Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Asosiy podani sotib olish uchun kassadan hisobdor shaxsga bo ‘nak summasini berilishiga
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit
- Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi
Asosiy podani sotib olish uchun kassadan hisobdor shaxsga bo ‘nak summasini berilishiga:
Debet 4290 «Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar»; Kredit 5010 «Kassa». Hisobdor shaxsga berilgan bo‘nak summasini kapital investitsiya sifatida tan olinishiga Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»; Kredit 4290 ««Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar». Bir vaqtning о ‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishiga: Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»; Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish». Asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflarning tahliliy hisobini turli maqsadlarda turlicha yuritish maqsadga muvofiq. Chunonchi, bunday tahliliy hisob qilingan xaraj atlarni ishchi va mahsuldor hayvonlarning turlari bo‘yicha (yirik shohli hayvonlar, cho‘chqalar, qo‘ylar, otlar va boshqalar) axborotlarni olish imkonini berishi kerak. Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ayrim hayvonlarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari asosiy podani shakllantirish xarajatlari sifatida tan olinmaydi. Chunonchi, parrandalar, quyonlar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar, ularning qiymatidan qat’iy nazar, asosiy poda tarkibida hisobga olinmaydi. Ular joriy aktivlar tarkibiga kiritiladi va mos ravishda 1100 «0‘stirishda va boquvda mollar» schotida hisobga olinadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS “Asosiy vositalar”ga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi: mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari; mahsuldor hayvonlar; qiymatidan qat’iy nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar guruhiga kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qiinmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar); to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar; belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar; kutubxona fondi; muzey eksponatlari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa asosiy vositalari umum belgilangan tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yillik amortizatsiya bino va inshootlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jalik texnikasi va asbob-uskunalari, ofis mebeli va jihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar bo‘yicha 15 foiz, kompyutyer texnikasi, yengil avtomobillar va yo‘llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, elektrdvigatellar, generatorlar, turboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu asosiy vositalari bo‘yicha eskirishni hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar uchun belgilangan tartibga to‘liq o‘xshaydi. Biroq, ishchi hayvonlar, ko‘pyillik o‘simliklar kabi asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash masalasida turli munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘ziga xos yondashishlarni talab qiladigan asosiy vositalar hisoblanadi. Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz me‘yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalarning foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishchi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklarning qariyb yarim asr, hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu bois ham ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlarni eng kam xizmat muddati sifatida e‘tirof etilishi maqsadga muvofiqdir. Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishchi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar hisoblanadi. Masalan, ot yoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishchi hayvon, nasi yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishchi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi hayvonlarning tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi. Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bermaydi. Ular, odatda, 2-3 yildan keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani ularni parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq, ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot davri davomida ham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab chiqarish sohalaridan tashqari yetishtirilgan mahsulotlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish va sotishga ham xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu xususiyat buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doir xarajatlar o‘rtasida taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling