigan resurslarga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan. Ayrim tadqiqotchilar esa tiklanadigan resurslarga o‘simlik, hayvonlar, qisman tuproq, ba'zi bir tuzlar kiradi. Lekin ularni tiklash uchun zarur sharoit va vaqt kerak. Ba'zi resurslar ko‘plab ishlatilishi (ov qilinishi, foydalanishi) natijasida tiklanmaydigan bo‘lib qolishi ham mumkin, ya'ni turi butunlay yo‘qolib ketsa, tiklab bo‘lmay qoladi. O‘rmonlarning ko‘plab kesilishi tuproqlar eroziyasiga sabab bo‘ladi. Tog‘ jinslaridan 30 sm qalinlikdagi tuproqning hosil bo‘lishi uchun esa 15020 ming yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish hammadan ko‘p tiklanadigan resurslarga taaluqlidir. Ularni ehtiyotlab sarflash va o‘rnini tiklab borish lozim. Tiklanmaydigan resurslarga foydali qazilmalar kiradi. Ular olinaversa tugaydi, lekin o‘rniga yangisi tiklanmaydi yoki tiklanishi uchun yuz millionlab yillar kerak bo‘ladi. Shuning uchun ulardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. Tiklanmaydigan resurslar ikki yo‘l bilan tejab ishlatish va o‘rniga tugamaydigan resurslarni ishlatish bilan muhofaza qilinadi. Hozirgi vaqtda ham ba'zan konlardagi neft va ko‘mirning ancha qismi yer ostida qolib ketadi. Gazlar mash'ala qilib yoqiladi. Artezian suvlari ba'zi joylarda bekorga oqizilib yuboriladi. Agar ular tejab-tergab sarflansa, hali anchaga yetadi. Metallarni qayta eritib ishlatish mumkin. Ba'zilari o‘rnini sun'iy hosilamaxsulotlar, masalan, plastmassalar egallamoqda. Tugamaydigan resurslarga yadro energiyasi, suv,havo, iqlim va kosmik resurslar kiradi. Suv resurslari deganda ro‘zg‘or va sanoatda, qishloq xo‘jaligi hamda transportda, elektr energiyasi olishda foydalaniladi, suv tushuniladi. Mamlakatning iqtisodiy qudrati yer osti boyliklariga bog‘liq. Mamlakat foydali qazilmalarga qanchalik boy bo‘lmasin, ulardan xo‘jalikda oqilona foydalanish, nes-nobud qilmaslik zarur. Qimmatli xom ashyo bo‘lgan foydali qazilmalar qazib olinayotganda, ishlov berilayotgan bir joydan ikkinchi joyga tashilayotganda nobud bo‘lishi mumkin. Mineral qazilma boyliklar qazib olinayotgan paytda atrof-muhitga tabiiy komplekslarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi: Burg‘ quduqlarini qazishda atrofdagi yerlarda o‘simlik payxon bo‘ladi, ba'zan birgina burg‘ qudug‘i qazilganda 5-6 gektar yer payxon bo‘ladi. Davlat tog‘-kon nazoratini resupblikaining geologiya va yer osti boyliklarini muhofaza qilish organlari amalga oshiradi. Tabiiy resurslar kamayishi – kishilarning xujalik va boshka xayotiy faoliyati manbai bulgan tabiiy ob'ektlarni yukola borishidir. Mutaxassislarning ma'lumotlariga kura “inson sivilizatsiyasi” davrida, tugrirogi iktisodiy madaniyatlashgan kishilarni izchil faoliyati davrida yer kurrasidagi urmonlarning 2/3 kismi kesilib ketdi, 250 xil turdagi xayvon va usimliklar yuk bulib ketdi, 3 – 4 mlrd. gektar yer kishlok xujalik oborotidan chikazib yuborildi, atmosfera xavosidagi kislorodning zaxirasi 10 mlrd. tonna kamaydi. Keyingi 100 yil ichida, fransuz olimi A. Gerrnning ma'lumotlariga kura, tuprok erroziyasi va texnogen buzilishi 2 mlrd. gektar yerni unimdorligini yukotib yuborgan. Shu kunlarda yer kurrasida bir dakikada 20 ta urmon kesilmokda, kuniga bir turdagi xayvonot yoki usimlik turi kizil kitobga kiritilmokda. Tabiiy resurslarni kamayib borishidan tashkari atrof tabiiy muxitning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga, modda va energiya almashuvining tabiiy xolatda kechishiga ta'sir kilmokda. Atrof tabiiy muxitning ifloslanishiga tabiiy moddalar (tuprok, suv, yer osti boyliklari, atmosfera xavosi…) tarkibining fizik va kimyoviy uzgarishiga aytamiz. Agarda bunday uzgarish inson xayotining faoliyati bilan kechsa – antropogen ifloslanish, uning ishtirokisiz kechsa – tabiiy ifloslanish deyiladi. Atrof tabiiy muxitning antropogen ifloslanishi iktisodiy munosabat shaklida umumiy ifloslanishining 90 – 97 % ni tashkil etadi. Tabiiy moddalarning fizik va ximik uzgarishi shaxarlarda asosan transport va sanoat xisobiga (80 – 85 %) bulsa, agrar tegrarlarda kishlok xujaligini (70 – 85 %) ximiyalashtirish, mexanizatsiyalash, milliorativ va irrigatsion inshootlar kurish xaddan tashkari chorva mollari tuyok sonini ma'lum bir maydonlarda oshib ketishi xisobiga amalga oshmokda. Sanoat tegralarida ifloslanish metallurgiya va energetika tarmoklarida juda yukori darajadir. Atrof muxitning – tabiiy ifloslanishi inson faoliyatini bevosita ishtirokisiz kechadigan tabiatdagi jarayon va xodisalar: kuyosh – kosmik (meteoritlarning tushishi, magnit buroni); iklim – gidrologik (tayfun, buron, suv toshkini, xavo temperaturasi va yogin yogishlarning kam kaytariladigan anomal uzgarishlari…); geologik – geomorfologik (zilzila, sunamiy vulkonning otilishi, sel ketishi, kor kuchishi, surilma, upirilish va tosh tushishi, muzliklarning bostirilishi…); geoximik (yer osti tabiiy gazlarning portlashi, shurlanish, botkokliklardan zaxarli gazlarning chikishi, sun'iy materiallarni korrozitsiyasi…); biologik (yoppasiga zararkunanda xasharot va kumurskalarning kupayishi, urmonlarning kurib ketishi natijasidagi yonginlar…). Ularning ekologik xavfsizlik muxitga ta'siri iktisodiy shaklda 3-10 % ni tashkil etadi. Lekin tabiatga antropogen ta'sirning kuchayishi bilvosita atrof muxitning tabiiy ifloslanish darajasini kundan kunga orttirib yubormokda. S.M. Myagkovning ma'lumotlariga kura, bu uzgarishning yillik koeffitsienti – 02, - 0, 3 bulib, bu kursatkich jarayon va xodisalarning turiga karab uzgarib boradi. Tabiiy resurslarni kamayib va yukolib borishi xamda tabiiy ob'ektlarning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga va ekologik inkirozlarning kelib chikishiga sabab buladi. Chunki kichik va ekologik tizimlarning aylanishi zanjirida turgan biron bir tabiiy ob'ektning yukolishi yoki uning ekologik xususiyatini ifloslanish natijasida kamayib kolishi tabiatni uz – uzini asrash, tashki kuchlarga karshi turish (buferligi) va kayta tiklanish xususiyatlarini yukotib kuyadi. Ekologik inkiroz – jamiyat va tabiat urtasidagi uzaro munosabat muvozanatining barkaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muxit xolatini yomonlashib borishi, davlat boshkaruv va xukukni muxofaza kiluvchi organlarning yuzaga kelgan xolatdan chika olmasliklari xamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yukolishi, ya'ni tabiiy muxit inkirozi va ijtimoiy muxit falokati. Jamiyat va tabiat urtasidagi iktisodiy munosabat shakliy fanda yangi ta'limotni – “ekologiya” ni yuzaga keltirdi. Birinchi bor “ekologiya” suzini fanga nemis biolog olimi Ernest Gekkel tomonidan olib kirilgan. Charlz Darvinning tirik organizmlarning evolyusion rivojlanish konuniyatlarini keng tadbik kilgan E. Gekkel 14 sentyabr 1866 yil “umumiy morfologiya” kitobining suz boshida ekologiya xakidagi fikrlarni bayon etgan. Bu fan soxasi aynan XIX asrning ikkinchi yarmida yevropa kit'asining eng rivojlangan kismida biolog olimlar tomonidan e'tirof etilishi bejiz emas edi, chunki usha vaktda ayni sanoati gurkirab rivojlangan Germaniyada atrof tabiiy muxit xolatining ravishda yomonlashuvi Rur xavzasida ekologik inkirozli vaziyatini yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar xayoti bilan shugullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishga va yangi fanni olga surishga asos buldi. Iktisodiy munosabat shakli davriga xos ekologik konunlardan Mazovlarning XIII – XIV asrlarda «Urmon, tur, zubr va tarpanlarni muxofazasi», Litva knyazi Sigizmund II ning «Volok nizomi» da baliklarning urchish davrida ov kilish man etilgan. XIV asrda Fransiyada «Suvlar va urmonlar» maxsus boshkarmasi tuzilgan bulib, uning vazifasi urmonlarni muxofaza kilish edi. Kadimgi Velgelm podshoxligi davrida kiyik, yovvoyi chuchka va xattoki kuyonlarni urdirganlari uchun kishilarga ulim jazosi belgilangan. Ammo bu konunlar umimiy atrof tabiiy muxitni emas, balki feodal mulkni saklab kolish va muxofaza kilishga karatilgan edi. Tabiatni xududiy muxofazalash tugrisida chora tadbirlar XVI asrda Daniya kiroli Xristian – III karoriga binoan amalga oshirilgan. Xuddi shunday dengiz buyidagi kumlarni kuchishdan saklovchi konunlar Prussiyada, Nederlandiyada, Fransiyada xam kabul kilingan. XIX va XX asrning birinchi yarmida xam aloxida bir tabiiy ob'ektlar yoki integral – xududiy ob'ektlar buyicha yuzlab konunlar va shunga asosan boshkaruv va nazorat organlari tashkil etildi. Lekin ularning boshkaruv va nazorat funksiyalari siyosiy axvolga karab uzgarib turar va ular ayrim mulk egallariga xizmat kilar edi xolos. Jamiyat va tabiat urtasida iktisodiy – ekologik munosabat shakli mavjud ekologik tizimni saklab kolish darajasidagi kishilarning tabiiy resurslardan okilona foydalanish va tabiatni muxofaza kilishga karatilgan xayot tarzi. Amerika Kushma Shtatlari, Yaponiya, Shvetsariya, Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlar ekologik konunchilik tizimi ekologik munosabat shakliga moslashtirilgan bulib, davlat tomonidan kishilarning xar kanday ekologik chora tadbirlari tuligicha kullab kuvvatlaniladi. Tabiiy resurslarni kamaytirish, tabiatni ifloslantirish nafakat fukarolarga, balki davlat idoralari xodimlariga xam na moddiy va na ma'naviy foyda keltirmaydi. Masalan, AKSh «Atrof tabiatni muxofaza kilish milliy siyosati» (NePA) konuniga binoan xamma jismoniy va yuridik shaxslar (davlat va boshkaruv organlari xam) biron bir tabiiy ob'ektdan foydalanishlaridan avval turli kurinishdagi test sinovlaridan utishadi va tabiatga kursatishi mumkin bulgan «Ariza» ni topshiradilar. Bu test sinovlar natijasining boshidayok 10 % «Arizalar» sudlar ish faoliyatiga kirib koladi. Prizedent ijroiya kumitasi koshidagi tabiatni muxofaza kilish Kengashi xar oyda Kengashiga kelib tushgan «Arizalar» ruyxati va sudlarning kabul kilgan karorlari tugrisida ochik ma'lumotnomalar e'lon kiladi. Undan tashkari tabiatni muxofaza kilish buyicha xar bir Amerika shtati uziga yarasha konun kabul kilish imkoniga ega. Chunki shtatdagi ekologik xolat avvalambor maxalliy -----axoliga ta'sir kilishi konunchilik tizimini belgilab beradi. Mustakil Uzbekiston Respublikasining ilk bor kabul kilgan konunlaridan biri «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida» gi konuni. Bu konun 9 dekabr 1992 yil Uzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan bir katorda kabul kilingan bulib, undagi prinsip va mi'yorlar tabiat bilan jamiyat munosabatlari uzaro uygunlashgan xolda bulishini takozo kiladi. Mamlakatimiz yosh, tez sur'atlar bilan ijtimoyi yunaltirilgan bozor iktisodiga tomon olga borayotgan davlat toifasiga kiradi. Iktisodiy rivojlanish, vaktinchalik, juda boy (100 ga yakin mineral xomashyo turidan foydalaniladi) tabiiy resurslardan foydalanishga suyangan xolad amalga oshmasdan iloji yuk. Shuning uchun xam milliy konunchiligimiz orkali tabiat inomlaridan foydalanish va ularni muxofaza kilish shakli iktisodiy – ekologik kurinishdadir. Kabul kilingan ekologiyaga oid 20 dan ziyod konunlar tabiatni muxofaza kilishning xukukiy asosi bulib xizmat kila oladi, lekin bu konun me'erlarini xayotga tatbik kilishning iktisodiy, xukukiy, siyosiy chora – tadbirlarini ishlab chikish shu kunning dolzarb masalalari turkumiga kiradi. Tabiiy muxitni inkirozga, ijtimoiy muxitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yakin kelajakda ekologik munosabat shakliga utib olishimiz kerak. Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling