Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»;
Kredit 1110 «0‘stirishdagi va boquvdagi mollar».
Bir paytning o‘zida asosiy podaga o‘tkazilgan yosh mollar mos ravishda ularning guruhlariga qarab hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
ishchi hayvonlar guruhiga o‘tkazilgan mollarga:
Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»;
Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish».
mahsuldor hayvonlar guruhiga o‘tkazilgan mollarga:
Debet 0171 «Mahsuldor hayvonlari»;
Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish».
Hisobot yili oxirida o‘stirishdagi va boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniq bo‘lgach, ularning asosiy poda tarkibiga kirim qilingan reja tannarxidan farqi topiladi. Ushbu farq summasiga mos ravishda qo‘shimcha yozuv yoki storno usullaridan biri bo‘yicha yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari beriladi. Aynan shu yo‘l bilan asosiy podani shakllantirish xarajatlari, kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlar qiymati ularning haqqoniy tannarxiga yetkaziladi.
Asosiy podani chetdan xarid qilish yo‘li bilan shakllantirish xarajatlari bevosita 0840 «Asosiy podani shakllantirish» schotining debetida to‘planadi. Chunonchi, asosiy podaga kiritiladigan mollarni boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tuzilgan shartnomalar asosida sotib olinishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»;
Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar».
Sotib olishga doir sarflangan qo‘shimcha haqlar, masalan teng yerda qatnashish, vositachilik, transport xizmatlari haqlari summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»;
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar».
Asosiy poda aholidan bevosita bozorlardan ham naqd pulga sotib olinishi mumkin. Bu operatsiyalar hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |