4.2. Ohakdagi faol kalsiy va magniy oksidlari miqdorini aniqlash
Ohakning sifatini aniqlashda undagi MgO va CaO miqdorni topish juda zarur. Agar ohak
so’ngan kukun holatda bo’lsa, uning namligi ham topilishi kerak. Ushbu faol yigindida MgO
0,5% gacha bo’lsa, CaO quyidagicha topiladi. Ohakni suv bilan qorishtirganda CaO bilan MgO
eriydi va Ca(OH)
2
va Mg(OH)
2
gidratlar hosil bo’ladi.
CaO + H
2
O = Ca(OH)
2
MgO + H
2
O = Mg(OH)
2
Asbob-uskunalar: sopol xovoncha, analitik tarozi, tarozi toshlari, kolbalar, shisha idishlar,
bir norma (1 n) eritmali HCl va fenoftalein eritmasi, sinash uchun ohak namuna.
Tajriba tartibi. Sinash uchun tayyorlangan namunadan 4-5 g olib sopol xovonchada 5
minut eziladi va uni 250 ml hajmdagi konussimon shisha kolbaga solib, ustidan 150ml
distillangan suv quyiladi. Kolbadagi ohak zarrachalarining joylashishini oshirish maqsadida,
unga 15-20 dona shisha parchalari solinadi va 5 min isitiladi. Kolbadagi suyuqlik sovigach, unga
1% li fenoftaleinning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi va suyuqlik tiniq bo’lgunicha
1n li sulfat kislotasi bilan titrlab chayqatib turiladi. Agar 5 minut chayqatgandan keyin suyuqlik
rangli bo’lib qolsa, titrlashni to’xtatish kerak. Titrlashda kislotani asta-sekin tomizish kerak.
Tosh yoki kukun holidagi so’nmagan ohak tarkibidagi faol oksidlar (CaO+MgO) mikdori
foiz hisobida quyidagi formuladan topiladi:
CaO+ MgO = (V∙2,804 K / m)∙100%
So’ngan gidratli kukun ohaklar uchun CaO+ MgO = (V∙2,804∙K/ (m∙(100∙W)))∙100%
Bunda: V - titrlash uchun ketgan 1n li sulfat kislotasi, ml;
K - 1n sulfat kislotasi bilan titrlash uchun tuzatish koeffisienti 2,804 - 1 ml; m - sinash
uchun olingan ohak (namuna)ning og’irligi, g;
W - so’ngan gidratli ohak kukunining namligi, %.
Do'stlaringiz bilan baham: |