Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


bob. AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATINING HISOBI


Download 1.4 Mb.
bet172/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

bob. AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATINING HISOBI

  1. Avtotransport vositalarining tasnifi, tavsifi va baholanishi

Avtotransport korxonalari moddiy-texnika bazasida avtotransport vositalari (ATV) bosh rolni o‘ynaydi. Ularsiz avtotransport korxonalari o‘zlarining yuk tashish, yo‘ lovchi tashish hamda boshqa ish (xizmat)lardan iborat bo‘ Igan asosiy faoliyatini yurita olmaydilar. Shu bois ham avtotransport korxonalarida ATVlarningyetarli miqdordamavjudligi, ularning butligi, ishga yaroqligi, yangilanib turishi, shuningdek har bir avtomobil ish faoliyati qat’i hisobini yuritish o‘tamuhim ahamiyat kasb etadi.
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlarni buxgalteriya hisobi obyekti sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra avtotransport korxonalari ATVlari yo‘ lovchi tashish, yuk tashish va maxsus ishlarga mo‘ lj allangan bo‘ ladi.
Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATVlarga avtobuslar, mikroavtobuslar hamda taksi sifatida ishlatiladigan yengil avtomobillar kiradi.
Yuk tashishga mo‘ljallangan ATVlarga bortli, furgonli, o‘zi to‘kgich (samosval), tortgichli avtomashinalar, shuningdek ularning tirkamalari va yarimtirikamalari misol bo‘ladi.
Maxsus ish (xizmat)larni bajarishga mo‘ljallangan ATVlarga suv, sut, yoqilg4 i, non va boshqa turdagi yuklarni tashuvchi, shuningdek maxsus ishlarni, masalan qurilish moslamalari va konstruksiyalarini ko‘tarish, sindirish, yanchish mashinalari, yong‘in o‘chirish, axlat tashish, asfalt yo‘llarni qor va muzlardan tozalash, supirish, suv sepish kabi ishlarni bajaruvchi avtomobillar kiradi. Barcha turdagi ushbu ATV ishlab chiqilgan joyi, nomi, markasi, iste’mol qiladigan yoqilg1 i turiga ko‘ra bir biridan farqlanadi.
Ishlab chiqilgan joyiga ko‘ra ATV xorijiy mamlakatlardahamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga bo‘linadi. Chunonchi, respublikamiz avtotransport korxonalarida Rossiya, Belorussiya, Germaniya, Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida, shuningdek respublikamizning o‘zida ishlab chiqilgan 100 dan ortiq nomdagi va turli markalardagi ATVlar ishlatilmoqda.
Iste’mol qiladiganyoqilgU turiga ko‘ra ATVlar benzin (B), dizel yoqilg4 isi (D), shuningdek suyultirilgan gaz (SG) hamda siqilgan tabiiy gaz (TG)da ishlaydigan avtomibillarga bo‘linadi.
Nomi bir xil, lekin markasi turlicha bo‘lgan ATYlar ularga sarflanadigan yoqilg‘ining asosiy me’yorlari bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi (18.1- jadvalgaqarang).
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlar uzunligi, dvigatelining ish hajmi, og‘irligi bo‘yicha ham turlicha boiadi. Masalan, avtobuslar uzunligi bo‘yicha mini (5,5 metrgacha), kichik (6,0 metrdan 7,5 metrgacha), o‘rta (8,5 metrdan 10 metrgacha), katta (11 metrdan 12 metrgacha) hamda superkatta (16,5 metrdan 24 metrgacha) avtobuslarga boiinadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling