Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy ta’mirlanish ishlari
- 0‘rta ta’mirlanish ishlari
ATVlar modernizatsiyasi deganda, odatda, ularning texnik- ekspluatasion xususiyatlari (quvvati, foydali xizmat muddati va boshqa jihatlari)ni yaxshilashga, qoMlash sohasini o‘zgarishigaolib keladigan ishlar tushuniladi. Modernizatsiya ishlariga, chunonchi, ATV ning eski dvigatelining quvvati katta bo‘lgan boshqa dvigatelga almashtirish, uning bortini uzaytirish yoki qayta jihozlash, qo‘shimcharessorlarqo‘yish kabi ishlar misol boMadi. Ushbu maqsadlardagi xarajatlar A'rVlarboshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladi.
ATVlar shinalari va boshqa ehtiyot qismlarini almashtirish, eski motor o‘miga aynan shu quvvatdagi yangi motomi qo‘yish kabi ishlarga ketgan sarf-xarajatlar kapital investisiya sifatida tan olinmaydi, ular ATVlarning ta’mirlash xarajatlari sifatida hisobdan chiqariladi. ATVlarni ta’mirlash uchtatuiga, ya’nijoriy, o‘rtavakapitalta’miriash^bo‘linadi. Joriy ta’mirlanish ishlari profilaktik nuqtai nazaridan doimiy tarzda o‘tkaziladi. Joriy ta’mirlashlar, odatda, har chorakda, shuningdek nosozlik holatlari yuz bergan paytlarda o‘tkaziladi. 0‘rta ta’mirlanish ishlari yiligakamidabirmarotabao‘tkaziladi. Uningjoriy ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATV ning ayrim qismlari vaagregatlari almashtiriladi. Kapital ta’mirlash ishlari avtotransport korxonalarining biznes rejalarigamuvofiq turli muddatlardaamalga oshiriladi. Chunonchi, ATVlar texnik holati va ekspluatasiya qilish intensivligiga qarab bir necha yillar ichida bir marta ta’mirlanishi mumkin. Kapital ta’mirlashning joriy va o‘rta ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATVning motori, borti va boshqa qismlari to‘liqyechib olinadi vaqaytadan taxlanadi, shuningdek yaroqsiz holga kelgan agregatlar to‘liq almashtiriladi. Avtotransport korxonalari balansidaATVlar qoldiq qiymatida aks ettiriladi. ATVlarning qoldiq qiymati deganda ularning boshlang‘ich (tiklangan) qiymati vajamlangan eskirishi summalari o‘rtasidagi farq tushuniladi. Avtotransport vositalari holati va harakatining hisobi Avtotransport korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik hisobi bosh kitobda ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schotida yuritiladi. ATVlar holati va harakatining tahliliy hisobi ularning har biriga ochilgan hisob kartochkalarida yoki «Asosiy vositalar hisob-kitobi»da olib boriladi. Hisob kartochkalari avtotransport korxonasida har bir ATV ga davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. Ushbu kartochkada ATV ning barcha texnik ma’lumotlari, uning sotib olinishi (bepul olinishi)ni tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, qoldiq qiymati hisobot davrlari bo‘yicha aks ettiriladi. Hisob kartochkasi ATVning korxonada foydali xizmat muddatida to‘liq saqlanadi. Korxona balansidan chiqarilgan sanaga ATVga ochilgan hisob kartochkasi yopiladi. Avtotransport korxonalarida ATVlar asosan sotib olish, bepul olish, ta’sischilar badali sifatida kiritish evaziga ko‘payadi. ATVlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (18.2-jadval). ATVlarni boshqa yuridik va j ismoniy shaxslardan bepul olinishi tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra va schot-fakturalar asosida avtotransport korxonasi balansiga kirim qilinadi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyaga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit 8530 «Bepul olingan mulk». Avtotransport korxonalarida, chunonchi, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda, xususiy korxonalarda ATVlar ta’sischilar tomonidan ularning badallari evazi hisobidan ham shakllantirilishi mumkin. Ta’sischilar tomonidan korxona balansiga kiritilgan ATV qiymatiga ta’sis shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasi, schot-fakturalar asosida quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzi». Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling