Debet 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Umumbelgilangan soliqlar
Yagona yer solig‘ini hamda yagona soliq toMovini to‘lovchilari maqomiga mos kelmaydigan qishloq xo‘jaligi korxonalari quyidagi umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari hisoblanadilar:
*QQS;
*mol-mulk solig‘i;
*yersolig‘i;
*suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov;
*ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig1 i.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘laydigan ushbu umumbelgilangan soliq to‘lovlari soliq qonunchiligi hujjatlarida keltirilgan tartiblarda hisoblanadi va budjetga o‘tkazib beriladi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalarniz.
QQS. Umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi qishloq xo‘jaligi korxonalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar, mulkni ijaraga berish. ularni sotish, bepul berish va boshqa sotish operatsiyalari bo'yicha QQS to'lovchi hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo'yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
- usul. Soliqqatortiladigan aylanmaQQSsizbelgilanganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |