Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
-Bepul berilgan tovarlar bo ‘yicha qarzni hisobdan chiqarilishiga
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chakana savdo korxonalarida idishlar hisobining xususiyatlari
- 25.1-jadval Idishlarga doir operatsiyalarni schotlarda aks ettirish tartibi
- Chakana savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uning natijalari hisobi
- -Jami aniqlangan yo ‘qo!ishlar summasiga
- -Meyordagi va me’yordan ortiq yo ‘qotishlar summasining korxona xarajatlariga olib borilishiga
- -Me’yordan ortiq yo‘qotishlar summasining moddiy javobgar shaxslar bo ‘yniga qo ‘yilishiga
- Debet
- Chakana savdo aylanmasi
- Tovar
-Bepul berilgan tovarlar bo ‘yicha qarzni hisobdan chiqarilishiga: Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». Tovarlarning chakana savdo shoxobchalari o‘rtasidagi ichki almashuviga unga guvohlik beruvchi ichki yuk xatlari (nakladnoylar) asosida Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» (oluvchi) Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» (beruvchi) yozuvi qilinadi. Chakana savdo korxonalarida idishlar hisobining xususiyatlari Chakana savdo korxonalarida idishlarning hisobi maxsus 2950 «Tovarlar ostidagi va bo‘sh idishlar» schotida olib boriladi. Ushbu aktiv schotning debetida idishlarning ta’minotchilar va boshqa manbalardan kelib tushishi, kreditida esa ularning ta’minotchilarga qaytarilishi, sotilishi va boshqa chiqimlari aks ettiriladi. Idishlarning hisobi ushbu schotda sotib olish baholarida yoki o‘rtacha baholarda olib boriladi. Idishlarga doir operatsiyalar hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (25.1-jadval): 25.1-jadval Idishlarga doir operatsiyalarni schotlarda aks ettirish tartibi
Idishlarning tahliliy hisobi moddiyjavobgar shaxslar bo‘yicha ularning turlari, guruhlari, baholari bo‘yichanatural-pul birligida yuritiladi. Chakana savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uning natijalari hisobi Chakana savdo korxonalaridagi tovar va idishlarning inventarizatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazish 19-son BHMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va oikazish» ga asosan amalga oshiriladi. 0‘zining xarakteri, rasmiylashtirilishi, natijalarni aniqlash tartibiga koia chakana savdo korxonalaridagi tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiyasi ulgurji savdo korxonalaridagi tartibga asosan o‘xshaydi, lekin quyidagi jihatlari bilan ularni farqlash mumkin: Birinchidan, chakana savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi savdo do‘kon kassasidagi pul mablagiarini sanashdan boshlanadi. Naqd pul mablagiarining sanog‘i alohida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ikkinchidan, pul mablagiaridan keyin savdo do‘kondagi tovarlar sanoqdan oikaziladi, shundan so‘ng yordamchi bino va maydonchalardagi tovarlar qayta ro‘yxatga olinadi. Uchinchidan, inventarizatsiya minimal muddatlarda o‘tkaziladi, chunki uni cho‘zilib ketishi tovar aylanmasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. To‘rtinchidan, inventarizatsiya o‘tkazish vaqtida tovarlarni bevosita savdo do‘konidan sotilishiga yoi qo‘yilmaydi. Beshinchidan, tovarlarning qayta sanog‘ i ularni ng alohida xususiyatlari, saqlanayotgan idishlarning turlari va boshqajihatlari e’tiborga olinib amalga oshiriladi, masalan bochkadagi paxtayog‘i bochkaninghajmi va sig‘imiga qarab aniqlanadi, bir xildagi tovarlar sotish baholariga qarab guruhlanadi. Oltinchidan, tovarlar kamomadi aniqlanganda tabiiy kamayish hisob- kitobi, idish vazni oshishi dalolatnomalari tuziladi. Yettinchidan, inventarizatsiya natijasidamoddiyjavobgar shaxs tomonidan savdo pullarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida kassaga topshirilganligi aniqlanadi. Sakkizinchidan, tovarlarni qayta baholashga doir inventarizatsiyalar soni chegaralanmaydi. Chakana savdo korxonalarida tovarlarning qayta sanog‘i inventarizatsiya ro‘yxati, inventarizatsiya natijalari esa taqqoslama qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi. Chakana savdo korxonalarida tovarlarning inventarizatsiyada aniqlangan kamomadlari, saqlash va sotish jarayonida yuz bergan buzilishlari, sinishlari, chiqindilari, yog‘och idishlarga singishi natijasidagi yo'qotishlari tuzilgan dalolatnomalar asosida hisobdan chiqariladi. Dalolatnomalar asosida aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: -Jami aniqlangan yo ‘qo!ishlar summasiga: Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar»; Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar». -Me'yordagi va me’yordan ortiq yo ‘qotishlar summasining korxona xarajatlariga olib borilishiga: Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar». -Me’yordan ortiq yo‘qotishlar summasining moddiy javobgar shaxslar bo ‘yniga qo ‘yilishiga: Debet 4730 «Xodimlar bilan moddiy zararlar bo‘yicha hisob-kitoblar»; Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar». Tovar va idishlarning inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha summalari chakana savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan daromadlariga olib boriladi va unga Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» Kredit» 9390 «Boshqa operasion daromadlar» yozuvi qilinadi. Tayanch iboralar Qat’i belgilangan sotish baholari - davlat organi tomonidan ma’lum ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar, masalan, un, non, o‘ simlik yog‘ i, shakar, dori-darmonlarning ayrim turlari, benzin, avtomobillar va shu kabilar uchun belgilanadigan sotish baholari. Erkin sotish baholari - davlat organi tomonidan miqdori qat’i belgilanmaydigan baholar. Chakana savdo aylanmasi - tovarlarni naqd pulga, plastik kartochkalar orqali, kreditga va mayda ulguiji tarzda sotishning pul birligidagi miqdori. Nazorat kassa apparati - tovarlarni naqd pulga sotilishida qo‘llaniladigan texnik vosita. Plastik kartochka - tovarlarni sotishda qo‘llaniladigan to‘ lov vositasi. Tovarlarni kreditga sotish - tovarlarni kredit shartnomasiga muvofiq ular qiymatini ma’lum muddatgacha belgilangan miqdorda qo‘shimcha foizlar bilan birga to‘lab borish sharti bilan sotish. Savdo ustamasi - tovarlarni chakana sotishda ular qiymati ustuga qo‘yiladigan qo‘shimcha to‘lov. Tovar - pul hisoboti - chakana savdo korxonalarida tovarlar va idishlar harakati hamda ularni naqd pulga, kreditga, plastik kartochkalarga va mayda ulguiji tarzda sotilganligi to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar tomonidan belgilangan muddatda tuziladigan hujjat. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling