20.4-jadval
Kamayib boruvchi qoldiq usulida avtotransport vositalariga hisoblanadigan amortizatsiya (eskirish) summasining hisobot
|
oylari bo‘yicha hisob-kito
|
)i
|
|
Ovbr
|
Amortizatsiya
lanadigan
qivmat
|
Oylik amortizatsiya mr’vori %
|
Oylik
amortizatsiya
summasi
|
Jamlangan
amortizatsiya
summasi
|
Qoldiq
qiymat
|
Oktabr
|
15000000
|
2.5
|
375000
|
375000
|
14625000
|
Noyabr
|
14625000
|
2.5
|
365625
|
740625
|
14259375
|
Dekabr
|
14259375
|
2.5
|
356484
|
1097109
|
13902891
|
Amortizatsiya (eskirish)ni kamayib boruvchi qoldiqdan hisoblash usulini tugatish qiymati ko‘zda tutilgan ATVlarga ham qoilash mumkin. Bunda, ko‘zda tutilgan tugatish qiymatiga amortizatsiya hisoblanmaydi. Ushbusumma ATV ning amortizatsiyalanadigan davr oxirida qoldiq qiymat sifatida qoladi.
AIVTarbotyiehaanxHtizatsiyasummasW ularning kamayibboruvchi qoldiq qiymatidan hisob-kitob qilish avtotransport korxonalarida dastlabki yillarda bajarilgan ish (ko‘rsafflganxizmat)lar tannarxini keskinoshishiga, keyingi yillarda esa uni kamayib borishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, avtotransport korxonalari oldiga dastlabki yillardaATVlardan makamum damjada samarali foydalanishni, ular yordamidako‘proq ish bajarish (xizmat ko‘rsatish)ni, mos ravishda ko‘proq daromad olishni ta’minlashdek muhim vazifalarni qo‘yadi.
ATVlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash barcha usullarda amortizatsiyalanadigan qiymat miqdoriga yetgan hisobot davrida to‘xtatiladi. Ushbu davrdan keyin ishga yaroqli ATVlar amortizatsiya hisoblanmasdan foydalaniladi.
Avtotransport korxonalarida yuk tashish yoki yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan ATVlarga hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasiga har oyda quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 0260 «Transport vositalarining eskirishi».
Yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishga doir amortizatsiya (eskirish) xarajatlari buxgalteriya hisobida mos ravishda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari.
Kredit 0260 «Transport vositalarining eskirishi».
Mos ravishda ushbu xarajatlarning bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilishigaquyidagi yozuv beriladi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».
Bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan amortizatsiya xarajatlarining tahliliy hisobi 13-jurnal-orderda, shuningdek asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga ochilgan inventar kartochkalarda yuritiladi.
Avtotransport korxonalarida boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va taqsimoti
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan boshqa ishlab chiqarish xarajatlari asosan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga avtotransport korxonalarida quyidagi bo'linmalarning xarajatlari kiritiladi:
ATVlaiga o'matiladigan turli detallar, konstruksiya va moslamalarini tayyorlash ustaxonalari;
ATVlar saqlanadigan garaj xo'jaligi;
ATVlarni yoqilg'i va moylash materiallari bilan ta’minlash bo'linmalari;
ATVlarni ta’mirlash bo'linmalari;
ATVlarni yuvish va profilaktika qilish bo'linmalari;
(Yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalari faoliyatiga doir xarajatlar
hisobi 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotida olib boriladi. Ushbu schotning debetida yordamchi ishlab chiqarishga ketgan material, ish haqi, ijtimoiy sug'urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-xarajatlar to'g'risidagi ma’lumotlar jamlanadi. Bunda mos ravishdagi xarajat moddalarini aks ettiruvchi schotlar (masalan, (1000,6710,6520,0200,
va boshqalar) kreditlanadi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotining kreditida yordamchi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi, ya’ni ushbu schotning yopilishi aks ettiriladi.
Avtotransport korxonalarida 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotining yopilishi quyidagi buxgalteriyayozuvlari bilan aks ettiriladi:
yordamchi ishlab chiqarishdan olingan turli detallar, kimstruksiyalar, moslamalar, xo jalikjihozlari qiymatiga:
Debet 1000 «Materiallar»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
Do'stlaringiz bilan baham: |