Qurilish qorishmalari texnologiyasi
Download 0.81 Mb.
|
kamoliddin112-21 Qurilish qorishmalari texnologiyasi
Qurilish qorishmalari.
Bogʻlovchi aralashmalar (sement, alebastr va boshqalar) ga suv, mayda toʻldirgichlar (shagʻal, chaqiq tosh, toshqol va boshqalar) qoʻshib tayyorlanadigan qurilish materiallari. Bir xil bogʻlovchi ishlatilgan Qurilish qorishmalari oddiy, 2—3 xil bogʻlovchi aralashma (sement, ohak va boshqalar) ishlatilgani murakkab Qurilish qorishmalari deyiladi. Toʻldirgichlarning hajmiy ogʻirligiga qarab, yengil va ogʻir turlarga boʻlinadi. Yengil Qurilish qorishmalari uchun yengil gʻovakli materiallar (turli shlaklar, keramzit, ag-loporit va boshqalar) ishlatiladi. Ogʻir Qurilish qorishmalari uchun tabiiy va togʻ minerallarini maydalab olingan toʻldirgichlar ishlatiladi. Ogʻir Qq.ning hajmiy ogʻirligi 1500—-2500 kg/sm3(quruq holda), yengiliniki 1500 kg/m3dan kam. Qurilish qorishmalari devorbop (gʻisht va terilgan tosh, yirik panel, bloklar choklarini toʻldirishga moʻljallangan), par-dozbop (har xil suvoqlar uchun) va maxsus (gidroizolyatsiya, akustika, rent-gen nurlaridan himoya qilish uchun moʻljallangan) xillarga; siqilishga mustahkamligiga qarab, 4 dan 300 gacha 9 markaga boʻlinadi. Qurilish qorishmalarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash maq-sadida ularning tarkibiga 0,1—0,25% har xil qoʻshilmalar — kul, ohak, shlak, sovun, polimer smolalar va boshqa qoʻshiladi. Qurilish qorishmalari zavodlarda yoki qurilishning oʻzida qorgichlarda tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari qurilishga tayyor holda va ishlatishdan oldin suv qoʻshiladigan quruq aralashma holida maxsus avtomashinalarda yoki quvurlar orqali nasoslar yordamida keltiriladi. Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari asosida, engil qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va boshqa engil toshlarning qumi asosida tayyorlanadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, poydevor, yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan terish; g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar va boshqa konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling