Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 0‘zR AV tomonidan 1998- yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474


Download 1.4 Mb.
bet183/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 0‘zR AV tomonidan 1998- yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.

  1. bob. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARINING HISOBI

    1. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini tashkil qilish asoslari

Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralariga quyidagilar kiradi:

  • yoqilg‘i - benzin, solyarka, suyultirilgan gaz, siqilgan tabiiy gaz;

  • yog‘lash materiallari - aftol, solidol, litol va boshqalar;

  • ehtiyot qismlar va agregatlar-dvigatel, akkumulyator, avtoshina, ressorlar, porshin, gilza va boshqalar;

  • xo‘jalik inventarlari - turli oichamli kalitlar, domkratlar, maxsus kiyim-kechaklar, xalatlar, poyafzal va boshqalar;

  • boshqa materiallar-temir-tersaklar, simlar, bo‘yoqlar, doka, bo‘z va boshqa xilma-xil materiallar.

Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtidayuritishning muhim shartlaridan biri bo‘ lib ombor xo‘jaligi, ustaxona (sex), garaj, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasi (AYOQSH) va boshqa yordamchi bo‘linmalar ishini rasional tashkil qilish hisoblanadi.
Avtotransport korxonalarining ombor xo‘jaligi deganda ehtiyot qismlar va agregatlar, xo‘jalik inventarlari hamda boshqa materiallarning saqlash joylari tushuniladi.
Ustaxona (sex)lar-ATVlarni ta’mirlash, ularga turli agregatlarni yasash va o’rnatishga ixtisoslashgan yordamchi bo‘limlar.
Garaj -ATVlarning turishi va saqlanishi uchun mo‘ljallangan joy yoki quri lmalar. Avtotransport korxonada garaj lar ochiq, yarim ochiq (ayvon) hamda yopiq ko‘rinishli bo‘lishi mumkin. Har bir garaj o‘zining tartib raqamiga ega bo‘ ladi, chunonchi, ularning peshtaxtasiga ATV ning davlat belgisi raqami yozib qo‘yiladi.
AYOQSH deganda avtotransport korxonasi maydonida alohida ajratilgan yer maydonida joylashgan hamda maxsus qurilmalar (yer osti va yer ustidagi sistemalar, yoqilg‘ i quyuvchi avtomatlar va boshqalar) bilan jihozlangan yordamchi xo‘jalik tushuniladi. Bu xo‘jalik belgilangan barcha tegishli xavfsizliklar, chunonchi. inson hayoti xavfsizligi, ATVlarning texnik xavfsizligi talablariga to‘liq javob berishi lozim. AY OQSHlarga o‘matilgan sistemalarvaboehkalarninghajmlari,ulargaketadiganyoqilg‘iningsig‘imlari individual tarzda maxsus shkala (jadval) bilan belgilanadi. Ushbu shkala (jadval) korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Sistemalar va bochkalarning sig‘imiga doir ma’lumotlar ularga ochilgan inventar kartochkalarda ko‘rsatiladi.
Avtotransport korxonalari rahbarlari ishlab chiqarish zaxiralari saqlanadigan va ishlatiladigan barcha xo‘jaliklar bo‘yicha qat’i moddiy javobgarlikni o’rnatishlari, chunonchi, ombor mudirlari, ustaxona (sex) boshliqlari, AYOQSH mudiri va boshqalar bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzishi lozim.
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining soniy va summaviy hisobi yuritiladi. Chunonchi, ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylarida (ombor, ustaxona, sex, AY OQSH) ularning soniy hisobi olib boriladi. Buning uchun turli hisob registrlari (kartochkalar, jumaiiar, qaydnomalar)ning namunaviy shakllaridan foydalaniladi.
Avtotransport korxonalarining buxgalteriyasi barcha ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik va tahliliy hisobini yuritadi.
Respublikamizning 21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda olib boriladi. Bunday schotlar, chunonchi, 1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar», 1030 «Yoqilg‘i», 1040 «Ehtiyot qismlar», 1080 «Inventar va xo‘jalik buyumlari» 1090 «Boshqa materiallar» schotlari hisoblanadi. Ushbu doimiy aktiv schotlarning debetida tegishli nomdagi ishlab chiqarish zaxiralarining davr boshi va oxiridagi qoldig‘i hamda ularning turli manbalardan kelib tushishi evaziga ko‘payishi aks ettiriladi. Bu schotlarning kreditida ishlab chiqarish zaxiralarining ishlatilishi va boshqa chiqimlari ko‘rsatiladi.
Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq avtotransport korxonalarining barcha turdagi ishlab chiqarish zaxiralari yuqorida nomlari keltirilgan schotlarda ularning tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Ushbu BHMSga asosan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olish va tashib keltirishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlarni oladi.
Sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan QQS summasini ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxiga kiritilishi yoki kiritilmasligi avtotransport korxonalari ishlayotgan soliq rejimiga bogliq. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini to‘lovchi avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan QQS summasi ularning tannarxiga kiritilmaydi, balki budjet bilan hisob-kitoblarda kamaytirishga olib boriladi. Bundan faqatgina shahar yo‘lovchi transporti xizmatlariga sarflangan ishlab chiqarish zaxiralarigato‘g‘ri keluvchi QQS summasi istisnodir. Bu turdagi avtotransport xizmatlariga sarflangan yoqilg‘ i moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa materiallarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi budjet bilan hisob-kitoblarda kamaytirishga olib borilmaydi, aksincha ularga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi ishlab chiqarish zaxiralari tannarxiga hamda mos ravishda ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladi.
Yagona soliq to‘lovirejimida faoliyat yurituvchi avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan QQS summasi to‘lig‘icha ishlab chiqarish zaxiralari tannarxiga kiritiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari hisobini yuritishda ular qiymatini hisobdan chiqarishning tanlab olingan usuli muhim rol o‘ynaydi. Chunonchi, FIFO (birinchi tushum-birinchi chiqim) usulda ishlab chiqarish zaxiralari qanday qiymatda kirim bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha qiymatda kelib tushish ketma-ketligi bo‘yicha hisobdan chiqarib boriladi. Agar avtotransport korxonasida AVECO usuli tanlab olingan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish zaxiralarining hisobdan chiqarilishidadastlab ularning o‘rtachaqiymati (tannarxi) topib olinadi va o‘sha qiymat (tannarx) bo‘yicha ular hisobdan chiqariladi.
Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari ishlab chiqarish zaxiralarining hisobdan chiqarilishida LIFO usulini qo‘llash respublikamizning

  1. son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq ta’qiqlangan.

Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining tahliliy hisobi moddiy javobgar shaxslar, ushbu boyliklarning tasdiqlangan nomenklaturalari, ularning kirim qiymatlari (baholari) bo‘yicha yuritiladi.

    1. Avtomobil yoqilg‘ilarining hisobi

Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida yoqilg‘i

  • moylash materiallari alohida o‘rin tutadi. Chunonchi, ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar tannarxida yoqilg‘i va moylash materiallari xarajatlarining hissasi 45-55 foizni tashkil qiladi. Shu bois ham, avtotransport korxonalarida yoqilg‘i -moylash materiallarini tejab-tergab sarllash, ularning norasional chiqimlarigayo'l qo'ymaslik avtotransport xi/matlari tannarxini kamaytirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Avtotransport korxonalari hisob tizimi avtomobil yoqilg‘ilari va yog'lash materiallarini turgan joylari hamda turlari bo'yicha aks ettirish talablariga javob berishi lozim. Buning uchun buxgalteriya hisobi ishchi schotlar rejasida quyidagi maxsus schotlarni ochish maqsadga muvofiq:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling