Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmiga mutanosib hisoblash usulida


Download 1.4 Mb.
bet207/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmiga mutanosib hisoblash usulida avtotransport vositalari amortizatsiyasi (eskirishi) ularning bir birlik ish faoliyatiga to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me'yorini haqiqatda bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar hajmiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi. Bunda bir birlik bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat) sifatida turli ko'rsatkichlar, chunonchi 1 km, 1 soat, 1 tonna, 1 t/km, 1 kishi/km kabi ko'rsatkichlar olinishi mumkin. Bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larning ushbu birliklariga to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yorlari quyidagicha topiladi:
-1 km bosilgan masofaga to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori ATV ning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davrida bosib o'tilishi oldindan belgilangan jami masofa uzunligiga bo'lish yo'li bilan topiladi;
-1 soatlik ish faoliyatiga to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori ATV ning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davrida ish vaqtining oldindan belgilangan jami soniga bo'lish yo'li bilan topiladi;
-1 tonna tashiladigan yuk hajmiga to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori ATVning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davrida tashiladigan yukning oldindan belgilanganjami hajmiga bo'lish yo'li bilan topiladi;
-1 t/km yuk aylanmasigato‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori ATVning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davrida yuk aylanmasining oldindan belgilanganjami miqdoriga bo‘lishyo‘li bilan topiladi;
-1 kishi/km yo'lovchi aylanmasigato‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori ATVning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davrida yo'lovchi aylanmasining oldindan belgilanganjami miqdoriga bo'lish yo'li bilan topiladi.
Ish faoliyati tashilgan yuk hajmiga qarab hisobga olinadigan avtotransport vositalari bo'yicha bajarilgan ish tannarxiga kiritiladigan amortizatsiya (eskirish) summasi hisobot davrida haqiqatda tashilgan yuk miqdorini 1 tonna tashiladigan yuk hajmiga to'g'ri keluvchi amortizatsiya (eskirish) me’yoriga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
Misol. Aytaylik, yuk tashishga mo ‘Ijallangan KamAz-55102 о ‘zi to'kgich (samosval)ning boshlang'ich qiymati 20000000 so‘m. Tugatish qiymati 1 -holatda 10foiz, ya ’ni 2000000 so ‘m belgilangan, 2-holatda esa и ко 'zda tutilmagan. Ushbu ATV yordamida uning foydali xizmat muddatida (8 yil) tashiladigan yuk hajmi 100000 tonna miqdorida belgilangan. Hisobot oyida ATVda tashilgan yuk miqdori yo 7 varaqalari va TTNlar bo ‘yicha 1000 tonna.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida KamAz-55102 o'zi tortgich (samosval) bo'yicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling