Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Urazov K.B. Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishi - T.:«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2004. 41-77 betlar


Download 1.4 Mb.
bet264/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Urazov K.B. Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishi - T.:«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2004. 41-77 betlar.

25-bob. CHAKANA SAVDO KORXONALARIDA TOVAR OPERATSIYALARI HISOBI

  1. Chakana savdo korxonalarida tovar operatsiyalari hisobini tashkil qilish xususiyatlari

Chakana savdo korxonalarining asosiy funksiyasi turli ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yaratilgan va turli vositachilar orqali yetkazib berilgan tovarlarni oxirgi iste’molchilargayetkazish, ularning iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qondirish hisoblanadi. Chakana savdo aylanmasi davlat g‘aznasini real pul mablag‘lari bilan to‘ldirish, pul muomalasini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Qanchalik tovarlar naqd pulga ko‘p sotilsa, shunchalik banklarga kirim boiadigan pul mablagiari ko‘p bo‘ladi. Bu o‘z navbatida banklardan naqd pullarni olish, ish haqi, nafaqa va boshqa to‘ lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham chakana tovar aylanmasi xalq xo‘jaligini rivoj lanishining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Chakana savdo ulguiji savdodan turli jihatlaridan farq qiladi, ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin.
Birinchidan, ulguiji savdodan o‘laroq chakana savdo tovarlarni mayda turkumlarda (donalab, metrlab, kilolab) sotishni bildiradi;
Ikkinchidan, chakana savdo tovarlarni asosan naqd pulga sotishni ifodalaydi. Bu o‘z navbatida chakana savdo korxonalari oldiga nafaqat tovarlar bo'yicha, balki pul mablag‘lari bo‘yicha ham mas’uliyat yuklaydi;
Uchinchidan, chakana savdo shoxobchalari katta - kichikligiga qarab, tovarlarni asosan kichik partiyalarda saqlanishi, sotilishiga mos ravishda moddiy javobgarlikni yakka tartibdagi shaklini tashkil etishni taqozo etadi.
To'rtinchidan, chakana savdo ma’lum qonun-qoida, tartiblarga asosan olib boriladigan maxsus faoliyat hisoblanadi. Ushbu tartib-qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan «Ulguiji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da keltirilgan. Nizomda belgilangan tartibga ko‘ra chakana savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, ular faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tumanlar (shahar) hokimliklarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olgan taqdirda shug‘ullanishlari mumkin.
Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qo'llangan holda amalga oshiriladi. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga. qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar rastalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi vanarxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bolishi kerak. Yaroqlilik muddatigaegabo‘lgan tovarlarni sotishchog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bolishi kerak.
Chakana savdo korxonalarida tovarlarni sotib olish qiymati (tannarxi) xuddi ulgurji savdo korxonalaridagidek ushbu boyliklarni sotib olish baholari, tashib keltirishga doir transport xarajatlari, bojxona to’lovlari va boshqa sotib olishga doir xarajatlar majmuasidan iborat boladi. Odatda, tovarlarning sotib olish qiymati (tannarxi)ga kiritiladigan ushbu elementlar turli tashkilotlardan olinadigan boshlang1 ich hujjatlarda ko‘rsatiladi, masalan, transport-tashib keltirish xarajatlari transport tashkiloti bergan schot-fakturada, vositachilik yoki brokerlik xarajatlari ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarning schot-fakturalarida, bojxona to’lovlari (aksiz soligl, QQS, bojxona boji vayig‘imlari) bojxona organi yoki «bojxona ombori», «erkin ombor» rejimlarida ishlovchi ombor egalarining hisob hujjatlarida.
Tovarlar chakana savdo korxonalari orqali asosan ikki turdagi baholarda sotilishi mumkin:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling