Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Tovarlarning bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish


Download 1.4 Mb.
bet269/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Tovarlarning bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘z tovarlarini xayriya sifatida yoki qaytarilmaydigan moliyaviy yordam sifatida boshqa yuridik vajismoniy shaxslarga berishlari hamda yangi ta’sis etilgan korxonalarga ta’sis badali sifatida ham kiritishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘libtomonlaro‘rtasida tuzilgan shartnomalar, chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlarni bepul yoki ta’sis badali sifatida berilishi schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
Tovarlarning o‘z maqsadlarida ishlatilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘zlarining tovarlarini turli xo‘jalik maqsadlarida ishlatishlari ham mumkin. Masalan, savdo do‘kondagi tovarlar korxona idorasiga xo‘jalik inventari sifatida berilishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘lib chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlarni xo‘jalik inventarlariga aylantirilishi ichki yuk xati bilan rasmiylashtiriladi.
Tovarlarning ichki almashuvini hujjatlashtirish. Tovarlarni bir savdo shoxobchasidan ikkinchisiga (bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga) berish korxona rahbarining yozma farmoyishi bilan yuk xatlari orqali rasmiylashtiriladi.
Tovarlarning qaytarilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalaridan tovarlarni turli sabablarga ko‘ra, masalan. sifatining tez buzilganligi uchun, almashtirish uchun va boshqa sabablarga ko‘ra ta’minotchilarga qaytarilishi miunkin. Bunday qaytarishlar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Schot-fakturaning predmet qismida «tovarlarning qaytarilishi» so‘zi yozib qo‘yiladi.
Tovar nobuilgarchiliklarini hujjatlashtirish. Chakana savdo shoxobchalarida tovarlar tushirish, saqlash va sotish jarayonlarida nobud bo'1 ishlari mumkin. Bunday nobudgarchiliklar ikki turga boMinadi:

  1. Me’yordagi nobudgarchiliklar.

  2. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar.

Me’yordagi nobudgarchiliklarga tovarlarning tabiiy kamayishi, me’yordagi sinishi (shisha tovarlar va shisha idishdagi tovarlar) va chiqindilari kiradi.
Tabiiy kamayish deganda tovarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi evaziga ularning massasi (og4rligi)ni yoki hajmi kamayishi tushuniladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tovarlarning chakana sotish baholaridagi qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi, ular tovarlarning turlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tarmoq vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Tabiiy kamayish faqatgina inventarizatsiyada tovarlar bo‘yicha kamomadlar aniqlanganda hisoblanadi. Ushbu kamayishni oldindan hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi. Chakana savdo shoxobchalarida tabiiy kamayish faqat sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan maxsus hisob-kitob asosida aniqlanadi (keyingi betga qarang). Ushbu hisob-kitob asosida sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish summasi quyidagicha aniqlanadi:
Oldingi inventarizatsiyada aniqlangan tovarlar qoldig'iga to‘g'ri keladigan tabiiy kamayish
Oldingi inventarizatsiyadan keyingi inventarizatsiyaga bo'lgan davrda kelib tushgan tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Tovarlarning liu j jatli cliiqimiga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Oxirgi inventarizatsiyada aniqlangan qoldiq tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Tovar aylanmasi tarkibi nisbatan doimiy harakat yerda bo’lgan chakana savdo korxonalarida tabiiy kamayishni tovar guruhlarining guruhlari bo'yicha belgilangan me’yorlarining o'rniga o'rtacha me’yor ham qo'llanilishi mumkin.

<
Rah
savdo do‘kon bo'vieha dan ка bo‘lg tabiiy kamayish hisob-kitohi


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling