18.7-jadval
ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlarni schotlarda aks ettirish
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet
schot
|
Kredit
schot
|
Asos boMuvchi hujjat
|
1.
|
Naqd pulga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmaDlardan olingan daromad summasiga
|
5000000
|
5010
|
9030
|
Kirim kassa orderi
|
2.
|
Naqd pulga bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larga to'g'ri keluvchi QOS summasiga
|
1000000
|
5010
|
6410
|
Kirim kassa orderi
|
3.
|
Naqdsiz pulga bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lardan olingan daromad summasiga
|
30000000
|
4010
|
9030
|
Schot-faktura
|
4
|
Naqdsiz pulga bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larga to'g'ri keluvchi QQS summasiga
|
6000000
|
4010
|
6410
|
Schot-faktura
|
5.
|
Yo'lovchi tashish avtotransporti haydovchisi tomonidan yo'I haqi evaziga sotib olingan yoqilg‘i&a
|
500000
|
1040
|
9030
|
NKM cheki. Kvitansiya
|
6.
|
Yo'lovchi tashish avtotransporti haydovchisi tomonidan yo‘l haqi evaziga qilingan ta'mirlash ishlariga
|
300000
|
2010
|
9030
|
Kvitansiya, dalolatnoma. rahbai buyrug i (qarori)
|
7.
|
ATV ish faoliyatidan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schotning yopilishiga
|
35800000
|
9030
|
9910
|
Buxgalteriya
hisob-kitobi
|
Respublikamizning 21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash
bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq avtotransport korxonalaridaATVlar ish faoliyatidan olgan daromadlari 9030 «Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan daromadlar» schotida hisobga olinadi. Chunonchi, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning to‘lov shakligako‘raolingan daromadlar ushbu schotda quyidagicha aks ettiriladi (18.7-jadval).
ATVlar ish faoliyatidan olingan daromadlarning tahliliy hisobi har bir avtomobil bo'yicha maxsus registr (mashinogramma)da yuritiladi.
Tayanch iboralar
Yo‘lovchi tashish avtotransporti - avtobuslar, mikroavtobuslar hamda taksi sifatida ishlatiladigan yengil avtomobillar.
Yuk tashish avtotransporti - bortli, furgonli, o‘zi tortgich (samosval), tortgichli avtomashinalar, shuningdek ularning tirkamalari va yarimtirkamalari..
Maxsus avtotransport - suv, sut, yoqilg‘i, non va boshqa turdagi yuklarni tashuvchi, shuningdek maxsus ishlarni, masalan qurilish moslamalari va konstruksiyalarini ko‘tarish, sindirish, yanchish mashinalari, yong‘ in o‘ chirish, axlat tashish, asfalt yo‘ llarni qor va muzlardan tozalash, supurish, suv sepish kabi ishlarni bajaruvchi avtomobillar.
«Avtotransport ish faoliyati hisobi kartochkasi» - bu ATVlar ish faoliyatini ifodalovchi soniy va sifat ko‘rsatkichlarni davrlar bo‘yicha aks ettirishga mo‘ljallangan hisob registri.
Tonna-kilometr (t/km) - transport tomonidan 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish bo‘yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli biriik.
Yuk aylanmasi (aylanmai) - transport tomonidan bajarilgan jami ishning tonna-kilometr (t/km)dagi hajmi.
Kishi-kilometr (k/km) - transport tomonidan 1 kishini 1 km masofaga tashish bo‘yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli biriik.
Yo‘Iovchi aylanmasi (aylanmai) - transport tomonidan bajarilgan jami ishning kishi-kilometr (k/km)dagi hajmi.
1 tonna-kiloinetr (t/km) yuk aylanmasining tannarxi - yuk tashish avtomobil transportini ekspluatasiyasi uchun sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmi, ya’ni yuk aylanmasi (t/km) miqdoriga nisbati.
1 kishi-kilomctr (k/km) yo‘lovchi aylanmasining tannarxi -
yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportini ekspkiatasiyasi uchiin sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmiga, ya’ni yo‘lovchi aylanmasi (к/ km) miqdoriga nisbati.
Avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti - ma’lum davrdajami texnik soz hamda yuk tashish (yo‘lovchi tashish) uchun yaroqli bo‘lgan avtomobillar sonini ularning shu davrdajami ro‘yxatdagi sonidagi hissasini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyenti - ma’lum davrdajami ishga chiqqan avtomobillar sonini shu davrdaxo‘jalikda mavjud bo’lgan jami avtomobillar sonidagi hissasini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Ishdagi avtomobil-kunlar soni - ma’lum davrdagi jami avtomobil- kunlar sonini shu davrdagi avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Ishda bo‘lmagan avtomobil-kunlar soni - ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonidanjami ishdagi avtomobil-kunlar sonini ayirish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Naryaddagi avtomobil-soatlar soni - ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonini avtomobillarning naryadda bo’lgan o‘rtacha sutkalik soatlari soniga ko'paytirish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Avtomobillar ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti — avtomobillarning harakatdagi vaqtini naryadda bo’lgan vaqtiga bolish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Bosib o‘tilgan masofaning foydalilik koeffitsiyenti - avtomobillarning ma’lum davrda yuk bilan bosib o‘tgan masofasini jami yuk bilan vayuksiz bosib o‘tgan masofasiga bolish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Yuk ko‘tarish imkoniyatidan foydalanish koeffitsiyenti —
avtomobillar tomonidan ma’lum davrda haqiqatda tashilgan yuk hajmini ularning shu davrga to‘g‘ri keladiganjami yuk tashish imkoniyatiga bolish orqali topiladigan ko‘rsatkich.
Yo‘l varaqasi - avtotransport vositasi ish faoliyatini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi huquqiy hujjat.
Tovar-transport nakladnoyi (TTN) - yuk tashish jarayoni qatnashchilari uchun yagona shaklda tasdiqlangan hamda tovar-moddiy boyliklarning bir joydan boshqajoyga avtotransport vositalari yordamida
ko‘chishidagi harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan boshlang‘ich hujjat.
Avtotransport vositalari ish faoliyatidan olingan daromadlar -
boshqa yuridik shaxslar (buyurtmachilarga) tuzilgan shartnomalar asosida, shuningdek jismoniy shaxslarga naqd pulga yuk tashish hamda yoiovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan sof tushum.
Do'stlaringiz bilan baham: |