Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari
Download 64.27 Kb.
|
Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari
QURILISH QORISHMALARINING ASOSIY XOSSALARI Reja: Umumiy ma’lumotlar. Qurilish qorishmalari uchun materiallar. Qurilish qorishmalarining xossalari. 1. Umumiy ma’lumotlar Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo‘lib, mineral bog‘lovchi modda, suv, mayda to‘ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi qo‘shimchalardan iborat aralashmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va uning turlari, havoyi va gidravlik ohak, qurilish gipsi va sh.k. ishlatiladi. Qorishma xossalarini yaxshilovchi komponent sifatida mineral aktiv kukunlar va polimer sirtaktiv moddalar ishlatiladi. Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir-necha ming yillarga tengdir. Xususan O‘zbekiston xududidagi arxitektura yodgorliklarini barpo etishda tarkibi aktiv mineral kukunlar va tabiiy organik moddalar bilan mukammallashtirilgan qurilish qorishmalari ishlatilgan. Bu bino va inshootlarning poydevor qismi qurilishida ishlatilgan suvga chidamli “qir” qorishmalari ohak bog‘lovchisiga o‘simliklar kuli va tabiiy yog‘liq komponentlarni qo‘shib tayyorlangani tarixiy manbalardan ma’lum. Qurilish qorishmalari bog‘lovchi moddaning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatilish sohasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi. Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, gipsli va aralash bog‘lovchili (sement-ohakli, sement-giltuproqli, ohakgipsli va .sh.k.) qorishmalarga bo‘linadi. Qorishma bitta bog‘lovchi asosida bo‘lsa oddiy, bir-necha bog‘lovchidan iborat bo‘lsa murakkab qorishma deb ataladi. O‘rtacha zichligiga ko‘ra qurilish qorishmalari og‘ir qorishmalarga (m>1500 kgm3) va engil qorishmalarga (m<1500 kgm3) bo‘linadi. Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari asosida, engil qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va boshqa engil toshlarning qumi asosida tayyorlanadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, poydevor, yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan terish; g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar va boshqa konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi. 1500> Download 64.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling