Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet82/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Turlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari fermer xo‘jaliklariga, dehqon-fermer xo‘jaliklariga, shirkat xo‘jaliklariga, agrofirmalarga bo‘linadi.
Sohasiga ko‘ra qishloq xo'jaligi korxonalari dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek ushbu sohalarning har ikkalasigaham doir bo‘lgan korxonalariga bo‘linadi.
Ixtisoslashganligiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqonchilik va chorvachilikning turli yo‘nalishidagi korxonalarga bo‘linadi. Masalan, chorvachilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari qoramolchilik, qo‘ychilik, yilqichilik, cho‘chqachilik, parrandachilik va boshqa shu kabi sohalarga ixtisoslashgan. Dehqonchilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari bog‘dorchilik, g‘allachilik, tamakichilik va boshqa yo‘nalishlardagi xo‘jaliklarga bo‘linadi. Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligining u yoki bu sohasiga, shuningdek aralash sohalarga doir korxonalar hisoblanadi.
Xodimlarining soniga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mikrofirmalar toifasiga kiruvchi xodimlarining soni 20 tagacha bo‘lgan korxonalar, xodimlarining soni 50 tagacha bo‘lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. 0‘rta va yirik qishloq xo‘jalik korxonalari xodimlari sonining aniq miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanmagan.
Soliq to‘lash rejimiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari umum belgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda ularni qayta ishlovchi qishloq xo‘jalik korxonalari faqat yagona yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Sotib olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati, shuningdek savdo, vositachilik, xizmat ko’rsatish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu faoliyat turlari bo‘yicha xodimlarining soniga qarab umumbelgilangan soliqlar yoki ixchamlashtirilgan soliq to‘lovini ham to‘laydilar.
Qishloq xo'jaligi korxonalarida yuritiladigan buxgalteriya hisobining eng muhim ob’yektlari bo‘lib ularning faoliyat turlari, xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari, mablag‘lar, mablag‘larning tashkil topish manbalari, daromad, xarajat, foyda va zararlar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Ularning asosiy faoliyatiga bevosita qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog'liq faoliyat, asosiy bo’lmagan faoliyatiga esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga bevosita aloqasi bo‘lmagan moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha faoliyati ikki turga - dehqonchilik va chorvachilikka bo'linadi. Ushbu faoliyat turlari maxsus litsenziya talab qilmaydigan faoliyat hisoblanadi.
Dechqonchilik - bu bevosita inson va jonli hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan, ishlab chiqarishga moddiy asos bo‘lib hisoblanadigan o‘simliklar, ekinlar, xomashyo va materiallarni yetishtirish (ishlab chiqish) bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling