Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet278/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Su - savdo ustamasi;
Uou - umumiy ovqatlanish ustamasi.
Sotib olingan tovarlarning sotish baholari ularning sotib olish baholari ustiga ma’lum foizdagi savdo ustamalarini qo‘yish yo‘li bilan aniqlanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi tayyor mahsulotining (ovqatlarining) sotish baholari ovqatlarga sarflangan tovarlarning sotish baholari ustiga ma’lum miqdordagi umumiy ovqatlanish ustamasini qo‘yish yo‘li bilan topiladi.
Misol uchun: Sotib olingan bir dona tuxumning tannarxi 100so‘m, unga qo‘yilgan savdo ustamasi 20 foiz, umumiy ovqatlanish foizi 25 foiz deylik. 2ta tuxumdan tayyorlangan omletning sotish bahosi 300 so‘mdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
[( 2*100 + 200*20/100) * 1,25] = 300 so‘m Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyor ovqatlarning sotish baholarini aniqlash kalkulyatsiya varaqlarini tuzish yoii bilan topiladi. Kalkulyasion varaqa quyida keltirilgan shakl va mazmunda tuziladi.
Tashkilot - «Isliqlo!»firmasi Bo‘linma -kafe «Tamilla»
Sonli kalkulyatsiya varaqchasi
Taom nomi - palov
Menyu to‘plarnining raqami 94/2007
Mahsulot chiqishi - 50/300 gr.

T/r

Masalliq nomi

O'Ichov
birligi

Mr'yor

Bahosi

Sum ma

1.

Qora mol go'sliti

kg

11.3

6000

67800

2.

Guruch

Ks

10

1825

18250

3

Pivoz

Ka

3

425

1275

4

Sabzi

Ka

10

400

4000

5.

O’simlik vos’i

Kg

3

1500

4500

6.

Tiiz. ziravorlar

kg

0,5

200

100




Jami 100 birlikka










95925




1 hirlikning a'rtacha sotish bahosi







959,25



«0‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari»ga muvofiq tayyor ovqatlarga kalkulyatsiya varaqlarini tuzish majburiy hisoblanmaydi. Kalkulyasion varaqlarni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish baholarini chamalash uchun tuzadilar. Kalkulyasion varaqlar odatda, taomlarning turlari bo‘yicha ularning 100 birligiga tuziladi. Kalkulyatsiya varaqlarini tuzishga lOOporsiya taomning menyusi, uning chiqish foizi, sarflanadigan masalliqlarning savdo va umumiy ovqatlanish ustamalari bilan birgalikda topilgan sotish baholari asos bo‘ladi. Kalkulyatsiya varaqlari asosida topilgan sotish baholari umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan tuziladigan menyuda ko‘rsatiladi.

    1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini

hujjatlashtirish va ular bo‘yicha hisobotni tuzish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiyjavobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish ushbu korxordaming ichki tuzilmalariga, ular bo‘yicha belgilangan moddiy javobgarlikka va boshqa omillarga bog‘liq. Maxsus omborlar, muzlatkich xonalari, oshxonalari, savdo zallari va bufetlari bo‘lgan yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiyjavobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish ushbu bo’linmalar bo‘yicha alohida-alohida amalga oshiriladi. Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalari korxona bo‘yicha umumiy holda amalga oshiriladi, jumladan barcha ichki almashuv operatsiyalari bitta moddiy javobgar shaxs tomonidan turli hujjatlarsiz olib boriladi, masalan tovarlarni ombordan oshxonaga yoki bufetga berilishi va shu kabi boshqa operatsiyalar.
Ta’minotchilardan tovarlar schot-fakturalar, kuzatuv va sifat hujjatlari asosida son va sifat jihatidan kirim qilinadi. Hisobdor shaxslarga mahsulotlarni bozordan sotib olish uchun oldindan bo‘nak kassadan beriladi. Olingan bo‘nak va sotib olingan mahsulotlar bo‘yicha hisobdor shaxslar bo'nak hisoboti tuzadilar. Bo‘nak hisobotiga bozordan xarid qilingan mahsulotlarni xarid dalolatnomasi, bozor ma’muriyatining narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari ilova qilinadi. Hisobdor shaxslar xarid qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini omborga yoki oshxonagatopshiradilar.
Ombor xo‘jaligi mavjud korxonalarda kirim qilingan tovar moddiy boyliklarning ombor hisobi sotib olish baholarida savdo ustamalari bilan birgalikda olingan baholarda ombor hisobi varaqachalaridayoki kitobida yuritiladi. Ombordan tovarlar oshxonaga va bufetga “Olish varaqasi” yoki ichki yukxati bilan beriladi. Ombor xo‘jaligi bo‘lmagan va korxona bo‘yicha yagona moddiy javobgar shaxs belgilangan hollarda bunday hujjatlarni tuzish zarurati bo‘lmaydi. Ombordan tovarlar oshxonaga bosh oshpazning talabnomasiga ko‘ra kerakli miqdorda beriladi. Ombor mudiri o‘z mas’uliyatida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarlar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
Korxona rahbariyati ombor mudiri javobgarligida bo‘lgan boyliklar butligini nazorat qilish maqsadida belgilangan muddatlarda ularning inventarizatsiyasini o‘tkazib turishi lozim. Ombordagi tovar - moddiy boyliklarning inventarizatsiyasini o‘tkazish tartibi va rasmiylashtirilishi ulguij i savdo korxonalaridagi tartibga to‘liq o‘xshaydi. Inventarizatsiya natijasida kamomadlar aniqlanganda tovarlarning buzilishi, tabiiy kamayishi hisob- kitoblari tuziladi. Ombor mudirlari korxonada belgilangan muddatlarda ikki nusxada tovar hisobotini tuzadilar. Bu hisobot ham xuddi ulgurji savdodagiga to‘liq o‘xshaydi. Tovar hisobotiga barcha kirim va chiqim hujjatlar ilova qilinadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Tovar hisoboti va unga ilova qilingan hujjatlar ombor bo‘yicha tovar operatsiyalari hisobini yuritishga asos bo‘ladi.
Oshxonalarga tovar - moddiy boyliklar omborlardan, shuningdek bevosita hisobdor shaxslardan kirim qilinadi. Oshxonaga ovqat tayyorlash uchun kerak bo‘lgan masalliqlar, mahsulotlar bosh oshpaz talabnomasiga qarab berilishi lozim. Ombordan bosh oshpazning talabnomasi asosida berilgan yoki bevosita hisobdor shaxslardan kirim qilingan tovar-moddiy boyliklariga yuk xati to‘ ldiriladi. Oshxonada qozonlarda tayyorlanayotgan ovqatlar hisobga olinmaydi, ya’ni ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlab chiqarish alohida hisobga olinmaydi.
Tayyor mahsulotlar oshxonadan xizmat zaliga buyurtma. schot yoki ofisiant varag'i, chek, chiptalar bilan beriladi. Kun oxirida oshxonadan zalga berilgan ovqatlar miqdori yuqoridagi hujjatlar asosida topiladi. Oshxonada suyuq boimagan ovqatlar bufetlarga yuk xati yoki olish varaqalari orqali beriladi. Oshxonadan o‘z xodimlariga berilgan ovqatlar tarqatish qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi, oy tugagach tarqatish qaydnomasi bosh oshpazning hisobotiga ilova etilib buxgalteriyaga topshiriladi. Oshxonada tayyor ovqatlar mayda ulgurji tarzda ham sotilishi mumkin (bolalar inuassasalari, o‘quvyurtlari, shifoxonalarvaboshqalarga). Mayda ulguij i tarzda sotilgan tayyor ovqatlarga xaridor tomonidan berilgan ishonch qog‘ozi asosida schot-faktura rasmiylashtiriladi.
Tayyorlangan, lekin sotilmasdan qolgan va iste’molga yaroqsiz bo‘lib qolgan ovqatlar keyingi kunda sotilishi mumkin emas. Bunday ovqatlar “Tayyor taomlarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari” bilan rasmiylashtiriladi va sotilmagan ovqatlardan ko‘rilgan ziyon korxona zarari ga olib boriladi.
Bosh oshpaz belgilangan muddatlarda barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida tuzilgan tovar hisoboti yoki tovar - pul hisobotini ikki nusxada tuzadi va bir nusxasini birlamchi hujjatlar bilan birga korxona buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Bufetga tovarlar ombordan va oshxonadan beriladi. Ombordan va oshxonadan kirim qilingan mahsulotlarga yuk xati toidiriladi. Bufetdan tovarlar faqat naqd sotiladi. Sotish hajmi, cheklar, schotlar, chiptalar bilan tasdiqlanadi. Bufetchi ham belgilangan muddatlarda tovar-pul hisobotini ikki nusxada tuzadi. Oshxonava bufet bo’linmalari ajratilmaganda tovar hisoboti yoki tovar-pul hisoboti umumiy holda tuziladi.

    1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarining buxgalteriya hisobi

Umumiy ovqatlanish korxonalari omborlarida tovar - moddiy boyliklarning hisobi 2910 «Ombordagi tovarlar»da hisobga olinadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari omborlaridagi tovarlar umumiy ovqatlanish ustamalarisiz hisobga olinadi. Ta’minotchilardan, hisobdor shaxslardan kirim qilingan tovarlarning sotib olish bahosidagi qiymatiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»;

Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar», 4230 «Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar».
Kirim qilingan tovarlar qiymati ustiga qo‘yilgan savdo ustamasi summasiga:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling