Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.4-jadval ATVlarning sotilishini schotlarda aks ettirish
- 18.5-jadval ATVlarning bepul berilishini schotlarda aks ettirish
18.3-jadval
ATVlarning tugatilishini schotlarda aks ettirish
18.4-jadval ATVlarning sotilishini schotlarda aks ettirish
Respublikamizning Soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq umumsoliqlarni to’lovchi avtotransport korxonalari ATVlarni qoldiq qiymati va qoldiq qiymatidan past narxlarda sotganlarida QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Shuningdek, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi avtotransport korxonalari ATVlarni sotganda QQS to‘ lamaydi. ATVlarni boshqa yuridik va j ismoniy shaxslarga bepul berilishi faqat tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi hamda qabul qilish- topshirish dalolatnomalari va schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. ATVlarni bepul berilishi va uning natijalarini schotlarda aks ettirish ATVlarni sotish bo‘yicha yuqorida keltirilgan tartibga to‘liq o‘xshaydi. Faqat, bepul berishdan ko‘rilgan zarar summasini hisobdan chiqarish ATVlarni bepul berishda kelishilgan narxga, avtotransport korxonasining QQS to‘lovchi yoki to‘lovchi emasligiga, shuningdek qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitalining summasiga bevosita bogliq. Ushbu xususiyatni quyidagi misol asosida ko‘rib chiqamiz. Misol. Aytaylik, avtotransport korxonasi boshlang'ich qiymati 5000000 so ‘m, jamlangan eskirishi 4000000 so ‘m bo 'Igan avtomobilni 2000000 so ‘m miqdorida hadya shartnomasi asosida nogironlar uyiga berdi. Avtomobilni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali 500000 so ‘m. Avtoxo‘jalik QQS to ‘lovchi hisoblanadi. 18.5-jadval ATVlarning bepul berilishini schotlarda aks ettirish
Avtomobilni bepul berish va undan ko‘rilgan zarar yuqoridagi ma’lumotlargako‘ra hisobda quyidagicha aks ettirilishi lozim (18.5-jadval). Agar, avtotransport korxonasi yuqoridagi misolda keltirilgan avtomobilni qoldiq qiymati bo'yicha hadya qilganda edi, u holda ushbu operatsiya bo‘yicha QQS to‘lanmaydi. Korxonaning bepul berishdan ko‘rilgan zarari qayta baholash summasiga kamaytirilgandan so‘ng 500000 so‘mni (1000000- 500000) tashkil etadi. Respublikamizning Soliq qonunchiligi hujjatlarigako‘ra, yagona soliq to‘lovchi avtotransport korxonalarining ATVlari qoldiq qiymati bo‘yicha bepul berilganda ularga soliq yuki faqatgina qayta baholash summasining qoldiq qiymatdan ortiq bo‘lgan qismigagina tushadi. Masalan, qoldiq qiymati 1000000 so‘m bo‘lgan ATV shu qiymatda bepul berilgan holda, uning qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali 1500000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, u holdao‘rtadagi 500000 so‘mlik farq summasi avtotransport korxonasida yagona soliq to‘lovi bazasiga kiritiladi. Avtotransport korxonalari o‘zATVlarini boshqa yuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida ham kiritishlari mumkin. Bunday operatsiyalarni amalga oshirishga tuzilgan shartnomalar asos bo‘ ladi. ATVlarni ta’sis badali sifatida berilishi qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, schot-fakturalar hamda buxgalteriyaning tegishli ma’lumotnomalari asosida hisobga olinadi. Ushbu mazmundagi operatsiyalarni hisobga olishdarespublikamizda belgilangan quyidagi tartiblargaamal qilinishi lozim: birinchidan, ta’sis badali sifatida berilgan ATVlar ularning boshlang‘ich qiymatida, shuningdek ular bo‘yicha jamlangan eskirish summasi korxonaning balansidan yuqorida keltirilgan yozuvlar asosida chiqariladi. ikkinchidan, ta’sis badali sifatida kiritilgan ATVlar avtotransport korxonalarida moliyaviy investisiyalar sifatida tan olinadi vamos ravishda 0600 «Uzoq muddatli investisiyalar» schotida aks ettiriladi. uchinchidan, ATVlarni ta’sis badali sifatida kiritish, ularning kelishuv qiymatidan qat’i nazar, QQSgatortilmaydi. to‘rtinchidan, ATVlarni ta’sis badali sifatida kiritishdan olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar mos ravishda 9310 «Asosiy vositalar chiqimidan foyda» va 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotida aks ettiriladi. Avtotransport korxonalari ATVlarni joriy va uzoq muddatli ijaraga berishlari ham mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobi respublikamizning 6289 sonBHMS«Ijarahisobi»gamuvofiqolibborilishi lozim. Chunonchi,ATVlarni joriy (1 yil muddatgacha) ijaraga berishdaularavtotransportkorxonalarining balansidan chiqarilmaydi. Avtotransport korxonasining hisob siyosatiga ko‘ra bunday ATVlar hisobi ishchi schotlar rejasida nazarda tutilgan alohida schotda, masalan 0161 «Joriy ijaraga berilgan transport vositalari» schotida hisobga olinishi mumkin. Bu holda ATVlarni joriy ijaraga berilishi ushbu schotning debetida, ularning qaytarilishi esa uning kreditida aks ettiriladi. ATVlarni uzoq muddatli (1 yildan ko‘p muddatga) ijaraga berish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi (18.6-jadval). Avtotransport korxonalarida ATVlar boshqa asosiy vositalar singari ikki yilda kamida bir marotaba inventarizatsiya qilinishi lozim. ATVlar inventarizatsiyasi, uning natijalarini hujjatli rasmiylashtirish hamda hisobga olish respublikamizning 19-son BHMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish»ga muvofiq amalga osliiriladi. Hisobdan chiqarilgan, biroq inventarizatsiya paytida ekspluatasiya qilinayotganligi aniqlangan ATVlar avtotransport korxonasi balansiga qayta kirim qilinadi va unga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling