Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet13/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Debet
Kredit 0211 - 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schotlari». Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan chiqariladi.

  1. usul. Qurilish tashkilotida oldindan asosiy vositalarni qayta baholash natijasida rezerv kapitali shakllantirilgan bo‘lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu rezerv kapitali evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, quyidagi yozuvlar qilinadi:

  1. boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasiga:

Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
Kredit 0 111 -0190 «Asosiy vositalar hisobi schotlari».

  1. eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farq summasiga:

Debet 0211 - 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schotlari»;
Kredit 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar».
2-usul. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmaganholdaqo‘llaniladi. Bu holda qayta baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq summasi qurilish tashkiloti xarajatiga olib boriladi va u hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

  1. boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqqa:

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»;
Kredit 0111 - 0190 «Asosiy vositalar hisobi schotlari».

  1. eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqqa (stomo yozuvi):

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»;
Kredit 0211 - 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schotlari».
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi (2.3-jadval).
Umumdavlat soliqlarini to’lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy vositalarning sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq > Qq), u holda ular QQS to‘lovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq < Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida kiritilishi ham Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi.
Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar

  1. yildan kam ishlatilgan bo‘Isa, Soliq kodeksiga muvofiq (22-modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi.

Asosiy vositalarni tugatish ularning to'liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’i nazar ekspluatatsiya qilish holati yo‘qotilganhollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiyakomissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos bo‘ladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling