Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Debet 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»; Kredit


Download 1.4 Mb.
bet286/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Debet 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;
Kredit 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari 21 -son BHMSga muvofiq quyidagi schotlarda hisobga olinadi: 9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” - bu
schotda savdo korxonalari o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schotning kreditida olingan foyda yil mobaynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish qiymatidan ularning qoldiq qiymatini ayirgandan qolgan summa, shuningdek oldingi davrlarda amalga oshirilgan qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitali summasidan iborat bo‘ladi. Ushbu foyda summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqimi”;
Kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda”.
9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu schotda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlarining turli boshqa aktivlarini (materiallar, xo'jalik inventarlarini, nomoddiy aktivlari va shu kabilar) sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schotning kreditida olingan foyda yil mobaynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish qiymatidan ularning tannarxini (qoldiq qiymatini) ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ ladi va unga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv beriladi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling