Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet208/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Birinchi holatda. (1) tashiladigan 1 tonna yukka to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori 180 so'm (18000000/100000); (2) hisobot davrida hisoblanadigan amortizatsiya summasi 180000 so'm (180*1000).
Ikkinchi holatda. (1) tashiladigan 1 tonna yukka to'g'ri keladigan amortizatsiya (eskirish) me’yori 200 so'm (20000000/100000); (2) hisobot davrida hisoblanadigan amortizatsiya summasi 200000 so'm (200*1000).
ATVlarga amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar hajmiga mutanosib hisoblash usuli yuqorida keltirilgan tartibga o'xshash tarzda boshqa oichov birliklarida ifodalangan ish (xizmat)larga hamqo'llaniladi. Chunonchi:

  • ish faoliyati bosib o'tilgan masofa uzunligi bilan o'lchanadigan ATVlar bo'yicha hisobot davrida tannarxga olib boriladigan amortizatsiya xarajatlari summasi yo'l varaqalari asosida topilgan jami bosib o'tilgan yo‘l uzunligini 1 km bosib o'tiladigan yoigato'g'ri keluvchi amortizatsiya me’yorigako‘paytirishyoii bilan topiladi;

  • ish faoliyati naryadda bo‘lgan vaqt bilan hisobga olinadigan ATVlar bo‘yicha hisobot davrida tannarxga olib boriladigan amortizatsiya xarajatlari summasi yo‘l varaqalari asosida topilgan jami naryadda bo'lgan vaqt miqdorini 1 soatlik ishga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirishyoii bilan topiladi;

  • ish faoliyati yuk aylanmasi (t/km) hajmi bilan hisobga olinadigan ATVlar bo‘yicha hisobot davrida tannarxga olib boriladigan amortizatsiya xarajatlari summasi yo‘l varaqalari hamda TTNlar asosida topilgan jami yuk aylanmasi miqdorini 1 t/km yuk aylanmasiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya me’yoriga ko'paytirish yo' li bilan topiladi;

  • ish faoliyati yoiovchi aylanmasi (kishi/km) bilan hisobga olinadigan ATVlar bo‘yicha hisobot davrida tannarxga olib boriladigan amortizatsiya xarajatlari summasi yo‘1 varaqalari hamda «ATV ish faoliyati hisobi kartochkasi» asosida topilganjami yoiovchi aylanmasi miqdorini 1 kishi/ km yoiovchi aylanmasiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yoii bilan topiladi.

Yuqorida keltirilgan tartibdan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish hajmiga mutanosib hisoblash usulida amortizatsiya xarajatlari faqat ATVlar yordamida ma’lum ish bajarilganda vujudga keladi hamda ular mos ravishda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladi. Ish bajarmagan ATVlar bo‘yicha ushbu usulga muvofiq amortizatsiya (eskirish) hisoblanmaydi. Bunday tartib bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxini, shuningdek mos ravishda moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini aniq hisob-kitob qilishga imkon beradi. Bundan tashqari amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli ATVlarni foydali xizmat muddati mobaynida doimiy holda ishchi holatda ushlab turishga, ularning texnik-ekspluatasion imkoniyatlaridan samarali foydalanishga undaydi.
ATVlarga amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmiga mutanosib hisoblash usuli ham ayrim kamchiliklardan holi emas. Chunonchi, ushbu usul bo‘yicha amortizatsiya (eskirish) hisoblashda ATVlarning zarurat yuzasidan joriy va kapital ta’mirlashda boiishi, shuningdek ularning vaqt o‘tishi bilan ma’naviyeskirishi e’tibordan chetda qoladi. Bundan tashqari, daromad (foyda) solig‘i to’lovchi avtotransport korxonalarida amortizatsiya (eskirish)ni bajarilgan ish (ko‘i'satilganxizmat)lai'hajmigamutanosib hisoblash tartibi respublikamizning Soliq kodeksida nazarda tutilgan me’yorlardan ortiq yoki kam hisoblangan eskirish summalarini ushbu soliq bazasiga qo‘shish yoki undan chegirishga doir qo'shimcha hisob-kitoblarni amalga oshirish talabini qo'yadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling