Qurilish ohagining xossalarini aniqlash
Download 343.76 Kb. Pdf ko'rish
|
4-laboratoriya ishi. Qurilish ohagining xossalarini aniqlash
Asbob-uskunalar: so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob, 150°C gacha bo’lgan
termometr, sekundomer, texnik tarozi va tarozi toshlari, millimetrli qog’oz va sinash uchun ohak namunasi. Tajriba tartibi. Ohakning so’nish tezligi stakan idishda (4.2-rasm) aniqlanadi. Oldindan tayyorlangan ohak namunasidan 10 g tortib olinadi va ohak kukuni idishga solinadi, so’ng unga 20 ml isitilgan (20°C) suv quyiladi va shu vaqt sekundomer bilan aniqlab olinadi, keyin idishning og’zi termometrli qopqoq bilan yopiladi. 4.2-rasm. Ohakning so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob: 1-termometr, 2-qopqoq, 3-ichki shisha idish, 4-tashqi shisha idish, 5-issiqlik izolyasiyasi qatlami, 6-namuna. Ohakka suv quyilgandan boshlab, har 30 sek da haroratning ko’tarilishi yozib boriladi. Ushbu kuzatish harorat pasayguncha davom ettiriladi. Idishdagi ohak suv bilan qorishtirilgandan keyin qorishmaning yuqori haroratga ko’tarilishi uchun ketgan vaqt (sek) ohakning so’nish tezligini bildiradi. Olingan natijalar 4.3-jadvalga yozib boriladi va shu asosda millimetrli qog’ozga vaqt bilan so’nayotgan ohak haroratining ko’tarilishi o’rtasidagi bog’lanish grafik shaklida ko’rsatiladi. 4 Ashyoning nomi _________ 4.3-jadval Sinash uchun olingan kukunning og’irligi, g Suv miqdori, ml Sinashning boshlanishi (ohakka suv quyilgan payti), soat Haroratning ko’tarilishi, 0 C Ohakning so’nish tezligi, min Izoh (ohak sutining zichligi) 1 2 3 4 5 6 Xulosa. O’zRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin). Nazorat uchun savollar 1. Qurilish ohagi qalay olinadi? 2. Ohakning maydalik darajasi qanday aniqlanadi? 3. Turg’un massagacha quritish necha 0 C haroratda amalga oshiriladi? 4. Ohakning so’nish tezligini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 5. Ohakning so’nish davrida qanday reaksiya ro’y beradi? Download 343.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling