Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Tovarlarning naqd pulga sotilishini hujjatlashtirish


Download 1.4 Mb.
bet267/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Tovarlarning naqd pulga sotilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari savdo do‘konlarida tovarlarni naqd pulga sotish davlat soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan nazorat - kassa mashinalarini (NKM) qo'llash orqali amalga oshiriladi. Savdo do‘konlarda«NKM schotchigi ko‘rsatkichlarini qayd etish kitobi» yuritiladi. Ushbu kitobdahar kuni schot ko'rsatkichining bosh summasi, kirimi, qaytarilgan cheklar va schot ko‘rsatkichining oxirgi summasi yozib boriladi. NKM schot ko‘rsatkichini bosh va oxirgi summalari yig‘indisi jami savdo tushumining miqdorini ifodalaydi. Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha savdo puli xaridorgaNKM cheki asosida qaytariladi. Kun oxirida barcha qaytarilgan cheklar varaqqa yopishtirib chiqiladi va savdo do‘kon mudirining hisobotiga ilova qilinadi. Ko‘p sonli NKM lardan foydalanayotgan katta savdo shoxobchalarida (Supermarket, MUM, BUM va boshqalar)da ishlatilmagan cheklar bo‘yicha kun oxirida savdo do‘koni direktori va kassirlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi, barcha qaytarilgan cheklar alohida varaqlargayopishtiriladi va kassirlarning hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Chakana savdo shoxobchalari orqali tovarlarni sotishdan tushgm savdo pullari korxona kassasiga kirim kassa orderi asosida kirim qilinadi. Ushbu ordeming kvitansiyasini savdo do‘koni mudiri o‘zining tovar-pul hisobotiga ilova qiladi.
Tovarlarning kreditga sotilishini hujjatlashtirish. Nooziq-ovqat tovarlari kreditga respublika rezidentlari hisoblanganjismoniy shaxslarga tovarlarni belgilangan ro‘yxatga muvofiq 2 yil muddatgacha sotiladi.
Tovarlarni kreditga olish uchun xaridor chakana savdo korxonasi rahbari nomiga ariza, ish joyi va oxirgi uch oydagi ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etadi. Shu bilan bir vaqtda ma’lum bir mulkini garovga qo‘yadi. Savdo korxonasi rahbarining ruxsati bilan kreditga sotilayotgan tovarning eng kamida 60 % sotish qiymatini kassaga kirim qilinadi va xaridorga chek yoki kvitansiya taqdim etiladi. Shundan so‘ng savdo bo‘limi va xaridor o‘rtasida belgilangan shakldagi «Topshiriqnoma- majburiyat» tuziladi. Ushbu hujjatda xaridor kreditganecha so‘mlik tovami olgani, qancha naqd to‘laganligi, tovar qiymati to‘lovining qanchasi kechiktirilganligi, o‘rtacha oylik to‘lov summasi, necha foizda kreditga sotilgan tovar uchun to‘lov to‘langanligi, toMovni qaysi sanadan qaysi

sanagachatoianishi, qaysi tashkilotning schotidan ish haqidan ushlash shaiti bilan o‘tkazib berilishi, ushbu tashkilotning rekvizitlari, tovarni sotib olgan shaxsning pasport maiumotlari va boshqalar ko‘rsatiladi. «Topshiriq- majburiyat» ikki nusxada tuziladi va sotib oluvchi, savdo do‘ kon mudiri hamda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Chakana savdo korxonasining buxgalteriyasida «Topshiriq - majburiyatlar ro‘yxati tuziladi. Ro‘yxat asosida cliakana tovar aylanmasiga kiritilgan naqd pul tushumi, olingan topshiriq summasi, olingan foiz summasi hisobga olinadi.
Korxona buxgalteriyasi kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha tuzilgan «Topshiriqnoma- majburiyat» lar asosida ikki turdagi kartochkalarni ochadi:
-1-kartochka «To’lov muddati o‘tmagan topshiriq- majburiyatlar». Ushbu kartochkada kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha to’lov muddati o‘tmagan topshiriqlar-majburiyatlar bo‘yicha maiumotlar ko'rsatiladi.
-2-kartochka «To’lov muddati o'tib ketgan topshiriq- majburiyatlar». Ushbu kartochkada kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha to’lov muddati o‘tib ketgan topshiriqlar-majburiyatlar bo'yicha maiumotlar ko'rsatiladi. Bu maiumotlar xaridordan har bir kechiktirilgan kun uchun olinadigan penya summasini hisoblashga asos bo'ladi. To’lov muddati o'tib ketgan topshiriq- majburiyatlar bo'yicha qarzlar naqd yo'l bilan sud orqali undirib olinadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling