Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet252/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Hisob-kitoblarga izohlar:
* Aksiz solig'i summasi tovar qiymatidan belgilangan foizlar bo'yicha hisoblanadi, ya’ni 2a-satr summasiga 1 b satr x 90 /100;
**QQS summasi tovar qiymati va aksiz solig'i birgalikda olingan summadan belgilangan foizlar bo'yicha hisoblanadi, ya’ni (lb + 2a) x20 /100;
*** Bojxona boji gilam bo'yicha mavjud emas, chunki Turkiya Respublikasi bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasida bojxona boji undirilmasligi bo ‘yicha xalqaro shartnoma mavjud;
****Bojxona yig‘imi summasi tovarlarning bojxona qiymatidan (tovar qiymati + aksiz solig'i + QQS) belgilangan foizlarda hisoblanadi, ya’ni (lb+2a+2b) x 25/100;



***** 1 so'mlik tovarga to'g'ri keladigan solish bilan bog'liq xarajatlarning о 'rtacha foizi tovarlarni sotib olishga ketgan jami sotib olish xarajatlarini ularning jami shartnoma baholaridagi qiymatiga bo'lish va 100 foizga ko'paytirish orqali topiladi. Bizning misolimizda ushbu foiz -10,7 % ni tashkil qiladi.
(93000+63000+126000) / (lOOx 2600 + 200 x3140 + 300 x 4900) xlOO%.
Yuqoridagi hisob-kitoblarga muvofiq topilgan sotib olish qiymati (tannarxi) asosida tovarlar omborlarga kirim qilinishi lozim.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar xaridorlarga sotish baholarida sotiladi. Tovarlarni sotish bahosi (Sb) o‘z ichiga, asosan, quyidagi ikkita elementni oladi:
1 .Tovarlarni sotib olish qiymati, ya’ni tannarxi (T)- ushbu element, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘z ichiga tovarlarni shartnomaviy baholardagi sotib olish qiymati hamda ularni sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlarni oladi.

  1. Savdo ustamasi (Su).

Demak, tovarlarni sotish bahosini matematik qurilma sifatida quyidagicha ifodalash mumkin:
Sb = T + Su
Savdo ustamalari ulgurj i savdo korxonalarining dsosiy daromad manbai hisoblanadi. Savdo ustamalari ko‘rinishida olingan daromad (D) ulguiji savdo korxonalarida tovarlarning sotish baholaridagi qiymati (Sq) va sotish tannarxi (St) o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi, ya’ni D = Sq - St
Ulguiji savdo korxonalarida tovarlarning sotish baholarini belgilashda quyidagi tartiblargaamal qilinishi lozim.

  1. Savdo ustamalarining chegaralari davlat tomonidan belgilanmagan tovarlar bo'yicha sotish baholari kelishuv shartnomalariga muvofiq belgilanadi. Bunday tovarlar bo'yicha ularning sotish baholari shartnomalarda qat’ i summada yoki baza deb olingan sotib olish qiymati (tannarx) ustiga kelishilgan savdo ustamalari foizini ko‘rsatishyo‘li bilan belgilanadi.

  2. Savdo ustamalari me’yorlarining chegaralari davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan iste’moltovarlarining alohida turlari (bunday harakt yerdagi iste’mol tovarlari sifatidarespublikamizda un, o'simlik yog‘i va shakar hisoblanadi) bo'yicha sotish baholari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-

oktabrdagi “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilislini tartibga solishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 433-son qarori va ushbu qarorga asosan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi va Davlat Soliq Qo‘mitasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan hamda 0‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2001 -yil 13- noyabrda 1083- son bilan ro'yxatdan o‘tkazilgan «Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan iste’mol tovarlarining alohida turlari (un, o‘simlik yog‘i va shakar)ga savdo tashkilotlari tomonidan cheklangan savdo ustamalarini qollash tartibi to‘g‘risidaNizom» ga asosan baza deb olingan sotib olish qiymatidan ulguiji va chakana savdo ishtirokchilarining sonidan qat’i nazar 25 foizdan ko‘p bolmagan miqdorni e’tiborga olgan kelishuv shartnomalariga muvofiq belgilanadi. Ushbu Nizomda belgilangan tartibga ko‘ra ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan iste’mol tovarlarining alohida turlari (un, o‘simlik yog‘i va shakar) bo'yicha savdo ustamalarining belgilangan eng ko‘p miqdori ulgurji-chakana savdo bo‘g‘inlari o‘rtasida ularning sonidan qat’i nazar bolinishi, shuningdek sotishjarayonidaqatnashayotgan har bir ishtirokchi (bo'g‘in) o‘zining schot-fakturasini toMdirishda belgilangan tartibga amal qilishi shart.

  1. Savdo ustamalari me’yorlarining chegaralari davlat tomonidan belgilangan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bo‘vicha sotish baholari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14- yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to’g‘risida” gi 1 -son qarori, 2000-yil 5-avgustdagi "Ichki bozomi dori - darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi 307-son qarori hamda 0‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2000-yil 29-sentabrda 974- son raqam bilan ro‘yxatga olingan “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishda savdo ustamalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidaNizom”ga muvofiq ularning keltirish manbalariga ko‘ra baza deb olingan sotib olish qiymatidan ulguiji va chakana savdo ishtirokchilarining sonidan qat’i nazar kelishuv shartnomalarida quyidagicha belgilanadi:

  • 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining lisenziyasiga ega bo’lgan xo'jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan import bo‘yicha sotib olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bo'yicha—20 foizdan ko‘p bolmagan miqdorni e’tiborga olgan holda;

  • Qolgan dori - darmonlar bo‘yicha esa 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdomi e'tiborga olgan holda.

Savdo ustamalarini savdo bo‘g‘inlari o‘rtasidato‘g‘ri taqsimlanishijuda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu taqsimot shunday bo'lishi kerakki, u tovarlarni, ayniqsa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari, dori- darmon vositalari vatibbiyot buyumlarini, iste’molchilargayetkazuvchi barcha savdo bo‘g‘inlarini daromad olishiga va buning evaziga o‘zlarining xarajatlarini qoplashi va ma’lum miqdordagi foydani olinishiga imkon yaratishi kerak. Savdo ustamalarini birinchi bo‘g‘inlardakatta me’yorda qo‘yilishi va belgilangan chegaraviy me’yomi to‘liq ishlatilib qo‘yilishi oxirgi savdo bo‘g‘inida tovarlarni savdo ustamasi bilan sotish huquqini yo‘qolishiga, buning evaziga ularni sotishdan daromad emas, balki zarar ko‘rishga olibkelishi mumkin.

    1. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hujjatlashtirilishi

Ulgurji savdo korxonalari ga tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida quyidagi manbalardan kelib tushadi:

  • turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va tayyorlovchi korxonalari;

  • chet el importyorlari.

Tovarlarning sotib olinishi va kirimini hujjatlashtirish ularning yuqorida keltirilgan kelib tushish manbalariga hamda ularni tashib keltirish transportining turiga bog‘ liq. Ulguij i savdo korxonalariga tovarlar chet el mamlakatlaridan, respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan, shuningdek mahalliy ta’minotchilardan turli transport vositalarida (temir yo‘l, suv va havo yo‘llari transporti, ixtisoslashgan avtotransport korxonalarining transport vositalari va savdo korxonasining xususiy avtotransporti) tashib keltirilishi mumkin.
Chet mamlakatlardan iste’mol tovarlarini olib kelinishining alohida shartlari va tartibi mavjud. Ular 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20- avgustdagi «Lisenziyalarni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va 0‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 295-son qarori va ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqilgan «Yuridik va j ismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish taitibi to‘g‘risida Nizom»10 da keltirilgan. Ushbu qaror va Nizomga muvofiq chet eldan import qilingan barcha iste’mol tovarlari respublikamiz hududida erkin muomalagafaqat bojxonarasmiylashtimvidan keyin chiqariladi. Chet eldan keltirilgan iste’mol tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Bojxonaga iste’mol tovarlarini qabul qilish uchun yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan va ro‘yxatga olingan xorijiy kontraktlar mavjud boiishi kerak:

  • bojxona chegerasi orqali iste’mol tovarlarini olib kelishda bojxona to’lovlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiy to’lovlarva yig‘imlar o‘z vaqtida vatoiiq toianishi lozim;

  • olib kelinayotgan iste’mol tovarlariga ta’minotchilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud boiishi lozim.

  • sotib oluvchi ulguiji savdo korxonalari bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yuk deklarasiyasi (BYuD) bilan birga o‘zining rasmiy distribyuterlarining ro‘yxatini belgilangan shaklda taqdim etishlari shart.

Bojxonadan import tovarlar savdo korxonasi vakili (ekspeditori) tomonidan BYuD asosida qabul qilib olinadi. Ombor mudirlari ekspeditorlardan import tovarlarni tasdiqlangan shakllardagi «Kirim orderi» (M-3, M-4) tuzish yoii bilan qabul qilib oladilar.
Boshqa shaharlarda joylashgan ta’minotchilardan tovarlar asosan temir yo‘l va yo‘l avtotransporti orqali, bir shaharda joylashgan ta’minotchilardan ular asosan yoi avtotransporti bilan tashib keltiriladi.
Ta’minotchilar tovarlarni ulguiji savdo korxonalarigajo‘natishni tuzilgan shartnomalarga asosan oldindan to‘ lovni kamida 15 foizi o‘tkazib berilgan taqdirda amalga oshiradilar. Tovarlarni jo‘natishda ta’minotchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • yuklash hujjatlari - bular temir yoi nakladnoyi, tovar-transport nakladnoyi; .

  • tovarlarni sifat jihatlarini tasdiqlovchi hujjatlar- bular muvofiqlik sertifikati, spesifikasiyalar, laboratoriyatahlili dalolatnomasi, oichov tahlili dalolatnomasi, o‘rov yorliqlari;

-hisob-kitob hujjatlari - bular belgilangan shakllarda tuzilgan schot- fakturalar va to’lov talabnomasi.
Tovarlarni bevosita ta’minotchilardan yoki temir yo‘l transporti stansiyasidan qabul qilish va olib kelish uchun ulgurji savdo korxonalari o‘zlarining vakillaririi safarbar etadilar va ularning nomlariga ishonchnomalar beradilar. Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2003-yil 7-maydagi 62- son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan «Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalarni berish va ishonchnomalar bo‘yicha ularning berish tartibi to‘g‘risida Nizom» va unga Moliya Vazirligining 2003-yil 28- oktabrdagi

  1. -son buyrug‘ i bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishonchnoma berilgan vakil boyliklarni olganidan so‘ng korxona buxgalteriyasiga topshiriq bajarilganligi to‘g‘risidagi va olingan tovar- moddiy boyliklarni omborxonaga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi (topshirishi) shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kun uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak.
Tovar-moddiy boyliklarni olish va olib chiqib ketish uchun berilgan ishonchnomalar ularni yetkazib beruvchilarda qoladi. Yetkazib beruvchida ishonchnomaning tartib raqami va berilgan sanasi tovarlarni jo‘natish hujjatlarida (schot-faktura, tovar-transport nakladnoyi, temir yo‘l nakladnoyi, yuk kvitansiyasi va shu kabi yuklab jo‘natilgan tovarlarga guvohlik beruvchi hujjatlarda) ko‘rsatiladi. Yetkazib beruvchida tovarlarni yuklab jo‘natish tugagach ishonchnomalar moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovar hujjatlari bilan buxgalteriyagatopshiriladi.
Temir yo‘ 1 stansiyalariga vagonlarda (konteynerlarda) yetkazib keltirilgan tovarlarni qabul qilib olish ulguiji savdo korxonalarining ishonchnoma, fkmoyish va yuk kvitansiyalariga ega bo’lgan vakillari (odatda, ekspeditorlar) tomonidan amalga oshiriladi. Vagonlarda plombalar buzilmagan bolsa, bu to‘g‘risida ekspeditor temir yo‘l nakladnoyi va yuk kvitansiyasiga imzo chekadi, shuningdek tovarlarni nakladnoy bo‘yicha qabul qilib oladi.
Agar vagon (konteyner) plombalarida, tovarlar joylashtirilgan idishlar va o‘rovlarda buzilish hollari bo‘Isa, shuningdek tovarlar miqdori, og‘irligi va soni bo‘yicha temir yo‘I nakladnoyida ko‘rsatilganidan chetlanishlar aniqlansa, u holda ekspeditor barcha tovarlarni tortishni, sanashni, shuningdek aniqlangan chetlanishlar bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi «Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma»ni (M-7) tuzishni talab qiladi. Ushbu dalolatnoma uch nusxada tuziladi, uning bir nusxasi transport tashkilotiga, ikki nusxasi-ulgurji savdo korxonasi ekspeditoriga beriladi. Dalolatnomaga stansiya boshlig'i, ulgurji savdo korxonasining vakili (ekspeditor) va tovarlarni qabul qilishda ishtirok etgan boshqa shaxslar imzo chekadilar. Dalolatnomada tovaming nomi, uning haqiqiy soni vaog'irligi, yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq soni va og‘irligi, shuningdek son va og‘irlik bo‘yicha aniqlangan farq koi'satiladi.
Temir yo‘ 1 stansiyasida tovarlar kamomadining miqdori tabiiy kamayish me’yorlari doirasida aniqlansa, u holda M-7 shaklli dalolatnoma tuzilmaydi, balki aniqlangan kamomad to‘g‘risidatemiryo‘l nakladnoyida yozuvlar qilinadi. Agar tovarlar og‘irligi aniqlanma.sdan qabul qilinsa, bu haqda temir yo‘l nakladnoyiga yozuvlar qilinishi lozim.
Qabul qilishda kamomad yoki tovarlar buzilishi aniqlanmagan bo‘Lsa, u holda ekspeditor yuk kvitansiyasiga, temir yo‘l nakladnoyiga tovarlarni qabul qilib olganligi to‘g'risida imzo chekadi, temiryo‘l stansiyasi vakili tovarlarni topshirganligini o'zimzosi bilan tasdiqlaydi.
Agar, tovarlar temir yo'l stansiyasidan ulgurji savdo korxonasiga avtotransport tashkilotining transporti bilan yetkazilsa, u holda ekspeditor uch nusxada tovar-transport nakladnoyi tuzadi, uning bir nusxasini tovarlarni qabul qilgan shaxsning imzosi bilan o'zida qoldiradi, qolgan tovarlarni topshirganligi to'g'risida imzo chekilgan ikki nusxasini yetkazib beruvchi avtotransport tashkiloti vakiliga beradi. Temir yo‘ 1 stansiyasidan ulguiji savdo korxonasiga tovarlarni yetkazib berishga va ularning butligiga ushbu vaqtdan boshlab avtotransport tashkiloti vakili javob beradi. Agar, avtotransport tashkiloti vakili bilan tovarlarni ekspeditoming o‘zi ulguij i savdo korxonasigacha kuzatib borsa, u holda tovar-transport nakladnoyining bir nusxasi avtotransport tashkiloti vakiliga ko'rsatgan xizmati uchun to‘lov hujjatlarini taqdim etish uchun beriladi.
Tovarlar ta’minotchilarning avtotransporti orqali joiiatilganda, shuningdek savdo korxonasining o‘z avtomashinasidayuborilganda ekspeditorgabir nusxa tovar-transport nakladnoyi (TTN) va bir nusxa schot-faktura taqdim etiladi. Bu holda ham ombor mudiri tovarlarni ekspeditordan M-4 sliaklli kirim orderi tuzish orqali qabul qilinadi. Qabul qilishda chetlanishlar aniqlansa shuningdek hujjasiz tovarlar kelib tushganda ombor mudiri transport tashkiloti yoki ta’minotchi vakili, ekspeditor va boshqa xodimlar ishtirokida M-7 shaklli «Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish to‘g‘risidadalolatnoma»sini tuzadi va u bo‘yicha tovarlarni moddiy javobgarlikka qabul qiladi.
Ekspeditorlar qabul qilingan va omborlarga topshirilgan tovarlar bo'yicha belgilangan shakl (MX-21) va tartibda hisobot topshiradilar.
Ekspeditorlarning tashib keltirgan va omborga topshirgan tovarlari bo'yicha tuzilgan hisobotlari asosida savdo korxonasining buxgalteriy&si yoki marketing bo’limi tasdiqlangan shakldagi «Kelib tushayotgan yuklarni hisobga olish jurnali»ni (M-1) yuritadi. Ushbu jurnalga yozuvlar TTN, temir yoi nakladnoylari, schot-fakturalar, kirim orderlari, tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olish to‘g‘risida dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ulguiji savdo korxonalari tomonidan tovarlarni tuzilgan shartnomalar asosida xaridorlarga sotilishi Soliq kodeksiga muvofiq tasdiqlangan shakldagi schot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Xaridorlarningtalablariga ko‘ra tovarlar o‘zga transport tashkiloti avtotransporti bilan olib ketilayotgan holda schot-fakturaga qo‘shimcha tarzda TTN ham tuzilishi mumkin. Tovarlarni vositachilik yoki konsignasiyayoii bilan komissioner yoki konsignatorga sotishga berish ham schot-faktura bilan rasmiylashtiriladi, bu holda schot-fakturaning predmet qismida «Vositachilikka berish» yoki «Konsignasiyaga berish» degan yozuvlar boiishi lozim.
Tovarlarni bir ombordan ikkinchi omborga yoki boshqa saqlash joylariga, shuningdek omborlardan xususiy chakana savdo do'konlariga berilishi ichki almashuv nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday ichki almashuv operatsiyasini amalga oshirish va rasmiylashtirishga asos bo’lib rahbaming fannoyishi hisoblanadi.
Omborlarda tovarlar saqlanish vaqtida toidlishi, sinishi, qurib qolishi, buzilishi mumkin. Misol tariqasida, shakaming toidlishi, shishabuyumlarning sinishi, bo'yoqning, aseton va boshqa suyuqliklarning qurib qolishi, toidlib ketishi va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu holatlar sababli tovarlarning haqqoniy holati hisob maiumotlaridan kam bo‘ lib qolishi mumkin. Tovarlarni bunday sabablargako‘rakamayishi ikki turgaboiinadi:

  • Me’yordagi tabiiy kamayishlar- tovar-moddiy boyliklarni oldingi va keyingi inventarizatsiya qilish vaqti ichidagi tabiiy kamayishining belgilangan me’yorlardagi miqdori.

  • Me’yordan ortiq kamayishlar - tovar-moddiy boyliklarni oldingi va keyingi inventarizatsiya qilish vaqti ichidagi tabiiy kamayishining belgilangan me’yorlardan prtiq bo’lgan, shuningdek sinish, yaroqsiz holga kelish va buzilishi evaziga vujudga kelgan yo‘qotishlar miqdori. .

Tovarlarni tabiiy kamayishini har oyda dastlabki hisob-kitoblargako‘ra aniqlab borish va hisobdan chiqarish mumkin emas. Uni faqatgina inventarizatsiya tugagach tovarlar sanog‘ ida kamomadlar chiqqan holda maxsus hisob-kitob va belgilangan me’yorlar asosida aniqlash va hisobdan chiqarish lozim. Tovarlarning tabiiy kamayishi me’yorlari savdo korxonasining tabiiy-klimatik shartlariga, yilning fasllariga, tovarlarni saqlash muddatlari va sharoitlariga (masalan, muzlatkichlarda, yopiq omborlarda, ochiq ayvonlarda va boshqalar) qarab belgilanadi. Ushbu me’yorlar davlat mulki hisoblangan savdo korxonalari uchun tarmoq vazirliklarining maxsus ma’lumotnomalarida ko‘rsatiladi.
Tovarlarni tabiiy kamayish hisob-kitobi quyidagi tartibda tuziladi. Birinchidan, tovarlarning o'tlacha saqlash muddati (So'm) aniqlanadi. Buning uchun inventarizatsiya davrlari (oldingi va keyingi)dagi o‘rtacha tovar zaxiralarining miqdori (Zo‘) o‘rtacha bir kunda sotilgan tovarlar miqdoriga (To‘) bo‘linadi.
Misol: Yilning birinchiyarmida (oldingi va keyingi inventarizatsiya davrida) 360 tonna shakar sotildi. Ushbu davr oylari boshidagi tovar zaxiralari quyidagicha: 1.01. ga-30 tonna, 1.02. ga-25 tonna, 1.03.ga -40 tonna, 1.04.ga -50 tonna, l.OS.ga 20 tonna, 1.06.ga 10 tonna, 1.07.ga 8 tonna. 1-yarim yillikdagi kunlar soni 180 кип. Yuqoridagi shartli ma’lumotlarga ko‘ra bir kunlik sotish miqdori (To‘) -2 tonna (360/ 180). Shakaming 1 -yarim yillik uchun o‘rtacha zaxirasining miqdori (Zo‘) = ( 30/2 + 25 + 40 + 50 + 20 + 10 + 8/2) / 6 = 168 /6 = 28 tonna Shakamingo‘rtachasaqlash muddati So‘m=Zo‘/To‘=28/2 = 14 kun. Ikkinchidan, jami sotilgan va sotilmagan shakaming o‘rtacha miqdorini topamiz. Bizning misolimizda u 388 tonnani (360+28) tashkil qiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling