Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.3-jadval
- Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga majburiy ajratmalar bo‘yicha xarajatlarning hisobi
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari». Akkumulyatorlarning bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladiganhar oylik qiymatini xuddi avtoshinalar kabi bosib o'tganyo‘li bo‘yicha ham hisob-kitob qilish mumkin. Buning uchun, dastlab, yangi o‘matilgan akkumulyatoming foydali xizmat muddati mobaynida 1 km bosib o‘tiladigan yoiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qiymati me’yor sifatida topiladi. So‘ngra, har oydaATV tomonidan bosib o‘tilganyoiuzunligi akkumulyatoming 1 km bosib o‘tiladiganyo‘lgato‘g‘rikeladigano‘rtachaqiymatigako‘paytiriladi.Topilgan summa hisobot oyida akkumulyator qiymatining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lartannarxiga kiritiladigan qismini bildiradi. Misol. Aytaylik, qiymati 120000 so'mlik 2x2V-88 markali akkumulyator hisobot yilining 15 sentabrida ATVga о ‘rnatildi. Akkumulyatoming foydali xizmat muddati 80 ming km. Demak, 1 km bosib о ‘tiladigan masofa uchun akkumulyatoming hisobdan chiqariladigan qiymati о‘rtacha 1,50 so'm (120000/80000)ni tashkil etadi. Hisobot yilining oylari bo ‘yicha ATV tomonidan bosib о ‘tilganyo 7 quyidagicha: sentabrda -4000 km; oktabrda - 7500 km; noyabrda -8000 km; dekabrda -6000 km. Yuqoridagi shartli ma’lumotlarga ko'ra, akkumulyatorning hisobot yili oylari bo'yicha hisobdan chiqariladigan va bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan qiymatini quyidagicha hisob-kitob qilish mumkin (20.3-jadval). 20.3-jadval Akkumulyator qiymatini hisobot yili oylari bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)Iar tannarxiga kiritish hisob-kitobi
Foydali xizmat muddati belgilanmagan boshqa ehtiyot qismlar ATVlarga o'rnatilgan kuni tegishli dalolatnomalar (masalan, kapital yoki joriy ta’mirlash dalolatnomasi. o’rnatish dalolatnomasi) asosida dastlab yordamchi yoki umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga, keyin esa bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyalar mos ravishda quyidagicha aks aks ettiriladi: ehtiyot qismlar qiymatini yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilishiga: Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»; 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari; Kredit 1040 «Ehtiyot qismlar». yordamchi va umum ishlab chiqarish xarajatlarini bajarilgan ish (ко ‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilishiga: Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»; 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari». Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga majburiy ajratmalar bo‘yicha xarajatlarning hisobi Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga yuk tashish yoki yo'lovchi tashishga ixtisoslashgan ATVlar haydovchilariga, yordamchi ishlab chiqarish va umum ishlab chiqarishga bevosita aloqador xodimlarga hisoblangan mehnat haqi summasi, shuningdek mos ravishda hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan ajratmalar kiritiladi. Avtotransport korxonalarida xodimlarga mehnat haqi ishbay va vaqtbay shakllarda, tarifli hamda tarifsiz tizimlarda hisoblanadi. Hisoblangan mehnat haqi asosiy hamda qo'shimcha mehnat haqlaridan tashkil topadi. Asosiy mehnat haqiga ATVlar haydovchilariga, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish va umum ishlab chiqarishga bevosita aloqador xodimlarga haqiqatda bajargan ishi (ko'rsatgan xizmati) yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan mehnat haqi kiradi. Ushbuxodimlarga turli xizmatlari, unvonlari va toifalari uchun qo'shimcha haqlar, berilgan topshiriqni bajarganligi yoki oshirib bajarganligi, materiallarni tejab-tergab sarflanishigaerishganligi uchun hisoblangan mukofotlar, moddiy yordamlar, kompensasiyalar, vaqtinchalik mehnatga layoqasizligi uchun berilgan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi hamda shu kabi boshqa to'lovlar qo'shimcha mehnat haqini tashkil etadi. Ishbay shaklda ishlovchi xodimlarga asosiy ish haqini hisoblashga asos bo'lib ular bajargan ish (ko'rsatgan xizmat) hajmi, shuningdek bir birlik ish yoki xizmat uchun belgilangan tarif (rasenka) hisoblanadi. Chunonchi, yuk yoki yo'lovchi tashishga ixtisoslashgan ATV haydovchilari uchun bajargan ish hajmi tashilgan yuk miqdori yoki tashilgan yo'lovchilar soni, yuk (yo'lovchi) aylanmasi, bosib o'tilgan masofa, naryadda bo'lgan vaqt miqdori kabi ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ushbu ko'rsatkichlardan biri bo'yicha ifodalangan ish hajmi miqdorini bir birlik ish hajmi uchun belgilangan tarif (rasenka)ga ko'paytirish yo'li bilan haydovchilarning asosiy mehnat haqi topiladi. Bunda bajarilgan ish hajmini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar yo'l varaqalari, tovar-transport nakladnoylari hisoblanadi. Vaqtbay shaklda ishlovchi xodimlarga asosiy ish haqini hisoblashga asos bo'lib ularga avtotransport korxonasining tasdiqlangan shtat jadvali bo'yicha belgilangan maosh miqdori, shuningdek xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisoblanadi. Xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti miqdorini (kunlaryoki soatlarda) tasdiqlovchi asosiy hujjat bo'lib «Ishgakelish hisobi tabeli» hisoblanadi. Belgilangan maoshni hisobot davridagi ish kunlari (soatlari) soniga bo'lish hamda topilgan summani xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (soatlari) miqdoriga ko'paytirish yo' li bilan ularning asosiy mehnat haqi topiladi. ATV haydovchilari, yordamchi va umumishlab chiqarishga bevosita aloqador barcha boshqa xodimlarning toifalari va raziyadlari uchun to‘lanadigan qo‘shimchalar, shuningdek kechki (tungi) smenalarda, bayram hamda dam olish kunlarida ishlaganlik uchun qo‘shimchalar, mukofotlar tuzilgan mehnat shartnomalarida belgilangan yoki transport korxonasi rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yorlar asosida hisoblanadi. Mehnatga yaroqsiz kunlar uchun nafaqa, mehnat ta’tili haqi kabi qo‘shimchalar xodimlarga umumbelgilangan tartiblarda mos ravishda tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisob-kitob qilinadi. Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun ATV haydovchilariga hisoblangan asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari summasiga hisob-to‘lov qaydnomalari yoki mehnat haqi hisobi kitobi asosida quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling