Qurilish ohagining xossalarini aniqlash
Ohakdagi so’nmagan zarrachalar miqdorini aniqlash
Download 343.76 Kb. Pdf ko'rish
|
4-laboratoriya ishi. Qurilish ohagining xossalarini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob-uskunalar
4.3. Ohakdagi so’nmagan zarrachalar miqdorini aniqlash
Tosh yoki kukun holidagi ohakni so’ndirganda uning bir qismi so’nmaydi yoki juda sekin so’nadi. Qurilishga keltirilgan ohakdagi so’nmaydigan zarrachalar miqdori darhol aniqlanishi lozim. Agap 1-navli ohakda so’nmaydigan zarrachalar miqdor 10% dan, 2-navli ohakda esa 20% dan ko’p bo’lsa, bunday ohak yaroqsiz hisoblanadi. Asbob-uskunalar: yumaloq idish, 063-nomerli elak, texnik tarozi, tarozi toshlari, termometrli quritish shkafi, shisha idish, sinash uchun so’nmagan yoki 24 soat oldin so’ndirilgan ohak bo’tqa. Tajriba tartibi. Texnik tarozida so’nmagan ohakdan 1 kg (quruq holatda hisoblaganda) tortib, ohak bo’tqasi tayyorlanadi va 24 soatdan keyin suv qo’shib ayron holiga keltiriladi. Bu ohak 063-nomerli elak va elakda qolgan so’nmagan zarrachalar toza bo’lgunga qadar yuviladi. Elakda qolgan qoldiq elak bilan birga 105-110 0 C haroratda turg’un massagacha quritiladi va texnik tarozida tortiladi. Umumiy massadan elak massasini ayirib, so’nmagan zarrachalar massasi topiladi. Sinash uchun olingan 1 kg quruq ohakka nisbatan % hisobida so’nmagan zarrachalar miqdori aniqlanadi. Natijalar 4.2-jadvalga yozib boriladi. 3 Ashyoning nomi _______ 4.2-jadval Namuna nomeri Sinalayotgan ohakning namligi, % 1 kg so’nmagan ohakdan chiqqan ohak bo’tqasining massasi, kg Elakning massasi, g Elakning qoldiq bilan birgalikdagi massasi, g Qoldiqning massasi g % 1 2 3 Xulosa. UzRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin). 4.4. Ohakning so’nish tezligini aniqlash Ohakning so’nish davrida quyidagi reaksiya ro’y beradi: CaO + H 2 O = Ca(OH) 2 + 950 kj/kg Bir kg ohakning so’nishi natijasida 950 kj/kg issiqlik miqdori ajraladi. So’nish reaksiyasi tamom bo’lgandan so’ng ohak bo’tqasining harorati pasayadi. Download 343.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling