Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
18.1-jadval
Avtotransport vositalarining ayrim turlari bo‘yicha har 100 km masofaga sarflanadigan yoqi!g‘ining asosiy me’yorlari
Yengil avtomobillar dvigatellarining ishchi hajmiga ko‘ra juda kichik (1,1 litrgacha), kichik(1,1 litrdan 1,8 litrgacha), o‘rta(l,8 litrdan 3,5 litrgacha), katta (3,5 litrdan ortiq) turlarga bo‘linadi. Yuk tashish avtomobillari og‘irligiga (massasiga) ko‘ra quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi: -1 -guruh -1,2 tonnagacha; 2-guruh -1,2 tonnadan 2,0 tonnagacha; 3- guruh -2,0 tonnadan 8,0 tonnagacha; 4-guruh - 8,0 tonnadan 14,0 tonnagacha; 5-guruh -14 tonnadan 20,0 tonnagacha; 6-guruh - 20,0 tonnadan 40,0 tonnagacha; 7-guruh - 40,0 tonnadan yuqori. Xalqaro amaliyotda ATVlarning BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatori keng qo‘llaniladi. Ushbu klassifikatorda ATVlarni tasniflash uchun 6 xonali kodlar asos qilib olingan. Bu kodlarning alohida razryadlari quyidagilarni ifodalaydi: 1 -son ATV ning toifasi va sinfi; son ATVning tipi; va 4-sonlar ATVning modeli tartib raqami; son ATVning modifikasiyasi; son qaysi iqlimga moljallanganligi. Xalqaro klassifikatorga muvofiq yoiovchi tashishga moljallangan ATVlar 3 tatoifaga (Ml, М2, М3) bo‘linadi. Shundan, birinchi toifa (M1 )ga faqat yengil avtomobillar kiritiladi. Ikkinchi vauchinchi toifa (М2, M3)larga turli uzunlik va o‘rindiqlar soniga ega bo‘ Igan avtobuslar kiritiladi. М2 va М3 - toifalarga kiritilgan avtobuslar quyidagi sinflarga ajratiladi: 1 -sinf- shahar ichida harakatlanuvchi avtobuslar; sinf- shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar; sinf- turistlarni tashishga mo‘ljallangan avtobuslar. Shahar ichi va shaharlararo qatnovlarni bajaruvchi hamda 22 tadan kam bo‘lgan yo‘lovchilarni tashishga moljallangan avtobuslar A sinfga (turib va o‘tirib ketuvchi yo‘lovchilar uchun) hamda V sinfga (faqat o‘rindiqlarga o‘tirib ketuvchi passajirlar uchun) ajratiladi. Xalqaro klassifikatorga muvofiq yuk tashishga moljallangan ATVlar og‘irligiga (massasiga) ko‘ra 3 ta toifaga (№ 1, №2, №3) ajratiladi. Chunonchi, № 1 toifagaog‘irligi(massasi)3,5tonnagachabo’lganyuk tashuvchi va maxsus avtomobillar, № 2 toifaga og‘irligi 3,5 tonnadan 12,0 tonnagacha bo’lgan yuk tashuvchi va maxsus avtomobillar, № 3 toifaga og‘ irligi (massasi) 12,0 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk tashuvchi va maxsus avtomobillar kiradi. . Avtomobillarningtirkamalari (yarimtirkamalari) og‘irligi (massasi)ga ko‘ra 4 ta toifaga ( 01, 02, 03, 04) bo‘linadi. Chunonchi, 01 toifaga og‘irligi (massasi) 0,75 tonnagacha bo‘ lgan tirkamalar, 02 toifaga og‘irligi 75 tonnadan 3,5 tonnagacha bo‘lgan tirkama va yarimtirkamalar, 03 toifaga og‘irligi 3,5 tonnadan 10,0 tonnagacha bo‘lgan tirkama va yarimtirkamalar, 04 toifaga esa og‘irligi (massasi) 10,0 tonnadan ortiq bo‘ lgan tirkama va yarimtirkamalar kiradi. ATVlarning nomlari, alohida belgilari, toifasi, sinfi, modelining tartib raqamlari, modifikasiya raqamlari ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qo‘yiladi. Masalan, Vengriyada ishlab chiqarilgan avtomobilga berilgan «Ikarus-260,01» belgilarda 2 raqami uning avtobus ekanligini, 60 avtobus modeli tartib raqamini, 01 - modifikasiya raqamini bildiradi. Hozirgi paytda barcha MDH mamlakatlarida, shu jumladan bizning respublikamizda ham, ATVlarni tasnillash va ularga beriladigan milliy davlat raqami belgilarini xalqaro taiablar va standartlargamuvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi «Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 131-son qaroriga asosan mamlakatimizda 2007-20lOyillar mobaynida barcha turdagi avtomototransport vositalariga yangi namunadagi davlat raqamlari belgilari beriladi. Yuridik shaxs maqomidagi avtotransport korxonalari ATVlariga davlat raqamlari belgilari tasdiqlangan I tip, XII tip, IA tip, IIIA tipdagi shakllarda ajratiladi. ATVlar avtotransport korxonalari balansiga ularning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. ATVlarning boshlang‘ich qiymati respublikamizning 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ATVning sotib olish qiymati (QQS bilan birga); ATVni tashib keltirish xarajatlari; ATV bo‘yicha bojxona to’lovlari (import qilingan ATVlarga tegishli); -ATVni korxonaga yetkazib kelishga safarbar qilingan xodimlarga to‘langan safar xarajatlari; brokerlik xizmati uchun toMovlar; ATV ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari (schot-ma’lumotnoma, texnik pasport, yoi fondiga sotib olish qiymatidan 6 foiz miqdoridagi to‘ lov); ATVni sotib olish va yetkazib kelish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar. ATVning boshlang‘ich qiymati avtotransport korxonasi buxgalteriyasi tomonidan yuqorida keltirilgan tartibda hisob-kitob qilinishi, ushbu hisob- kitob korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. ATVlarning boshlang‘ich qiymati ular foydalanishga qabul qilingandan keyingi davrda qayta baholanishi, shuningdek qilingan qo‘shimcha kapital investisiyalar evaziga ko‘payishi mumkin. ATVlarning ushbu sabablarga ko‘ra keyingi davrlarda vujudga kelgan yangi qiymati ularning tiklangan qiymati deb ataladi. Tiklangan qiymat vujudga kelgan vaqtdan boshlab, ATVlarning yangi boshlang‘ich qiymatini tashkil etadi. ATVlarga qilingan qo‘shimcha kapital investisiyalarga ularni modernizatsiya qilish, qayta jihozlash, tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishga ketgan sarf-xarajatlar kiradi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling