Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet 4010
- Qurilish mashinalari va mexanizlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarining hisobi
ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar yirik va kichik qurilish mashina va mexanizmlarining har kunlik ish faoliyatini hisobga olish va nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM- 7 shakl) maxsus qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi schot-fakturalarga ilova qilinadi. Qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun daromad olishning asosiy manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schot-faktura) asosida hisobdaquyidagicha aks ettiriladi: Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar». Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni olib borayotgan pudratchi tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga kiritiladi. Qurilish mashinalari va mexanizlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarining hisobi 21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq pudratchi tashkilotlar qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari hisobini 2500- «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida olib borishlari lozim. Qurilish tashkilotlari ushbu maqsadda o‘zlarining ishchi schotlar rejasida maxsus schotni, masalan, 2510-«Qurilish mashinalarini saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari» schotini ochishlari ham mumkin. Ushbu schotga qurilish mashina va mexanizmlarining turlari yoki guruhlari bo‘yicha alohida tahliliy schotlarni ochish maqsadga muvofiq. Bu schotlarning debetida qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilishga doir barcha xarajatlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planadi, kreditida esa sarflangan xarajatlarni hisobdan chiqarilishi, ya’ni ularning tegishli obyekt tannarxiga kiritilishi aks ettiriladi. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari o‘z ichiga quyidagi moddalarni oladi: qurilish mashinalari va mexanizmlarini boshqaruvchi xodimlar (mashinistlar, haydovchilar)gahisoblangan ishhaqi; ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; material xarajatlari (yoqilg‘i, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, xo‘jalik materiallari va shu kabilar); amortizatsiya xarajatlari; joriy va kapital ta’mirlash; turli xizmatlar (elektr energiya, suv, gaz, isitish, bug‘, transportirovka, ij ara va boshqa xizmat turlari). Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiyasiga doir ushbu turdagi xarajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2.4-jadval): Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling