Qurilish mexanikasi (Nazariy mexanika)fanidan yakuniy nazorat savollari №1 variant. 1-savol


Download 1.87 Mb.
bet1/94
Sana17.06.2020
Hajmi1.87 Mb.
#119745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
ХС(УЖК)-19 Якуний тьест


Qurilish mexanikasi (Nazariy mexanika)fanidan yakuniy nazorat savollari

1 - variant.



1-savol.

Qurilish mexanikasi (Nazariy mexanika)fani nimani o‘rgatadi?

1.Moddiy jismlarning bir-biriga ko‘rsatadigan ta’siri, muvozanati va mexanik harakatning umumiy qonunlarini

2.Mexanik harakatning umumiy qonunlari,qattiq jism va mexanik sistema harakatini

3.Moddiy jismlarning bir biriga ko‘rsatadigan ta’sirini

4.Moddiy jismlarning muvozanati, ularga qo‘yilgan kuchlarni qo‘shish, ayirishni


2-savol.

Nazariy mexanikaning statika bo‘limida nimalar tekshiriladi

1. Vaqt o‘tishi bilan moddiy jismlarning bir-biriga nisbatan ko‘chishi.

2.Moddiy jismlarning muvozanati,mexanik harakatning umumiy qonunlari,qattiq jism va mexanik sistema harakati

3.Mexanik harakatning umumiy qonunlari, moddiy jismlarning bir biriga ko‘rsatadigan ta’siri

4. Moddiy jismlarning muvozanati, ularga qo‘yilgan kuchlarni qo‘shish, ayirish va kuchlarni ekvivalent kuchlar sistemasi bilan almashtirish


3-savol.

Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi?

1. Kuch ta’sirida jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa o‘zgarmasa.

2. Harakati yoki muvozanatini tekshirishda o‘lchamlari va shaklining ahamiyati bo‘lmagan, massasi bir nuqtaga joylashgan jism

3.Jism fazoda ixtiyoriy tomonga harakatlana olsa, vaqt o‘tishi bilan moddiy jismlarning bir-biriga nisbatan ko‘chishi

4.Harakati yoki muvozanatini tekshirishda o‘lchamlari va shaklining ahamiyati bo‘lgan, massasi bir nuqtaga joylashgan jism


4-savol.

Kuchning jismga ta’siri nima bilan aniqlanadi?

1.Qo‘yilish nuqtasi, yo‘nalishi, miqdori

2.Yo‘nalishi, miqdori

3.Qo‘yilish nuqtasi, yo‘nalishi

4.Qo‘yilish nuqtasi, miqdori


5-savol.

Teng ta’sir etuvchi kuch nima?

1.Kuchlar sistemasining jismga ta’sirini yolg‘iz bir kuch bersa

2.Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasining ko‘rsatadigan ta’sirlarini boshqa kuchlar sistemasi bersa

3.Jismlarning shaklini va kinematik holatini o‘zgarishi

4.Tinch turgan jism unga qo‘yilgan kuchlar sistemasi ta’sirida ham tinch holatda qolsa


6-savol.

Mexanik harakat deb nimaga aytiladi

1.Vaqt o‘tishi bilan moddiy jismlarning bir-birlariga nisbatan fazoda ko‘chishi

2.Moddiy jismlarning muvozanatini o‘zgarishi

3.Moddiy jismlarning kuch ta’siridagi harakati

4.Harakatni vujudga keltiruvchi kuch ta’siri


7-savol.

Ekvivalent kuchlar sistemasi deb nimaga aytiladi?

1. Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan ikki kuch.

2. Jismga qo‘yilgan biror kuchlar sistemasi ta’sirini boshqa kuchlar sistemasi bera olsa

3.Qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch

4.Tinch turgan jismga boshqa kuchlar sistemasi qo‘yilishi


8-savol.

Bir nuqtada kesuvchi kuchlar sistemasining muvozanati sharti nima?

1. Kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi noldan farqliligi.

2.Kuchlarning miqdorlari bir biriga teng bo‘lib, qarama-qarshi yo‘nalganligi

3. Kuchlar sistemasiga qurilgan kuch ko‘p burchagining yopiqligi

4.Kuchlarning biror o‘qdagi proeksiyasi ga teng bo‘lishi


9-savol.

Kuchning o‘qdagi proeksiyasi qanday ta’riflanadi?

1.Kuchning o‘qdagi proeksiyasi skalyar miqdor bo‘lib, kuchning moduli hamda kuchning shu o‘q musbat yo‘nalishi bilan tashkil qilgan burchagi kosinusining ko‘paytmasiga teng

2.Kuchning o‘qdagi proeksiyasi skalyar miqdor bo‘lib, kuch moduli hamda kuchning shu o‘q manfiy yo‘nalishi bilan tashkil qilgan burchagi kosinusining ko‘paytmasiga teng

3.Kuchning o‘qdagi proeksiyasi skalyar miqdori bo‘ylab, kuch moduli hamda kuchning shu o‘q musbat yo‘nalishi bilan tashkil qilgan burchagi sinusining ko‘paytmasiga teng

4.Kuchning o‘qdagi proeksiyasi skalyar miqdor bo‘lib, kuchning shu o‘q musbat yo‘nalishi bilan tashkil qilgan burchagi kosinusining ko‘paytmasiga


10-savol.

Uch kuch haqidagi teorema

1. Bir tekislikda yotuvchi va o‘zaro parallel bo‘lmagan uch kuch muvozanatlashsa, ularning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishmaydi.

2.Bir tekislikda yotmagan va o‘zaro parallel bo‘lmagan uch kuch muvozanatlashsa, ularning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishmaydi

3.Bir tekislikda yotmagan va o‘zaro parallel bo‘lmagan uch kuch muvozanatlashsa, ularning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi

4. Bir tekislikda yotuvchi va o‘zaro parallel bo‘lmagan uch kuch muvozanatlashsa, ularning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi


Qurilish mexanikasi (Nazariy mexanika) fanidan yakuniy nazorat savollari

2 - variant.



1-savol.

Qanday kuchlar juft kuchlar deyiladi?

1.Miqdorlari teng, ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel va qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch

2.Miqdorlari teng, ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan va parallel ikki kuch

3.Ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotadigan, parallel va qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch

4.Ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel va bir tomonga yo‘nalgan ikki kuch


2-savol.

Kuchning ta’sir chizig‘i nima?

1. Kuchning miqdori.

2.Kuchning moduli va yo‘nalishi

3.Kuch yo‘nalishiga tik chiziq

4. Kuch vektori yotgan chiziq


3-savol.

Kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektori

1.Moment markaziga qo‘yilgan bo‘lib, bu markaz va kuchning ta’sir chizig‘i orqali o‘tgan tekislikka perpendikulyar yo‘naladi va uning uchidan qaraganda kuch jismni soat strelkasining aylanishiga teskari yo‘nalishida aylantirishga intiladi

2.Moment markaziga qo‘yilgan bo‘lib, bu markaz va kuchning ta’sir chizig‘i orqali o‘tgan tekislikka perpendikulyar yo‘naladi

3.Kuch vektori yotgan chiziq, miqdorlari teng, ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel va qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch

4.Kuchning o‘qdagi proeksiyasi skalyar miqdor bo‘lib, kuchning shu o‘q musbat yo‘nalishi bilan tashkil qilgan burchagi kosinusining ko‘paytmasiga teng


4-savol.

Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining geometrik muvozanat shartlarini ko‘rsating

1.

2.

3.

4.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling