Amortizatsiya xarajatlarining hisobi
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga bevosita ularning yuritilishigaaloqador bo’lgan asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortiggtsiya (eskirish) summalari kiritiladi. Ushbu aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash respublikamizning 5-son BHMS «Asosiy vositalar» hamda 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»da nazarda tutilgan usullarga, ya’ni bir maromda hisoblash usuli, bajarilgan ish hajmigamutanosib hisoblash usuli, kumulyativ usul hamda kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash usuliga asosan amalga oshiriladi.
Quyida amortizatsiya (eskirish) hisoblash usullarini avtotransport korxonalarida qoilashdagi xususiyatlarni, ularning afzalliklari va kamchiliklarini avtotransport vositalari misolida ko‘rib chiqamiz.
Bir maromda amortizatsiya (eskirish) hisoblash usulini barcha turdagi avtotransport vositalariga qoilash mumkin. Bu usulda avtotransport vositalarining yillik amortizatsiya summasi ularning amortizatsiyalanadigan qiymatini belgilangan yillik amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish va 100 foizga boiisji, oylik amortizatsiya summasi esa yillik amortizatsiya summasini 12 ga boiish yoii bilan topiladi.
Misol. Aytaylik, M-24.9 «() ‘zotoyo'b avtobusining boshlang ‘ich qiymati J8000000 so'm. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz miqdorida belgilangan, 2-holatda esa ко'zda tutilmagan. Yillik amortizatsiya me 'yori - 15 foiz. (
Demak, ushbu avtobusning amortizatsiyalanadigan qiymati 1 -holatda 17100000 so‘mni (18000000-18000000*5%), 2-holatda esa 18000000 so'mni tashkil etadi. Yillik amortizatsiya summasi 1-holatda 2565000 so‘mni (17100000*15%), 2-holatda esa 2700000 so‘mni (18000000* 15%) tashkil qiladi. Oylik amortizatsiya summasi 1 -holatda
213750 so‘mdan (2565000/12), 2-holatda esa 225000 so‘mdan (2700000/12) iborat bo‘ladi.
Hisob-kitoblardan ko'rinib turibdiki, bir maromda amortizatsiya (eskirish) hisoblash usuliga ko‘ra avtotransport korxonasida avtobusning foydali xizmat muddati oxiriga kelib 1-holatda 17100000 so‘mlik boshlang'ich qiymati to'liq tiklanadi, 900000 so'mlik qiymati tiklanmasdan qoladi. 2-holatda esa avtobusning boshlang'ich qiymati foydali xizmat muddati oxirida to'liq tiklanadi.
ATVlarga bir maromda amortizatsiya (eskirish) hisoblash usuli ayrim kamchiliklardan holi emas. Chunonchi, ushbu usulda amortizatsiya (eskirish) ATVlar haqiqatda ishlagan yoki ishlamaganligidan qat’i nazar hisoblanadi. Ishchi holatda bo'lmagan ATVlarga amortizatsiya (eskirish)ni bir maromda hisoblab borish avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxini oshishiga olib keladi. Shu bois ham, bu usul faqat ATVlar foydali xizmatmuddati mobaynidadoimiy holda ishchi holatda ushlab turilganda tegishli samarani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |