Qurilish materiallarii va konstruksiyalari
jadval Korxonaning ishlab chikarish dasturi
Download 489.97 Kb.
|
Малакавий Амалиёти хисоботи технологик лотинча 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumning nomlanishi O‘lchov birligi Bitta mahsulot hajmi m3
- Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi 3.3. - jadval
- «Irrigatsiya invest»
- 3.4.-jadval Mahsulotning tavsifi va unga ishlatiladigan beton qorishma va po‘lat armatura sarfi
3.2.jadval
Korxonaning ishlab chikarish dasturi.
Bizning mamlakatda sanoat va turar-joy binolari qurilishida bir xil turdagi yig‘ma temir-beton konstruksiyalari 90 foizga yaqinni tashkil qiladi. Yig‘ma temir-beton mahsulot va konstruksiyalari asosan uzun, tekis yuzali, blokli, hajmli holda ishlab chiqariladi. Uzun konstruksiyalar va mahsulotlarga kolonnalar, fermalar, rigellar, to‘sinlar, ustunlar; tekis yuzalilarga – yopish plitalari, devor va to‘sish panellari, bunker va rezervuar devorlari; bloklilarga – og‘ir fundamentlar, yerto‘la devorlari; hajmlilarga – sanitar-texnik kabinalar, blok xonalar, siloslarning korobkali elementlari, quduq halqalari va boshqalar kiritiladi. Temir-beton buyumlarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish uchun ularning turini imkon qadar kamaytirish lozim. Mamlakatimizda fuqaro va sanoat qurilishida ishlab chiqariladigan temir-beton mahsuloti va foydalanish hajmi nomenklaturasi 3.3- jadvalda keltirilgan. Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi 3.3. - jadval
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari uchun yuqori darajadagi mustahkamlik, zichlik, sovuqqa chidamlilik va suv o‘tkazmaslik sifatiga ega bo‘lgan betonlar qo‘llaniladi. Masalan, yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalarda M150-M800 markali og‘ir beton, zichligi 2200-2500 kg/m3; g‘ovak to‘ldiruvchili konstruksion betonlar uchun M150-M500 markali; to‘sish konstruksiyalar uchun M50-M100 markali, zichligi 700-1000 kg/m3 yengil betonlar keng ko‘lamda foydalaniladi. Bir turdagi yig‘ma konstruksiya nominal o‘lchamlariga, shuningdek beton himoya qatlamining armatura sterjeni yuzasigacha yuqori darajada talabchanlik qo‘yiladi. Bu o‘lchovlar har bir mahsulotga alohida standart, ishchi chizma va texnik shartlar bilan belgilanadi. Ko‘pchilik mahsulotlarda o‘lchovdan og‘ish chegarasi (plita, panel, kolonna, to‘sin) 4-10mm dan, himoya qatlami esa 3-5 mm dan oshmasligi kerak. Yuqorida aytilgandek, temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko‘ra bo‘linadi: qaysi yo‘nalishda ishlatilishiga ko‘ra: sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun: bino va inshootda ishlatilish o‘rniga ko‘ra: fundament tom qoplamasi, devor va xonalar uchun; geometrik shakliga ko‘ra; ustunsimon plitali blokli panjarali ko‘ndalang kesimning shakli va xususiyatiga ko‘ra; uzluksiz g‘ovak qovurg‘ali qat-qat armatura qo‘yilishiga ko‘ra; betonli, temir-betonli, beton turiga ko‘ra; og‘ir, yengil, yacheykali beton. «Irrigatsiya invest» ma'suliyati cheklangan jamiyatida esa, bugungi kunda asosan markasi 150, 200, 250, 300, 350 bo‘lgan tovar beton va seriyasi KS 20-9 bo‘lgan temirbeton xalqa, seriyasi KS 10-9 bo‘lgan temirbeton xalqa, seriyasi KS 15-09 bo‘lgan temirbeton xalqa, seriyasi KSD-15 bo‘lgan taglik plita, seriyasi KSP-10 bo‘lgan qavatlararo yopma plitalari, seriyasi KSP-15 bo‘lgan qavatlararo yopma plitalari, seriyasi KSP-20 bo‘lgan qavatlararo yopma plitalari, seriyasi P5VK bo‘lgan devor to‘siq plitasi, To‘g‘ri burchakli bosimsiz quvur 2,5x2,5x1,0, seriyasi SNVs 3,2-1 bo‘lgan tayanch elementi, Bordyurlar PT 4,25 kabi beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi. “Irrigatsiya invest” ma'suliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan buyumning tavsifi va unga ishlatiladigan beton qorishma va po‘lat armatura sarfi 3.4.--jadvalda berilgan. 3.4.-jadval Mahsulotning tavsifi va unga ishlatiladigan beton qorishma va po‘lat armatura sarfi
Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling