Debet 2311-2317 Kredit 1010-1090-material xarajatlariga;
Debet 2311 -2317 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga;
Debet 2311 -2317 Kredit 6520 - ijtimoiy sug‘urta xarajatlariga; Debet 2311 -2317 Kredit 6510 - sug‘urtalash xarajatlariga;
Debet 2311 -2317 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga; Debet 2311 -2317 Kredit 2510- umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga.
Har bir yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari schotining debetida to‘plangan xarajatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarida qabul qilingan tartiblarga ko‘ra dastlab asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari, ushbu tarmoqlar ichida alohida sohalar ichida esa mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Chunonchi:
*mashina-traktor parki xizmatlari dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari xarajatlari schotlarigabevositako‘rsatilgan xizmatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida olib boriladi, misol uchun yerni shudgorlash, ekish, yagonalash, hosilni o‘rib berish. yig‘ ish va tashish kabi xizmat haqlari bevosita dehqonchilik xarajatlariga olib boriladi; dehqonchilik xarajatlariga olib borilgan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari olingan mahsulotlar (paxta, bug‘doy, sabzavotlarva boshqalar) o‘rtasida ushbu mahsulotlargaajratilgan yer maydonlari hajmiga, ko‘rsatilgan xizmatlar soniga qarab taqsimlanadi.
*ta’mirlash ustaxonalari xarajatlari ularning qaysi tarmoqqa va sohaga tegishliligiga qarab taqsimlanadi.
*ko‘rsatilgan agrotexnik xizmatlar xarajatlari ham xuddi yuqoridagi tartibga o‘xshash tarzda tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |